Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


-modda. Soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhi


Download 4.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet88/352
Sana31.01.2024
Hajmi4.81 Mb.
#1828253
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   352
Bog'liq
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51

122-modda. Soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhi 
ishtirokchilarining bank hisobvaraqlaridagi pul 
mablagʻlari hisobidan soliq qarzini undirish 
(1-q.)
Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi boʻyicha foyda soligʻi yuzasidan 
soliq qarzini shu konsolidatsiyalashgan guruh ishtirokchilarining bank hisobvaraqlaridagi pul 
mablagʻlari hisobidan undirishda ushbu Kodeksning 124-moddasi qoidalari mazkur moddada 
nazarda tutilgan xususiyatlarni hisobga olgan holda qoʻllaniladi. 
(2-q.)
Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi boʻyicha foyda soligʻi yuzasidan 
soliq qarzini toʻlash toʻgʻrisidagi talabnoma ushbu Kodeksning 116-moddasida belgilangan 
tartibda yuboriladi. Bunday talabnoma soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi 
boʻyicha foyda soligʻini toʻlash uchun belgilangan muddat oʻtganidan keyin yuboriladi. 


(3-q.)
Bank hisobvaraqlaridagi pul mablagʻlari hisobidan soliq qarzini undirish birinchi 
navbatda soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhi masʼul ishtirokchisining pul mablagʻlari 
hisobidan amalga oshiriladi. 
(4-q.)
Soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhi masʼul ishtirokchisining bank 
hisobvaraqlarida soliq qarzining butun summasini undirish uchun pul mablagʻlari yetarli boʻlmasa 
yoki umuman boʻlmasa, undirilmay qolgan summani undirish ushbu konsolidatsiyalashgan guruh 
qolgan ishtirokchilarining banklardagi pul mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi. 
(5-q.)
Soliq organi soliq toʻlovchilar toʻgʻrisidagi oʻzida mavjud boʻlgan axborot asosida 
soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirokchilarining bank hisobvaraqlaridagi pul 
mablagʻlari hisobiga undirish amalga oshiriladigan tarkibini, shuningdek oldingi 
ishtirokchilarning bankdagi hisobvaraqlarida pul mablagʻlari yetarli boʻlmagan taqdirda, ushbu 
ishtirokchilardan bunday undirishning ketma-ketligini mustaqil ravishda belgilaydi. 
(6-q.)
Soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining soliq qarzi ushbu 
konsolidatsiyalashgan guruh ishtirokchilaridan biri tomonidan uzilgan, shu jumladan qisman 
uzilgan taqdirda, koʻrsatilgan soliq qarzini undirish tartib-taomili ushbu ishtirokchi tomonidan 
uzilgan qismi boʻyicha tugatiladi. 
(7-q.)
Soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining oʻziga nisbatan undiruv 
toʻgʻrisida qaror chiqarilgan ishtirokchilariga soliq toʻlovchilar uchun ushbu Kodeksda nazarda 
tutilgan huquqlar va kafolatlar tatbiq etiladi. 

Download 4.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling