Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining
-modda. Soliq qarzini bank hisobvaraqlaridagi
Download 4.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51
121-modda. Soliq qarzini bank hisobvaraqlaridagi
pul mablagʻlari hisobidan undirish (1-q.) Soliq qarzi belgilangan muddatda toʻlanmagan yoki toʻliq toʻlanmagan taqdirda, soliq qarzini undirish - undiruvni bank hisobvaraqlaridagi pul mablagʻlariga (shu jumladan, korporativ kartalardagi pul mablagʻlariga) qaratish yoʻli bilan majburiy tartibda amalga oshiriladi. (2-q.) Ushbu moddaning qoidalari faqat yuridik shaxslarga va yakka tartibdagi tadbirkorlarga nisbatan qoʻllaniladi. (3-q.) Soliq qarzini majburiy tartibda undirish toʻlanmagan soliq qarziga ega boʻlgan soliq toʻlovchidan yoki soliq agentidan, ushbu Kodeksning 120 va 122-moddalarida nazarda tutilgan hollarda esa boshqa shaxslardan ham amalga oshirilishi mumkin. (4-q.) Soliq qarzini undirish soliq organi tomonidan majburiyatga ega shaxsning hisobvaragʻi ochilgan bankka ushbu shaxsning hisobvaraqlaridan zarur pul mablagʻlarini hisobdan chiqarish va budjetga oʻtkazish uchun inkasso topshiriqnomasini elektron shaklda yuborish yoʻli bilan amalga oshiriladi. (5-q.) Soliq organining majburiyatga ega shaxsning hisobvaraqlaridan pul mablagʻlarini hisobdan chiqarish va budjetga oʻtkazishga doir inkasso topshiriqnomasining shakli hamda uni bankka yuborish tartibini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan kelishilgan holda belgilaydi. (6-q.) Agar soliq toʻlovchi soliqni toʻlash uchun toʻlov topshiriqnomasini mustaqil ravishda yubormagan boʻlsa, soliq organining inkasso topshiriqnomasi soliq toʻlovchining hisobvaragʻiga soliqni toʻlash uchun belgilangan muddat tugagach uch ish kunidan kechiktirmay qoʻyiladi. (7-q.) Soliq organining majburiyatga ega shaxsning hisobvaraqlaridan pul mablagʻlarini hisobdan chiqarish va budjet tizimiga oʻtkazishga doir inkasso topshiriqnomasi bank tomonidan fuqarolik toʻgʻrisidagi qonunchiligida belgilangan toʻlovlar navbatini hisobga olgan holda bank tomonidan soʻzsiz bajarilishi shart. (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) (8-q.) Quyidagi hollarda soliq organlari majburiyatga ega shaxslarning hisobvaraqlaridan pul mablagʻlarini hisobdan chiqarish va budjet tizimiga oʻtkazishga doir bajarilmagan (toʻliq yoki qisman) inkasso topshiriqnomalarini chaqirib olish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi: 1) ushbu Kodeksning 11-bobiga muvofiq soliq qarziga nisbatan kechiktirish yoki boʻlib- boʻlib toʻlash imkoniyati taqdim etilganda; 2) soliq qarzi uzilganda, shu jumladan ushbu Kodeksning 12-bobiga muvofiq ortiqcha toʻlangan yoki ortiqcha undirilgan summalar hisobga olinishi munosabati bilan soliq qarzi uzilganda; 3) ushbu Kodeksning 96-moddasiga muvofiq undirilishi umidsiz deb eʼtirof etilgan soliq qarzi hisobdan chiqarilganda; 4) ushbu Kodeksning 83-moddasiga muvofiq taqdim etilgan aniqlashtirilgan soliq hisoboti boʻyicha soliq va penya summalari kamaytirilganda. (9-q.) Soliq qarzini undirish milliy valyutadagi talab qilib olguncha depozit hisobvaraqlaridan, bunday hisobvaraqlarda mablagʻlar yetarli boʻlmagan taqdirda esa - majburiyatga ega shaxsning chet el valyutasidagi talab qilib olguncha depozit hisobvaraqlaridan amalga oshirilishi mumkin. Majburiyatga ega shaxsning valyuta hisobvaraqlaridan soliq qarzini undirish Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining valyuta sotiladigan sanada belgilangan kursi boʻyicha milliy valyutada undiriladigan summaga ekvivalent summada amalga oshiriladi. (10-q.) Soliq qarzini undirish muddatli depozitlarga joylashtirilgan mablagʻlar hisobidan, ularning amal qilish muddati tugagunga qadar amalga oshirilmaydi. (11-q.) Valyuta hisobvaraqlarida turgan mablagʻlarni undirish chogʻida soliq organining rahbari (rahbar oʻrinbosari) inkasso topshiriqnomasi bilan bir vaqtning oʻzida bankka majburiyatga ega shaxsning valyutasini sotish uchun topshiriqnoma yuboradi. Mazkur topshiriqnoma bank tomonidan u olingan kundan keyingi operatsiya kunidan kechiktirmay bajariladi. Chet el valyutasini sotish bilan bogʻliq xarajatlar shu majburiyatga ega shaxsning hisobidan amalga oshiriladi. (12-q.) Soliq organining majburiyatga ega shaxsning bankdagi hisobvaraqlaridan pul mablagʻlarini hisobdan chiqarish va budjet tizimiga oʻtkazishga doir inkasso topshiriqnomasi bank tomonidan inkasso topshiriqnomasi olingan kundan keyingi bir operatsiya kunidan kechiktirmay, valyuta hisobvaraqlaridan undirishda esa - ikki operatsiya kunidan kechiktirmay bajariladi. (13-q.) Agar bank tomonidan soliq organining inkasso topshiriqnomasi olingan kunda majburiyatga ega shaxsning hisobvaraqlarida uni bajarish uchun pul mablagʻlari yetarli boʻlmasa, inkasso topshiriqnomasi shu hisobvaraqlarga pul mablagʻlari kelib tushishiga qarab, har bir bunday tushum kunidan keyingi bir yoki ikki operatsiya kunidan kechiktirmay, hisobvaraq valyutasiga bogʻliq holda bajariladi. Mazkur inkasso topshiriqnomasi bank tomonidan fuqarolik toʻgʻrisidagi qonunchiligida belgilangan toʻlovlar navbatini hisobga olgan holda bank tomonidan bajariladi. (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) (14-q.) Soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining ishtirokchilaridan bank hisobvaraqlaridagi pul mablagʻlari hisobidan soliq qarzini undirishning oʻziga xos xususiyatlari ushbu Kodeksning 122-moddasida belgilanadi. Download 4.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling