Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining
-modda. Soliq qarzini uzish toʻgʻrisidagi
Download 4.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51
- Bu sahifa navigatsiya:
- 15-BOB. SOLIQ QARZINI UNDIRISH
- 120-modda. Soliq qarzini undirish toʻgʻrisidagi umumiy qoidalar
119-modda. Soliq qarzini uzish toʻgʻrisidagi
talabnomani bajarish (OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuni tahriridagi modda matni) Soliq qarzini uzish toʻgʻrisidagi talabnoma yuridik shaxs, shuningdek tadbirkorlik faoliyatiga doir qismi boʻyicha yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan olingan kundan eʼtiboran oltmish kalendar kun ichida soliq qarzi toʻlanmagan taqdirda va agar ushbu Kodeksning 120-122- moddalarida nazarda tutilgan choralar qoʻllanishi natijasida soliq qarzi uzilmay qolaversa, soliq organlari undiruvni ushbu Kodeksning 123-124-moddalarida belgilangan tartibda soliq toʻlovchining mol-mulkiga qaratadi. 15-BOB. SOLIQ QARZINI UNDIRISH 120-modda. Soliq qarzini undirish toʻgʻrisidagi umumiy qoidalar 121-modda. Soliq qarzini bank hisobvaraqlaridagi pul mablagʻlari hisobidan undirish 122-modda. Soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirokchilarining bank hisobvaraqlaridagi pul mablagʻlari hisobidan soliq qarzini undirish 123-modda. Soliq qarzini boshqa mol-mulk hisobidan undirish 124-modda. Soliq qarzini soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirokchilarining boshqa mol-mulki hisobidan undirish 125-modda. Yakka tartibdagi tadbirkor boʻlmagan jismoniy shaxsning soliq qarzini undirish 120-modda. Soliq qarzini undirish toʻgʻrisidagi umumiy qoidalar (1-q.) Soliq qarzi belgilangan muddatda toʻlanmagan yoki toʻliq toʻlanmagan taqdirda bu qarzni undirish ushbu bobda nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi. (2-q.) Soliq qarzi mazkur soliq qarziga ega boʻlgan soliq toʻlovchidan, ushbu moddada nazarda tutilgan hollarda esa - boshqa shaxslardan undiriladi. (3-q.) Agar soliq toʻlovchining soliqlar boʻyicha qarzini uzishga doir majburiyati bank kafolati, uchinchi shaxsning kafilligi yoxud mol-mulk garovi bilan taʼminlangan boʻlsa, soliq toʻlovchi soliqlar boʻyicha soliq qarzini uzmagan yoki toʻliq uzmagan taqdirda, soliq organi soliq qarzining toʻlanmagan summasini tegishlicha bank kafolatini bergan bankdan, kafildan yoxud garovga qoʻyilgan mol-mulk qiymatidan undirishi shart. (4-q.) Yuridik shaxsdan yoki yakka tartibdagi tadbirkordan soliq qarzini undirish ushbu Kodeksning 121-124-moddalarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi. (5-q.) Yakka tartibdagi tadbirkor boʻlmagan jismoniy shaxsdan soliq qarzini undirish ushbu Kodeksning 125-moddasida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi. (6-q.) Yuridik shaxsdan yoki yakka tartibdagi tadbirkordan soliq qarzini undirish dastlab uning bank hisobvaraqlaridagi pul mablagʻlari hisobidan, ular yetishmagan taqdirda esa mazkur shaxsning boshqa mol-mulki hisobidan amalga oshiriladi. (7-q.) Ushbu moddada nazarda tutilgan hollarda soliq toʻlovchining yoki boshqa shaxsning soliq qarzi uning bank hisobvaraqlaridagi pul mablagʻlari hisobidan undirish imkoni boʻlmagan qismida boshqa shaxslardan undirilishi mumkin. (8-q.) Agar soliq toʻlovchining tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan oladigan tushumi yoki boshqa daromadlari boshqa shaxslarning bankdagi hisobvaraqlariga kelib tushgan boʻlsa, soliq toʻlovchining soliq qarzi shu shaxslardan undirilishi mumkin. (9-q.) Agar soliq toʻlovchi soliq tekshiruvi toʻgʻrisida bilgan paytdan eʼtiboran oʻzining pul mablagʻlarini yoki boshqa mulkini oʻzga shaxslarga bergan boʻlsa, soliq toʻlovchining soliq qarzi shu shaxslardan undirilishi mumkin. (10-q.) Ushbu modda sakkizinchi va toʻqqizinchi qismlarining qoidalari tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olinadigan tushum yoki boshqa daromadlar yoxud pul mablagʻlari yoki boshqa mulk oʻzga shaxslarga bir nechta operatsiyalar orqali oʻtkazib berilganligi aniqlangan hollarda ham qoʻllaniladi. (11-q.) Ushbu moddaning sakkizinchi - oʻninchi qismlarida koʻrsatilgan hollarda mazkur shaxslardan soliq qarzini undirish soliq toʻlovchining realizatsiya qilingan tovarlari (ishlari, xizmatlari) uchun kelib tushgan tushum, boshqa daromadlari, u tomonidan oʻtkazilgan pul mablagʻlari, boshqa mol-mulkning qiymati doirasida amalga oshiriladi. Soliq organi mazkur shaxslar toʻgʻrisida oʻzida mavjud boʻlgan axborot asosida va soliq toʻlovchining soliq qarzi miqdoriga bogʻliq tarzda ushbu qarzni undirishni koʻrsatilgan qaysi shaxslardan va qanday nisbatda undirishni amalga oshirishni mustaqil ravishda belgilashga haqli. (12-q.) Ushbu moddaning sakkizinchi - oʻninchi qismlarida nazarda tutilgan hollarda soliq qarzini undirish sud tartibida amalga oshiriladi. (13-q.) Soliqni sud tartibida undirish quyidagi hollarda ham amalga oshiriladi, agar soliqni toʻlash majburiyati: 1) soliq organi tomonidan bitimni tavsiflashni, soliq toʻlovchining maqomini yoki faoliyati xususiyatini oʻzgartirishga asoslangan boʻlsa; 2) oʻzaro aloqador shaxslar oʻrtasida bitimlar tuzilishi munosabati bilan transfert narx belgilash chogʻidagi soliq nazorati natijalariga koʻra yuzaga kelgan boʻlsa. (14-q.) Ushbu bobning qoidalari Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib oʻtish munosabati bilan toʻlanadigan soliqlar boʻyicha soliq qarzini undirishga, shuningdek soliq agentlarining soliq qarzini undirishga ham tatbiq etiladi. Download 4.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling