Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining
-modda. Banklardagi hisobvaraqlar boʻyicha operatsiyalarni
Download 4.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51
113-modda. Banklardagi hisobvaraqlar boʻyicha operatsiyalarni
toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qarorlarning banklar tomonidan bajarilishi tartibi (1-q.) Soliq organining soliq toʻlovchining (soliq agentining) bankdagi hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qarori bank tomonidan soʻzsiz bajarilishi lozim. (2-q.) Soliq organining qaroriga koʻra hisobvaraqlar boʻyicha operatsiyalar toʻxtatib turilishi oqibatida soliq toʻlovchi (soliq agenti) koʻrgan zarar uchun bank javobgar boʻlmaydi. (3-q.) Agar ushbu Kodeksning 111-moddasi birinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, soliq toʻlovchining (soliq agentining) bankdagi hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib turish bank soliq toʻlovchining bankdagi hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib turish toʻgʻrisida soliq organining qarorini olgan kundan eʼtiboran, to soliq organining ushbu toʻxtatib turishni bekor qilish toʻgʻrisidagi qarori olinadigan kunga qadar amal qiladi. (4-q.) Soliq toʻlovchining (soliq agentining) hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qaror bankka elektron shaklda yuborilganda bank ushbu qarorni olgan sana va vaqt Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan tartibda belgilanadi. (OʻzR 11.03.2022-y. OʻRQ-758-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga qarang) (5-q.) Agar soliq toʻlovchining (soliq agentining) hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilinganidan soʻng soliq toʻlovchining (soliq agentining) nomi va (yoki) uning soliq organining ushbu qaroriga muvofiq operatsiyalar toʻxtatib turilgan bankdagi hisobvaragʻi rekvizitlari oʻzgarsa, mazkur qaror bank tomonidan oʻz nomini oʻzgartirgan soliq toʻlovchiga (soliq agentiga) va rekvizitlari oʻzgartirilgan hisobvaraqqa nisbatan ijro etilishi shart. (6-q.) Soliq toʻlovchining (soliq agentining) bankdagi hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib turish toʻgʻrisida soliq organi yoki sudning qarorini olganidan keyin banklar ushbu soliq toʻlovchiga (soliq agentiga) yangi hisobvaraqlar, omonatlar va depozitlar ochishga haqli emas, bundan qonunchilikka muvofiq undiruv yoʻl qoʻyilmaydigan hisobvaraqlar mustasno. (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) Download 4.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling