Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


-modda. Soliq toʻlovchining (soliq agentining) banklardagi


Download 4.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/352
Sana31.01.2024
Hajmi4.81 Mb.
#1828253
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   352
Bog'liq
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51

112-modda. Soliq toʻlovchining (soliq agentining) banklardagi 
hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib 
turish toʻgʻrisidagi qarorni bekor qilish tartibi 
(1-q.)
Soliq toʻlovchining (soliq agentining) banklardagi hisobvaraqlari boʻyicha 
operatsiyalarni toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qaror quyidagilar asosida qaror qabul qilingan taqdirda 
bekor qilinadi: 
1) ushbu Kodeksning 111-moddasi uchinchi qismi 1-bandi asosida - soliq toʻlovchi (soliq 
agenti) tomonidan moliyaviy va (yoki) soliq hisoboti taqdim etilgan kundan keyin bir kundan 
kechirtirmasdan; 
2) ushbu Kodeksning 111-moddasi uchinchi qismi 2-bandi asosida - soliq organining 
talabiga javoban hujjatlar, tushuntirishlar va (yoki) tuzatishlar taqdim etilgan kuni; 
3) ushbu Kodeksning 111-moddasi uchinchi qismi 3-bandi asosida - soliq organining 
tekshiruv oʻtkazayotgan mansabdor shaxslariga kirish huquqi berilgan kundan keyin bir kundan 
kechiktirmay; 
4) ushbu Kodeksning 111-moddasi uchinchi qismi 4-bandi asosida - soliq toʻlovchining 
(soliq agentining) u maʼlum qilgan manzilida yoʻqligining asosliligi soliq organi tomonidan eʼtirof 
etilgan kundan keyin bir kundan kechiktirmay. Bunday eʼtirof uchun soliq toʻlovchining vakili 
soliq toʻlovchi hisobda turgan joydagi soliq organiga zarur tushuntirishlarni shaxsan taqdim etishi 
shart. 
(2-q.)
Soliq toʻlovchi (soliq agenti) boshqa soliq organida hisobga qoʻyilganda, agar hisobda 
turish joyi oʻzgarganligi haqidagi maʼlumotlar oldingi hisobda turish joyidagi soliq organiga 
maʼlum boʻlmasa, shuningdek texnik xatolar yuz berganda va boshqa shu kabi hollarda soliq 
toʻlovchining hisobga olingan joyda yoʻqligi asosli deb eʼtirof etilishi mumkin. 
(3-q.)
Soliq toʻlovchining (soliq agentining) uning filiali yoki alohida boʻlinmasi hisobda 
turgan joyda yoxud soliq solish obyekti hisoblangan mulki joylashgan yerda yoʻqligi, xususan 
filial yoki alohida boʻlinma tugatilgan yoki koʻrsatilgan mulk realizatsiya qilingan taqdirda asosli 
deb eʼtirof etilishi mumkin. 
(4-q.)
Soliq toʻlovchining (soliq agentining) bankdagi hisobvaraqlari boʻyicha 
operatsiyalarni toʻxtatib turishni bekor qilish toʻgʻrisidagi qaror bankka elektron shaklda bunday 
qaror qabul qilingan kundan keyingi kundan kechiktirmay yuboriladi. 


(5-q.)
Soliq toʻlovchining (soliq agentining) hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarni 
toʻxtatib turish va toʻxtatib turishni bekor qilish toʻgʻrisidagi soliq organining qarorlarini bankka 
elektron shaklda yuborish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 
tasdiqlanadi. 
(OʻzR 11.03.2022-y. OʻRQ-758-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga 
qarang) 
(6-q.)
Soliq organi tomonidan soliq toʻlovchining (soliq agentining) bankdagi hisobvaraqlari 
boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qarorni bekor qilish muddati yoki bunday 
qarorni bankka yuborish muddati buzilgan taqdirda toʻxtatib turish rejimi amal qilgan pul 
mablagʻlari summasiga foizlar hisoblanadi, bu foizlar soliq organi tomonidan soliq toʻlovchiga 
(soliq agentiga) muddat buzilgan har bir kalendar kun uchun toʻlanishi lozim. 
(7-q.)
Agar soliq organi soliq toʻlovchining (soliq agentining) hisobvaraqlari boʻyicha 
operatsiyalarni toʻxtatib turish toʻgʻrisida noqonuniy qaror chiqargan boʻlsa, toʻxtatib turish rejimi 
amal qilgan pul mablagʻlari summasiga nisbatan bank soliq toʻlovchining (soliq agentining) 
bankdagi hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qarorni olgan 
kundan eʼtiboran to uni bekor qilish toʻgʻrisidagi qarorni olgunga qadar har bir kalendar kun uchun 
ushbu soliq toʻlovchiga toʻlanishi lozim boʻlgan foizlar hisoblanadi. 
(8-q.)
Ushbu moddaning oltinchi va yettinchi qismlarida koʻrsatilgan hollarda, foiz stavkasi 
soliq toʻlovchining (soliq agentining) bankdagi hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalar noqonuniy 
toʻxtatib turilgan, soliq organi soliq toʻlovchining (soliq agentining) bankdagi hisobvaraqlari 
boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qarorni bekor qilish yoki soliq toʻlovchining 
(soliq agentining) bankdagi hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib turishni bekor qilish 
toʻgʻrisidagi qarorni bankka yuborish muddatini buzgan kunlarda amal qilgan Oʻzbekiston 
Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasiga teng etib qabul qilinadi. 

Download 4.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling