Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining
Download 4.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51
108-modda. Kafillik
(1-q.) Soliq majburiyatini bajarish muddatlari oʻzgargan taqdirda va ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa hollarda soliqlarni toʻlash majburiyati kafillik bilan taʼminlanishi mumkin. (2-q.) Kafillik tufayli kafil, agar soliq toʻlovchi tegishli soliq summalarini va tegishli penyalarni belgilangan muddatda toʻlamasa, soliq organlari oldida soliq toʻlovchining soliqlarni toʻlash boʻyicha majburiyatini toʻliq hajmda bajarish majburiyatini oladi. (3-q.) Kafillik fuqarolik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq soliq organi va kafil oʻrtasidagi shartnoma bilan rasmiylashtiriladi. (4-q.) Soliq toʻlovchi kafillik bilan taʼminlangan soliqni toʻlash boʻyicha majburiyatini bajarmagan taqdirda, kafil va soliq toʻlovchi solidar javobgar boʻladilar. (5-q.) Toʻlanishi boʻyicha majburiyat kafillik bilan taʼminlangan soliq belgilangan muddatda toʻlanmagan yoki toʻliq toʻlanmagan taqdirda, soliq organi soliqni toʻlash toʻgʻrisidagi talabnomani bajarish muddati tugagan kundan eʼtiboran besh kun ichida kafillik shartnomasi boʻyicha pul summasini toʻlash toʻgʻrisida kafilga talabnoma yuboradi. (6-q.) Agar kafil kafillik shartnomasi boʻyicha pul summasini toʻlash toʻgʻrisidagi talabnomani belgilangan muddatda bajarmasa, soliq organi ushbu Kodeksning 15-bobida nazarda tutilgan tartibda va muddatlarda ushbu kafildan toʻlash majburiyati uning kafilligi bilan taʼminlangan summalarni majburiy ravishda undirish choralarini qoʻllaydi. (7-q.) Kafil shartnomaga muvofiq oʻz zimmasiga olgan majburiyatlarini bajargach, kafil tomonidan toʻlangan summalarni, shuningdek shu summalar boʻyicha foizlarni hamda soliq toʻlovchining majburiyatlari bajarilishi munosabati bilan koʻrilgan zararlarning oʻrni qoplanishini soliq toʻlovchidan talab qilish huquqi unga oʻtadi. (8-q.) Yuridik yoki jismoniy shaxs kafil boʻlishi mumkin. (9-q.) Soliqni toʻlash boʻyicha bitta majburiyatga nisbatan bir vaqtning oʻzida bir nechta kafilning ishtirok etishiga yoʻl qoʻyiladi. (10-q.) Soliq majburiyatining bajarilishini taʼminlash boʻyicha chora sifatida kafillik belgilanishida yuzaga keladigan huquqiy munosabatlarga nisbatan, agar soliq toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, fuqarolik qonun hujjatlarining qoidalari qoʻllaniladi. (11-q.) Ushbu moddaning qoidalari yigʻimlarni toʻlashdagi kafillikka nisbatan ham qoʻllaniladi. Download 4.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling