Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining
Download 4.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51
109-modda. Bank kafolati
(1-q.) Soliq majburiyatini bajarish muddatlari oʻzgargan taqdirda va ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa hollarda soliqni toʻlash majburiyati bank kafolati bilan taʼminlanishi mumkin. (2-q.) Agar soliq toʻlovchi toʻlanishi lozim boʻlgan soliq summalarini va tegishli penyalarni belgilangan muddatda toʻlamasa, bank kafolati tufayli bank (kafolat beruvchi) soliq organlari oldida soliq toʻlovchining soliqni toʻlash boʻyicha majburiyatini toʻliq hajmda bajarish majburiyatini oʻz zimmasiga oladi. (3-q.) Bank kafolati quyidagi talablarga javob berishi kerak: 1) kafolat qaytarib olinmaydigan va boshqa shaxsga oʻtkazilmaydigan boʻlishi kerak; 2) kafolatda soliq organi tomonidan kafolat beruvchiga ushbu moddada nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishga doir koʻrsatma boʻlishi mumkin emas; 3) amal qilish muddati, agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, soliq toʻlovchi tomonidan bank kafolati bilan taʼminlangan soliq toʻlash majburiyatini bajarishning belgilangan muddati oʻtadigan kundan eʼtiboran kamida olti oydan keyin tugashi kerak; 4) qaysi summaga berilgan boʻlsa, oʻsha summa kafolat beruvchi tomonidan soliq toʻlovchining soliqni va tegishli penyalarni toʻlash boʻyicha majburiyati, agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, toʻliq hajmda bajarilishini taʼminlashi kerak; 5) kafolat beruvchi tomonidan ushbu bank kafolati boʻyicha pul summasini toʻlash toʻgʻrisidagi talabnoma belgilangan muddatda bajarilmagan taqdirda, soliq organi tomonidan toʻlash majburiyati bank kafolati bilan taʼminlangan summalarni kafolat beruvchidan undirish choralari qoʻllanilishini nazarda tutishi kerak. (4-q.) Kafolat beruvchidan undirish, agar soliq organining mazkur talabnomasi kafolat beruvchiga bank kafolatining amal qilish muddati tugagunga qadar yuborilgan boʻlsa, ushbu Kodeksning 121 va 123-moddalarida nazarda tutilgan tartibda hamda muddatlarda amalga oshiriladi. (5-q.) Soliq toʻlovchi tomonidan soliqni toʻlash boʻyicha majburiyatning bajarilishi bank kafolati bilan taʼminlangan soliq belgilangan muddatda toʻlanmagan yoki toʻliq toʻlanmagan taqdirda, soliq organi soliqni toʻlash toʻgʻrisidagi talabnomani bajarish muddati tugagan kundan eʼtiboran besh kun ichida kafolat beruvchiga bank kafolati boʻyicha pul summasini toʻlash haqida talabnoma yuboradi. (6-q.) Bank kafolati boʻyicha majburiyat kafolat beruvchi tomonidan u bank kafolati boʻyicha pul summasini toʻlash toʻgʻrisida talabnoma olgan kundan eʼtiboran besh kun ichida bajarilishi lozim. (7-q.) Kafolat beruvchi soliq organiga bank kafolati boʻyicha pul summasini toʻlash toʻgʻrisidagi talabnomani qanoatlantirishni rad etishga haqli emas (bundan bank kafolati berilgan muddat tugaganidan keyin kafolat beruvchiga talabnoma taqdim etilgan hollar mustasno). (8-q.) Ushbu moddada nazarda tutilgan qoidalar penyalar va jarimalarni toʻlash boʻyicha majburiyatning bajarilishini taʼminlovchi bank kafolatlariga nisbatan ham qoʻllaniladi. (9-q.) Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibda va shartlarda Oʻzbekiston Respublikasining yuridik shaxsi yoki chet el yuridik shaxsi tomonidan soliqni toʻlash majburiyati xalqaro reyting agentliklarining yuqori reytingiga ega boʻlgan chet el bankining bank kafolati bilan taʼminlanishi mumkin. Chet el bankining bunday kafolati ushbu modda uchinchi qismining 1-4-bandlarida nazarda tutilgan talablarga mos boʻlishi kerak. Download 4.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling