Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining
-modda. Banklardagi hisobvaraqlar boʻyicha
Download 4.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51
111-modda. Banklardagi hisobvaraqlar boʻyicha
operatsiyalarni toʻxtatib turish (1-q.) Soliq toʻlovchining (soliq agentining) bankdagi hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qaror soliq organining rahbari (rahbar oʻrinbosari) tomonidan oʻn kundan koʻp boʻlmagan muddatga qabul qilinishi mumkin. Soliq toʻlovchining (soliq agentining) bankdagi hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarni oʻn kundan koʻp muddatga toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qaror soliq organining iltimosnomasiga asosan sud tomonidan qabul qilinishi mumkin. Bunda soliq toʻlovchining (soliq agentining) bank hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalari sud tomonidan qaror qabul qilingunga qadar toʻxtatib turiladi. (2-q.) Soliq toʻlovchining (soliq agentining) bankdagi hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib turish toʻgʻrisida qaror elektron shaklda soliq organi tomonidan bankka yuboriladi. Bir vaqtning oʻzida soliq organi tomonidan soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetiga uning bankdagi hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalar toʻxtatib turilishi toʻgʻrisida xabarnoma buning sabablarini koʻrsatgan holda yuboriladi. (3-q.) Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarning bankdagi hisobvaraqlari boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib turish soliq organi tomonidan mazkur soliq toʻlovchilarning (soliq agentlarining) soliq majburiyatlari bajarilishini taʼminlash uchun quyidagi hollarda qoʻllanilishi mumkin: 1) ushbu soliq toʻlovchi (soliq agenti) tomonidan soliq organiga moliyaviy va (yoki) soliq hisoboti bunday hisobotni taqdim etishning belgilangan muddati tugaganidan keyin oʻn kun ichida taqdim etilmaganda; 2) soliq toʻlovchi (soliq agenti) tomonidan soliq organining kameral soliq tekshiruvi natijalari boʻyicha talabnomasiga tushuntirishlar va (yoki) tuzatishlar belgilangan muddatda taqdim etilmaganda, shuningdek soliq toʻlovchi tomonidan soliq organi talab qilgan hujjatlar taqdim etilmaganda; 3) soliq tekshiruvini oʻtkazayotgan soliq organlarining mansabdor shaxslarini koʻrsatilgan hududga yoki binoga (bundan turar joylar mustasno) kirishiga toʻsqinlik qilishda. Soliq organi mansabdor shaxsining kirishiga toʻsqinlik qilinishi uning oʻzi va tekshirilayotgan shaxs tomonidan imzolanadigan dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi. Bunday dalolatnoma asosida soliq organi bankdagi hisobvaraqlar boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib turadi; 4) soliq toʻlovchining (soliq agentining) oʻzi koʻrsatgan manzilda yoʻqligida. (4-q.) Soliq toʻlovchining (soliq agentining) bankdagi hisobvaraq boʻyicha operatsiyalarning toʻxtatib turilishi banklar tomonidan soliq toʻlovchining (soliq agentining) barcha hisobvaraqlari boʻyicha barcha chiqim operatsiyalari toʻxtatib turilishini anglatadi. (5-q.) Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhining masʼul ishtirokchisi tomonidan soliq hisoboti bunday hisobotni taqdim etishning belgilangan muddati oʻtgach oʻn kun ichida taqdim etilmagan taqdirda, bankdagi hisobvaraqlar boʻyicha operatsiyalarni toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qaror masʼul ishtirokchining yoki ushbu konsolidatsiyalashgan guruh barcha ishtirokchilarining operatsiyalariga nisbatan soliq organi rahbari (uning oʻrinbosari) tomonidan qabul qilinishi mumkin. (6-q.) Soliq toʻlovchining (soliq agentining) bankdagi hisobvaraq boʻyicha operatsiyalarning toʻxtatib turilishi fuqarolik qonunchiligiga muvofiq birinchi navbatda koʻrsatilgan toʻlovlarga, shuningdek qonunchilikka muvofiq undiruvga yoʻl qoʻyilmaydigan banklardagi hisobvaraqlarga tatbiq etilmaydi. (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) Download 4.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling