Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


-modda. Ortiqcha toʻlangan soliqni


Download 4.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/352
Sana31.01.2024
Hajmi4.81 Mb.
#1828253
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   352
Bog'liq
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51

104-modda. Ortiqcha toʻlangan soliqni 
hisobga olish yoki qaytarish tartibi 
(1-q.)
Soliq boʻyicha qarzini qoplash hisobiga soliq toʻlovchi tomonidan ortiqcha toʻlangan 
summani ushbu Kodeksning 103-moddasi ikkinchi qismida nazarda tutilgan hisobga olish soliq 
organlari tomonidan mustaqil ravishda amalga oshiriladi. 
(2-q.)
Ortiqcha toʻlangan soliq summasini soliq qarzini qoplash hisobiga hisobga olish 
toʻgʻrisidagi qaror soliq organi tomonidan soliqning ortiqcha toʻlanganligi fakti aniqlagan kundan 


eʼtiboran yoki agar soliq organi va soliq toʻlovchi tomonidan u toʻlagan soliqlarni birgalikda 
oʻzaro solishtirish oʻtkazilgan boʻlsa, bunday birgalikdagi solishtirish dalolatnomasi soliq organi 
va soliq toʻlovchi tomonidan imzolangan kundan eʼtiboran yoxud sudning tegishli qarori qonuniy 
kuchga kirgan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida qabul qilinadi. 
(3-q.)
Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan qoida soliq 
toʻlovchiga oʻzi ortiqcha toʻlagan soliq summasini uning soliq qarzini qoplash hisobiga hisobga 
olish toʻgʻrisida soliq organiga yozma ariza taqdim etishiga toʻsqinlik qilmaydi. Bunday ariza 
mavjud boʻlgan taqdirda soliq organining ortiqcha toʻlangan soliq summasini soliq qarzini uzish 
hisobiga hisobga olish toʻgʻrisidagi qarori soliq toʻlovchining arizasi olingan kundan eʼtiboran 
yoki, agar birgalikda oʻzaro solishtirish oʻtkazilgan boʻlsa, soliq organi soliq toʻlovchi bilan u 
toʻlagan soliqlarni birgalikda oʻzaro solishtirish dalolatnomasini imzolagan kundan eʼtiboran oʻn 
kun ichida qabul qilinadi. 
(4-q.)
Ortiqcha toʻlangan soliq summasi, ushbu Kodeksning 103-moddasi qoidalarini 
inobatga olgan holda, soliq toʻlovchiga uning yozma arizasiga binoan soliq organi tomonidan 
bunday ariza olingan kundan eʼtiboran oʻn besh kun ichida qaytarilishi lozim. 
(5-q.)
Ortiqcha toʻlangan soliq summasini hisobga olish yoki qaytarish toʻgʻrisidagi ariza, 
agar soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, koʻrsatilgan 
summa toʻlangan kundan eʼtiboran besh yil ichida berilishi mumkin. 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-
683-son Qonuni tahriridagi qism) 
(6-q.)
Ortiqcha toʻlangan soliq summasini qaytarish toʻgʻrisidagi qaror soliq organi 
tomonidan soliq toʻlovchining tegishli arizasi olingan kundan eʼtiboran yoki, agar birgalikda 
oʻzaro solishtirish oʻtkazilgan boʻlsa, soliq organi soliq toʻlovchi bilan u toʻlagan soliqlarning 
birgalikdagi oʻzaro solishtirish dalolatnomasini imzolagan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida qabul 
qilinadi. 
(7-q.)
Ushbu moddaning sakkizinchi qismida koʻrsatilgan muddat oʻtgunga qadar soliq 
organining tegishli summani qaytarish toʻgʻrisidagi qarori asosida rasmiylashtirilgan ortiqcha 
toʻlangan soliq summasini qaytarishga doir topshiriqnoma soliq organi tomonidan budjet 
toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq soliq toʻlovchiga qaytarib berishni amalga oshirish uchun 
gʻaznachilikka yuboriladi. 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) 
(8-q.)
Soliq organi ortiqcha toʻlangan soliq summasini hisobga olishni yoki qaytarishni rad 
etish toʻgʻrisidagi qabul qilingan qaror haqida soliq toʻlovchiga bunday qaror qabul qilingan 
kundan eʼtiboran uch kun ichida xabar qilishi shart. Agar ortiqcha toʻlangan soliq summasini soliq 
toʻlovchiga qaytarish ushbu moddaning toʻrtinchi qismida belgilangan muddat buzilgan holda 
amalga oshirilsa, belgilangan muddatda qaytarilmagan summa uchun soliq toʻlovchiga qaytarish 
muddati buzilgan har bir kalendar kun uchun foizlar hisoblanadi. Hisoblangan foizlar tegishli 
budjet mablagʻlari hisobidan toʻlanadi. Foiz stavkasi qaytarish muddati buzilgan kunlarda amal 
qilgan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasiga teng etib 
qabul qilinadi. 
(9-q.)
Yanglishib toʻlangan soliq summalari, shuningdek penyalar va (yoki) jarimalar soliq 
toʻlovchiga uning yoxud bankning yoki Oʻzbekiston Respublikasi Gʻaznachiligining yozma 
murojaati asosida, agar xatolik ular tomonidan yoʻl qoʻyilgan boʻlsa, qaytariladi. 
(10-q.)
Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi boʻyicha foyda soligʻining 
ortiqcha toʻlangan summalari shu konsolidatsiyalashgan guruhning masʼul ishtirokchisiga ushbu 
moddada belgilangan tartibda hisobga olinishi (qaytarilishi) lozim. 


(11-q.)
Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish toʻgʻrisidagi 
shartnomaning amal qilishi tugagan taqdirda, soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi 
boʻyicha ortiqcha toʻlangan foyda soligʻining ushbu konsolidatsiyalashgan guruh boʻyicha mavjud 
boʻlgan soliq qarzi hisobiga hisobga olinmaydigan va (yoki) hisobga olinmagan summalari shu 
soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining masʼul ishtirokchisi boʻlgan yuridik shaxsga 
uning yozma arizasiga binoan hisobga olinishi yoki qaytarilishi lozim. 

Download 4.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling