Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


-modda. Soliqlarni toʻlashni kechiktirish yoki


Download 4.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/352
Sana31.01.2024
Hajmi4.81 Mb.
#1828253
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   352
Bog'liq
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51

100-modda. Soliqlarni toʻlashni kechiktirish yoki 
boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini berish shartlari 
(1-q.)
Soliqni toʻlash boʻyicha muddatni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati 
manfaatdor shaxsga, basharti uning moliyaviy ahvoli ushbu soliqni belgilangan muddatda toʻlash 
imkonini bermasa, biroq koʻrsatilgan shaxsda bunday soliqni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib 
toʻlash uchun berilgan muddat mobaynida toʻlash imkoniyati yuzaga keladi deb taxmin qilish 
uchun yetarlicha asoslar mavjud boʻlsa, berilishi mumkin. 
(2-q.)
Soliq toʻlashni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati manfaatdor shaxsga 
quyidagi asoslardan loaqal bittasi mavjud boʻlgan taqdirda berilishi mumkin: 
1) ushbu shaxsga tabiiy ofat, texnologik falokat yoki boshqa bartaraf etib boʻlmaydigan 
holatlar natijasida zarar yetkazilganligi; 
2) ushbu shaxsni budjetdan (davlat maqsadli jamgʻarmalaridan) moliyalashtirish 
kechiktirilganligi yoki ushbu shaxs tomonidan bajarilgan davlat buyurtmasi, davlat ehtiyojlari yoki 
mahalliy davlat hokimiyati organlarining ehtiyojlari uchun bajarilgan ishlar va (yoki) koʻrsatilgan 
xizmatlar haqini toʻlash kechiktirilganligi; 
3) manfaatdor shaxs soliqni bir yoʻla toʻlashi oqibatida uning nochorligi (bankrotligi) 
alomatlari paydo boʻlishi xavfi yuzaga kelganligi; 
3-1) manfaatdor shaxs faoliyatni uch yildan ortiq vaqtdan buyon amalga oshirayotganligi 
hamda hisoblangan soliqlarni oʻz vaqtida toʻlab kelganligi, ammo moliyaviy ahvoliga koʻra soliq 
qarzini belgilangan muddatlarda toʻlash imkoniyatiga ega boʻlmaganligi;
(OʻzR 14.10.2021-y. 
OʻRQ-722-son Qonuniga muvofiq kiritilgan band) 
3-2) agar manfaatdor shaxs (tadbirkorlik subyekti) ushbu Kodeks 101-moddasining birinchi 
qismiga binoan soliq toʻlashni kechiktirish huquqi toʻgʻrisidagi xabarnomani yer uchastkalari, 
binolar va inshootlarga boʻlgan mulk huquqi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan eʼtiboran uch 
oy ichida soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali yer uchastkalari, binolar va inshootlarga 
boʻlgan mulk huquqi davlat roʻyxatidan oʻtganligining qayd raqamini va sanasini koʻrsatgan holda 
soliq organlariga yuborgan boʻlsa; 
(OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuniga muvofiq 
kiritilgan band) 
3-3) agar oʻtgan yil yakunlari boʻyicha jami daromadi oʻn milliard soʻmdan oshmagan shaxs 
soliq qarzi yuzaga kelgan sanadan eʼtiboran bir oy ichida soliq organlariga soliqlarni boʻlib-boʻlib 
toʻlash huquqi toʻgʻrisida xabarnoma yuborgan boʻlsa. Mazkur tartib qoʻshilgan qiymat soligʻi va 
foyda soligʻi toʻlovchilariga nisbatan qoʻllaniladi (ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 
50 foiz va undan koʻproq boʻlgan yuridik shaxslar, yer qaʼridan foydalanuvchilar va aksiz 


toʻlanadigan tovarlarni ishlab chiqaruvchilar bundan mustasno); 
(OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-
son Qonuniga muvofiq kiritilgan band) 
4) jismoniy shaxsning mulkiy holati (qonunchilikka muvofiq undiruv qaratilishi mumkin 
boʻlmagan mol-mulk hisobga olinmaganda) soliqni bir yoʻla toʻlash imkoniyatini istisno etishi; 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi band) 
5) manfaatdor shaxs tomonidan tovarlar yoki xizmatlarni ishlab chiqarish va (yoki) 
realizatsiya qilish mavsumiy xususiyatga ega ekanligi; 
6) Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlar olib oʻtilishi munosabati 
bilan bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan toʻlanishi lozim boʻlgan soliqlarni toʻlashni 
kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini berish uchun asoslar mavjud ekanligi. 
(OʻzR 
21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi band) 
(3-q.)
Ushbu modda ikkinchi qismining 1, 3-6-bandlarida koʻrsatilgan asoslar mavjud 
boʻlganda, soliqni toʻlashni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati quyidagilarga 
berilishi mumkin: 
1) yuridik shaxsga - uning sof aktivlari qiymatidan oshmaydigan summaga; 
2) jismoniy shaxsga - uning mol-mulki qiymatidan oshmaydigan summaga, bundan 
Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq undiruv qaratilishi mumkin boʻlmagan 
mol-mulk mustasno. 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi band) 
(4-q.)
Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar soliqni hisobga olish joyidagi soliq 
organiga yozma, shu jumladan soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali xabarnoma yuborib
soliq auditi natijalari boʻyicha qoʻshimcha hisoblangan soliqlar summalarini, shuningdek 
moliyaviy sanksiyalarni tekshiruv materiallarini koʻrib chiqish natijalari yuzasidan soliq organi 
tomonidan qabul qilingan qaror kuchga kirgan kundan eʼtiboran olti oy mobaynida teng ulushlarda 
toʻlashga haqli. 
(5-q.)
Agar soliqlarni toʻlashni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati ushbu 
modda ikkinchi qismining 1 yoki 2-bandlarida koʻrsatilgan asoslar boʻyicha berilgan boʻlsa, qarz 
summasiga foizlar hisoblanmaydi. Agar soliqlarni boʻlib-boʻlib toʻlash ushbu modda ikkinchi 
qismining 3-3-bandida koʻrsatilgan asoslar boʻyicha taqdim etilgan va soliq qarzi boʻyicha boʻlib-
boʻlib toʻlash kalendar yil davomida bir marta foydalanilgan boʻlsa, foizlar olti oy davomida ham 
hisoblanmaydi.
(OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuni tahriridagi qism) 
(6-q.)
Agar soliqni toʻlash boʻyicha kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati ushbu 
modda ikkinchi qismining 3, 3-1, 4, 5 va 6-bandlarida va (yoki) toʻrtinchi qismida koʻrsatilgan 
asoslarga koʻra berilgan boʻlsa, kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash davrida amalda boʻlgan 
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalashtirish stavkasiga teng stavkadan 
kelib chiqqan holda, ushbu modda ikkinchi qismining 3-2-bandi boʻyicha soliqlarni toʻlash 
kechiktirilgan kundan eʼtiboran qarz summasiga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy 
banki qayta moliyalashtirish stavkasining 50 foizi miqdorida foizlar hisoblanadi. Ushbu 
moddaning ikkinchi qismi 3-2-bandida koʻrsatilgan asoslarga koʻra foizlar soliqlarni toʻlash 
kechiktirish boʻyicha qarz summasiga nisbatan kechiktirish davrida amalda boʻlgan Oʻzbekiston 
Respublikasi Markaziy banki qayta moliyalashtirish stavkasining 50 foiziga teng stavkadan kelib 
chiqqan holda hisoblanadi. Bunda, soliqlarni manfaatdor shaxs tomonidan toʻlashni 
kechiktirishning amal qilish muddati soliq organiga xabarnoma yuborilgan sanadan eʼtiboran 
hisoblab chiqariladi, kechiktirilgan soliqlar summasi esa, muddati tugagan oyidan keyingi oyidan 
boshlab kechiktirish muddati tugaganidan soʻng amal qilish muddati tugagan sanadan eʼtiboran 
kechiktirilgan soliq summasi hisoblangan foizlar bilan birga teng ulushlarda oʻn ikki oy ichida 
toʻlanadi. 
(OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga qarang) 



Download 4.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling