Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


Download 4.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/352
Sana31.01.2024
Hajmi4.81 Mb.
#1828253
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   352
Bog'liq
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51

11-BOB. SOLIQLARNI TOʻLASH 
MUDDATLARINI OʻZGARTIRISH 
97-modda. Soliqlarni toʻlash muddatlarini 
oʻzgartirishning umumiy shartlari 
98-modda. Soliqni toʻlash muddatini oʻzgartirishni 
istisno etadigan holatlar 
99-modda. Soliqlarni toʻlash muddatlarini oʻzgartirish 
toʻgʻrisida qaror qabul qilishga vakolatli organlar 
100-modda. Soliqlarni toʻlashni kechiktirish yoki 
boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini berish shartlari 
101-modda. Soliqlarni toʻlashni kechiktirish yoki 
boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini berish tartibi 
102-modda. Soliqni toʻlash boʻyicha kechiktirish yoki 
boʻlib-boʻlib toʻlashning amal qilishini tugatish 
97-modda. Soliqlarni toʻlash muddatlarini 
oʻzgartirishning umumiy shartlari 
(1-q.)
Soliq toʻlashning muddatini keyinroq muddatga koʻchirish soliqni toʻlash muddatini 
oʻzgartirish deb eʼtirof etiladi. 


(2-q.)
Soliq toʻlash muddatini oʻzgartirishga ushbu bobda belgilangan tartibda yoʻl qoʻyiladi. 
(3-q.)
Agar ushbu bobda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, toʻlanishi lozim 
boʻlgan umumiy soliq summasiga yoki uning bir qismiga (bundan buyon ushbu bobda qarz 
summasi deb yuritiladi) nisbatan, qarz summasiga foizlar hisoblangan holda, soliq toʻlash 
muddatini oʻzgartirish mumkin. 
(4-q.)
Soliq toʻlash muddatini oʻzgartirish uni toʻlashni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib 
toʻlash shaklida amalga oshiriladi. 
(5-q.)
Soliq toʻlashni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash, shu soliq boʻyicha tegishlicha 
bir yoʻla yoki bosqichma-bosqich qarz summasini toʻlagan holda, ushbu soliqni toʻlash muddatini 
oʻzgartirishdan iboratdir. 
(6-q.)
Soliq toʻlashni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash soliqlarni toʻlashni kechiktirish 
yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini berish toʻgʻrisida qaror qabul qilinguniga qadar yuzaga 
kelgan qarz summasiga yoki kelgusida yuzaga keladigan qarz summasiga nisbatan berilishi 
mumkin. 
(7-q.)
Soliq toʻlashni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash, agar ushbu Kodeksning 99-
moddasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, bir yildan oshmagan muddatga beriladi. 
(8-q.)
Soliq toʻlash muddati oʻzgartirilishiga talabgor shaxs (bundan buyon ushbu bobda 
manfaatdor shaxs deb yuritiladi) soliq toʻlashni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash toʻgʻrisida 
ariza berishga yoxud bu haqda xabardor qilishga haqli. Bunday ariza bir yoki bir nechta soliqqa 
nisbatan berilishi mumkin. 
(OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuni tahriridagi qism) 
(9-q.)
Manfaatdor shaxsning soliq toʻlashni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash haqidagi 
arizasini koʻrib chiqish chogʻida, soliqlarni toʻlash muddatlarini oʻzgartirish toʻgʻrisida qaror 
qabul qilishga vakolatli organ mazkur shaxsga u bilan kelishilgan holda qabul qilinishi mumkin 
boʻlgan kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlashning ushbu bobda nazarda tutilgan boshqa shartlarini 
taklif etishga haqli. 
(10-q.)
Soliq toʻlash muddatining oʻzgartirilishi soliq toʻlash boʻyicha mavjud 
majburiyatlarni bekor qilmaydi va yangi majburiyatlarni vujudga keltirmaydi. 
(11-q.)
Ushbu Kodeksning 99-moddasida koʻrsatilgan organlarning qaroriga koʻra soliq 
toʻlash muddatini oʻzgartirish, agar ushbu bobda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, 
ushbu Kodeksning 107-109-moddalariga muvofiq mol-mulk garovi, kafillik yoki bank kafolati 
bilan taʼminlanishi mumkin. 
(12-q.)
Ushbu bob qoidalari penya va jarima toʻlashni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash 
imkoniyati berilganda ham qoʻllaniladi. 
(13-q.)
Ushbu bobning qoidalari soliq agentlariga va ushbu Kodeksning 482-moddasida 
nazarda tutilgan hollarga nisbatan tatbiq etilmaydi. 
(OʻzR 01.12.2020-y. OʻRQ-652-son Qonuni 
tahriridagi qism) (Oldingi tahririga qarang) 

Download 4.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling