Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining
-modda. Yuridik shaxs qayta tashkil etilganda
Download 4.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51
92-modda. Yuridik shaxs qayta tashkil etilganda
soliq majburiyatini bajarish (1-q.) Qayta tashkil etilgan yuridik shaxsning soliq majburiyati ushbu moddada belgilangan tartibda uning huquqiy vorisi (huquqiy vorislari) tomonidan bajarilishi lozim. (2-q.) Qayta tashkil etilgan yuridik shaxsning soliq majburiyatini bajarish, qayta tashkil etish tugallanguniga qadar huquqiy vorisga (huquqiy vorislarga) qayta tashkil etilgan yuridik shaxs soliq majburiyatini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi faktlari va (yoki) holatlari maʼlum boʻlganligi-boʻlmaganligidan qatʼi nazar, uning huquqiy vorisi (huquqiy vorislari) zimmasiga yuklatiladi. (3-q.) Huquqiy voris (huquqiy vorislar) oʻziga oʻtgan majburiyatlar boʻyicha jami soliq qarzini, shu jumladan qayta tashkil etilgan yuridik shaxsga uning qayta tashkil etilishi tugallanguniga qadar soliq huquqbuzarliklarini sodir etganlik uchun belgilangan jarimalar summalarini ham uzishi shart. (4-q.) Qayta tashkil etilgan yuridik shaxsning huquqiy vorisi (huquqiy vorislari) oʻz zimmasiga ushbu modda bilan yuklatilgan majburiyatlarni bajarishda soliq toʻlovchilar uchun ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibda huquqlardan foydalanadi va zimmasida majburiyatlar boʻladi. (5-q.) Yuridik shaxsning qayta tashkil etilishi uning huquqiy vorisi (huquqiy vorislari) tomonidan uning soliq majburiyatlarini bajarish muddatlarini oʻzgartirmaydi. (6-q.) Bir necha yuridik shaxslar qoʻshib yuborilganda ularning majburiyatlarini bajarish qismi boʻyicha bunday qoʻshib yuborish natijasida vujudga kelgan yuridik shaxs ularning huquqiy vorisi deb eʼtirof etiladi. (7-q.) Bir yuridik shaxs boshqa yuridik shaxsga qoʻshib olinganda, uni qoʻshib olgan yuridik shaxs soliq majburiyatini bajarish qismi boʻyicha qoʻshib olingan yuridik shaxsning huquqiy vorisi deb eʼtirof etiladi. (8-q.) Yuridik shaxs boʻlinganda bunday boʻlish natijasida vujudga kelgan yuridik shaxslar soliq majburiyatini bajarish qismi boʻyicha uning huquqiy vorislari deb eʼtirof etiladi. (9-q.) Bir necha huquqiy vorislar mavjud boʻlgan taqdirda, ulardan har birining qayta tashkil etilgan yuridik shaxsning soliq majburiyatini bajarishdagi ishtiroki ulushi fuqarolik qonunchiligiga muvofiq tuzilgan taqsimlash balansi bilan aniqlanadi. Agar taqsimlash balansi qayta tashkil etilgan yuridik shaxsning har bir huquqiy vorisining ulushini aniqlash imkonini bermasa, yangidan vujudga kelgan yuridik shaxslar qayta tashkil etilgan shaxsning soliq majburiyatini sudning qaroriga koʻra solidar bajarishi mumkin. (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) (10-q.) Agar qayta tashkil etish soliq majburiyatini bajarmaslikka qaratilgan boʻlsa, qayta tashkil etilgan yuridik shaxs soliq majburiyatining hech boʻlmaganda bitta huquqiy voris tomonidan unga toʻgʻri keladigan soliq majburiyati qismini toʻliq hajmda bajarish imkoniyatini istisno etgan taqdirda ham, ushbu moddaning toʻqqizinchi qismida koʻrsatilgan qoida qoʻllaniladi. (11-q.) Yuridik shaxs tarkibidan bir yoki bir necha yuridik shaxslar ajratib chiqarilganda qayta tashkil etilgan yuridik shaxsga nisbatan uning soliq majburiyatini bajarish qismi boʻyicha huquqiy vorislik, agar ushbu moddaning oʻn ikkinchi qismida boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, yuzaga kelmaydi. (12-q.) Agar yuridik shaxs tarkibidan bir yoki bir necha yuridik shaxslarni ajratib chiqarish natijasida qayta tashkil etilayotgan yuridik shaxs oʻzining soliq majburiyatini toʻliq hajmda bajarish imkoniyatiga ega boʻlmasa va bunday qayta tashkil etish soliq majburiyatini bajarmaslikka qaratilgan boʻlsa, ajratib chiqarilgan yuridik shaxslar ushbu qayta tashkil etilgan shaxsning soliq majburiyatiga sudning qaroriga koʻra solidar ega boʻlishi mumkin. (13-q.) Bir yuridik shaxs boshqa yuridik shaxs etib oʻzgartirilganda, yangidan vujudga kelgan yuridik shaxs soliq majburiyatini bajarish qismida qayta tashkil etilgan yuridik shaxsning huquqiy vorisi deb eʼtirof etiladi. (14-q.) Yuridik shaxs tomonidan u qayta tashkil etilgunga qadar undan ortiqcha undirilgan yoki ortiqcha toʻlangan soliq (penya, jarima) summasi huquqiy voris (huquqiy vorislar) qayta tashkil etilgan yuridik shaxsning soliq qarzini uzishi hisobiga soliq organi tomonidan hisobga olinishi lozim. Bunday hisobga olish qayta tashkil etish tugallangan kundan eʼtiboran bir oydan kechiktirmay ushbu moddada nazarda tutilgan xususiyatlarni hisobga olgan holda amalga oshiriladi. (15-q.) Yuridik shaxs tomonidan u qayta tashkil etilgunga qadar ortiqcha toʻlangan yoki undan ortiqcha undirilgan soliqning (penyaning, jarimaning) hisobga olinishi lozim boʻlgan summasi hisoblanishi va toʻlanishi ustidan nazorat qilish soliq organlari zimmasiga yuklatilgan boshqa soliqlar boʻyicha soliq qarziga mutanosib ravishda taqsimlanadi. (16-q.) Qayta tashkil etilgan yuridik shaxsda soliq qarzi boʻlmagan taqdirda, ushbu yuridik shaxs tomonidan ortiqcha toʻlangan yoki undan ortiqcha undirilgan soliq (penya, jarima) summasi uning vorisiga (huquqiy vorislariga) huquqiy voris (huquqiy vorislar) ariza bergan kundan eʼtiboran bir oydan kechiktirmay qaytarilishi lozim. Bunda ortiqcha toʻlangan yoki ortiqcha undirilgan soliq (penya, jarima) summasi qayta tashkil etilgan yuridik shaxsning huquqiy vorisiga (huquqiy vorislariga) har bir huquqiy vorisning taqsimlash balansi asosida aniqlanadigan ulushiga mutanosib ravishda qaytariladi. (17-q.) Ushbu moddaning qoidalari yuridik shaxs qayta tashkil etilganda yigʻimlarni toʻlash boʻyicha majburiyatni bajarishga nisbatan ham qoʻllaniladi. (18-q.) Ushbu moddada nazarda tutilgan qoidalar chet davlat qonunchiligiga muvofiq qayta tashkil etilgan chet el tashkiloti majburiyatlarining huquqiy vorisini (huquqiy vorislarini) aniqlashda ham qoʻllaniladi. (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) (19-q.) Ushbu moddada nazarda tutilgan qoidalar Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib oʻtish munosabati bilan soliqlar toʻlashda ham qoʻllaniladi. Download 4.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling