Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


-modda. Soliqlarni oʻtkazishga doir toʻlov


Download 4.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/352
Sana31.01.2024
Hajmi4.81 Mb.
#1828253
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   352
Bog'liq
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51

90-modda. Soliqlarni oʻtkazishga doir toʻlov 
topshiriqnomalarining banklar tomonidan 
bajarilishi 
(1-q.)
Banklar soliq toʻlovchining pul mablagʻlari hisobidan soliqni budjet tizimiga 
oʻtkazishga doir toʻlov topshiriqnomasini (bundan buyon ushbu moddada soliq toʻlovchining 
topshiriqnomasi deb yuritiladi), shuningdek soliq organining soliqni budjet tizimiga oʻtkazishga 


doir inkasso topshiriqnomasini (bundan buyon ushbu moddada soliq organining inkasso 
topshiriqnomasi deb yuritiladi) bajarishi shart. 
(2-q.)
Soliq toʻlovchining topshiriqnomalari va soliq organining inkasso topshiriqnomalari 
fuqarolik qonunchiligida belgilangan navbat boʻyicha bajarilishi lozim. 
(OʻzR 21.04.2021-y. 
OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) 
(3-q.)
Soliq toʻlovchining topshiriqnomasi yoki soliq organining inkasso topshiriqnomasi 
bunday topshiriqnoma olingan kundan keyingi bir operatsiya kuni ichida bank tomonidan 
bajariladi. 
(4-q.)
Soliq toʻlovchining hisobvaragʻida pul mablagʻlari mavjud boʻlgan va toʻlov hujjatida 
rekvizitlari toʻgʻri koʻrsatilgan taqdirda bank soliq toʻlovchining topshiriqnomasini yoki soliq 
organining inkasso topshiriqnomasini bajarishni kechiktirishga haqli emas. 
(5-q.)
Soliq toʻlovchining hisobvaragʻida pul mablagʻlarining yoʻqligi (yetarli emasligi) 
sababli soliq organining inkasso topshiriqnomasini belgilangan muddatda bajarishning imkoni 
boʻlmaganda, bank belgilangan muddat tugaganidan keyingi kundan kechiktirmay inkasso 
topshiriqnomasini yuborgan soliq organiga uning topshiriqnomasi bajarilmaganligi (qisman 
bajarilganligi) toʻgʻrisida xabar qilishi shart. 
(6-q.)
Soliq toʻlovchining topshiriqnomasi yoki soliq organining inkasso topshiriqnomasi 
bajarilmaganligi (qisman bajarilganligi) toʻgʻrisidagi bank xabarnomasining shakli va uni elektron 
shaklda uzatish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. 
(OʻzR 11.03.2022-y. OʻRQ-758-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga qarang) 
(7-q.)
Ushbu moddada nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarmaganlik yoki lozim darajada 
bajarmaganlik uchun banklar ushbu Kodeksda belgilangan tartibda javobgar boʻladi. 
(8-q.)
Javobgarlik choralarining qoʻllanilishi bankni soliq toʻlovchining topshiriqnomasini 
yoki soliq organining inkasso topshiriqnomasini bajarish majburiyatidan ozod etmaydi. 
(9-q.)
Banklar soliq toʻlovchilarning topshiriqnomalarini va soliq organlarining inkasso 
topshiriqnomalarini koʻrsatilgan operatsiyalar boʻyicha xizmat koʻrsatilganligi uchun haq 
undirmasdan bajaradi. Soliq toʻlovchilarga yoki soliq agentlariga ortiqcha toʻlangan (undirilgan) 
soliqlar, penyalar va jarimalar summalarini qaytarish boʻyicha banklar tomonidan 
topshiriqnomalar bajarilganda koʻrsatilgan operatsiyalar boʻyicha xizmat koʻrsatilganligi uchun 
ham haq undirilmaydi. 

Download 4.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling