Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining
-modda. Soliq majburiyatining tugatilishi
Download 4.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51
- Bu sahifa navigatsiya:
- 88-modda. Soliq majburiyati boʻyicha daʼvo qilish muddatlari
87-modda. Soliq majburiyatining tugatilishi
(1-q.) Soliq majburiyati, agar ushbu moddaning ikkinchi - toʻrtinchi qismlarida boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, quyidagi hollarda tugatiladi: soliq toʻlovchi tomonidan soliq toʻlanganda yoki soliq agenti tomonidan oʻtkazib berilganda; soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq soliq majburiyatini tugatish bilan bogʻliq boshqa holatlar yuzaga kelganda. (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi xatboshi) (2-q.) Jismoniy shaxsning soliq majburiyati quyidagi hollarda tugatiladi: mazkur shaxs vafot etganda; uni vafot etgan deb eʼlon qilish toʻgʻrisidagi sud qarori qonuniy kuchga kirganda. (3-q.) Vafot etgan yoki vafot etgan deb eʼlon qilingan jismoniy shaxsning soliq qarzi ushbu Kodeksning 94-moddasida belgilangan tartibda meros mol-mulkning qiymati doirasida merosxoʻrlardan undiriladi. (4-q.) Yuridik shaxsning soliq majburiyati quyidagi hollarda tugatiladi: ushbu Kodeksning 91-moddasiga muvofiq, budjet tizimi bilan barcha hisob-kitoblar amalga oshirilgandan keyin u tugatilganda; ushbu Kodeksning 92-moddasiga muvofiq, budjet tizimi bilan barcha hisob-kitoblar amalga oshirilgandan keyin u qayta tashkil etilganda. 88-modda. Soliq majburiyati boʻyicha daʼvo qilish muddatlari (1-q.) Soliq organi yoki boshqa vakolatli organ soliq tekshiruvini oʻtkazishga, tekshiruv natijalari boʻyicha soliq toʻlovchiga soliq qarzini uzish toʻgʻrisida talabnoma yuborishga yoki soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq toʻlanishi lozim boʻlgan soliqlar miqdorini qayta koʻrib chiqishga haqli boʻlgan muddat soliq majburiyati boʻyicha daʼvo qilish muddati hisoblanadi. (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) (2-q.) Agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, soliq majburiyati boʻyicha daʼvo qilish muddati, natijalariga koʻra soliq majburiyati aniqlanadigan soliq davri tugaganidan keyin besh yilni tashkil etadi. Agar soliq majburiyatining yuzaga kelishi muayyan voqea yoki harakat bilan bogʻliq boʻlsa, agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, soliq majburiyati boʻyicha daʼvo qilish muddati shu voqea yoki harakat sodir boʻlgan paytdan eʼtiboran besh yilni tashkil etadi. (3-q.) Ushbu Kodeks 84-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollarda daʼvo qilish muddati soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikka koʻra soliq toʻlovchi tomonidan soliq stavkasi, toʻlanadigan soliq miqdori, soliq imtiyozi yoki soliq chegirmasi qoʻllanilishi va (yoki) soliqni toʻlash muddati oʻzgarishi bilan bogʻliq shartlarning amal qilish muddatiga uzaytiriladi. (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) (4-q.) Soliq majburiyati boʻyicha daʼvo qilish muddatining oʻtishi fuqarolik qonunchiligiga muvofiq toʻxtatib turiladi, uziladi va qayta tiklanadi. (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) Download 4.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling