Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining
Download 4.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51
- Bu sahifa navigatsiya:
- 82-modda. Soliq hisobotini taqdim etish tartibi
8-BOB. SOLIQ HISOBOTI
81-modda. Soliq hisobotini tuzish 82-modda. Soliq hisobotini taqdim etish tartibi 83-modda. Soliq hisobotiga oʻzgartirishlar kiritish 84-modda. Soliq hisobotini saqlash muddati 81-modda. Soliq hisobotini tuzish (1-q.) Soliq toʻlovchining har bir soliq turi yoki toʻlangan daromadlar boʻyicha hisob- kitoblarni va soliq deklaratsiyalarini, shuningdek hisob-kitoblarga hamda soliq deklaratsiyalariga doir ilovalarni oʻz ichiga oladigan, soliq toʻlovchilarning va soliq agentlarining soliq majburiyatlarini aniqlash uchun asos boʻlib xizmat qiladigan hujjatlari soliq hisobotidir. (2-q.) Soliq hisoboti Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadigan shakllarda tuziladi. (3-q.) Soliq hisoboti soliq organlariga shaxs faqat soliq toʻlovchi deb eʼtirof etiladigan soliqlar boʻyicha taqdim etiladi. (4-q.) Soliq hisobotida koʻrsatilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligi uchun javobgarlik soliq toʻlovchining yoki soliq agentining zimmasiga yuklanadi. (5-q.) Soliq toʻlovchining soliq hisoboti uning tanloviga koʻra soliq organlari tomonidan tuzilishi mumkin. Bunda soliq hisobotini tuzish va taqdim etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. (OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuniga muvofiq kiritilgan qism) 82-modda. Soliq hisobotini taqdim etish tartibi (1-q.) Soliq hisoboti soliq toʻlovchi hisobga olingan joydagi soliq organiga belgilangan shaklda qogʻoz yoki elektron shaklda ushbu Kodeksga muvofiq soliq hisobotiga ilova qilinishi lozim boʻlgan hujjatlar bilan birga taqdim etiladi. (2-q.) Soliq toʻlovchi ushbu Kodeksga muvofiq soliq hisobotiga ilova qilinishi lozim boʻlgan hujjatlarni elektron shaklda taqdim etishga haqli. (3-q.) Yuridik shaxs boʻlgan soliq toʻlovchilar va yakka tartibdagi tadbirkorlar soliq hisobotini oʻzi hisobga olingan joydagi soliq organiga belgilangan shakllar boʻyicha elektron hujjat tarzida taqdim etadi. (4-q.) Yirik soliq toʻlovchilar, joylashgan yeridan qatʼi nazar, soliq hisobotini Yirik soliq toʻlovchilar boʻyicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasiga taqdim etadi. (5-q.) Ushbu moddaning uchinchi va toʻrtinchi qismlari qoidalari davlat sirlari jumlasiga kiritilgan axborotni taqdim etishga nisbatan qoʻllanilmaydi. (6-q.) Soliq hisoboti blankalari soliq organlari tomonidan bepul taqdim etiladi. (7-q.) Soliq hisoboti ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda soliq toʻlovchi tomonidan soliq organiga shaxsan yoki vakil orqali taqdim etilishi yoxud pochta joʻnatmasi tarzida joylanmalar roʻyxati bilan yuborilishi mumkin. (8-q.) Soliq maslahatchilari tashkiloti soliq hisobotini soliq toʻlovchi nomidan soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali elektron hujjat tarzida taqdim etishga haqli. (9-q.) Soliq organi soliq toʻlovchi tomonidan belgilangan shaklda taqdim etilgan soliq hisobotini qabul qilishni rad etishga haqli emas. (10-q.) Soliq hisoboti qogʻozda olingan taqdirda, soliq organi soliq toʻlovchining iltimosiga koʻra, soliq hisobotining koʻchirma nusxasiga uning qabul qilib olingani toʻgʻrisida belgi qoʻyishi va u olingan sanani koʻrsatishi shart. (11-q.) Soliq hisoboti, agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami koʻrsatilgan holda taqdim etiladi. (12-q.) Soliq toʻlovchi va uning vakolatli vakili soliq hisobotida koʻrsatilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligi va toʻliqligini tasdiqlab, unga imzo qoʻyadi. (13-q.) Agar soliq hisobotida koʻrsatilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligi va toʻliqligini soliq toʻlovchining vakolatli vakili tasdiqlasa, soliq hisobotida bu haqda tegishli belgi qoʻyiladi. Bunda soliq hisobotiga ushbu vakilning uni imzolashga boʻlgan vakolatini tasdiqlovchi hujjatning koʻchirma nusxasi ilova qilinadi. (14-q.) Soliq hisoboti elektron shaklda taqdim etilganda vakilning uni imzolashga boʻlgan vakolatini tasdiqlovchi hujjatning koʻchirma nusxasi telekommunikatsiya aloqa kanallari orqali elektron shaklda taqdim etilishi mumkin. (15-q.) Soliq hisoboti soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan muddatlarda taqdim etiladi. (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) (16-q.) Ushbu moddada nazarda tutilgan qoidalar ushbu Kodeksning Maxsus qismiga muvofiq soliq hisobotini taqdim etish majburiyati zimmasiga yuklatilgan soliq agentlariga va boshqa shaxslarga nisbatan ham tatbiq etiladi. Download 4.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling