Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining


-modda. Soliq solish maqsadlarida hisob siyosati


Download 4.81 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/352
Sana31.01.2024
Hajmi4.81 Mb.
#1828253
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   352
Bog'liq
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51

77-modda. Soliq solish maqsadlarida hisob siyosati 
(1-q.)
Soliq solish maqsadlaridagi hisob siyosati soliq toʻlovchi tomonidan mustaqil ravishda 
belgilanadi. Bunda hisob siyosati ixtiyoriy shaklda tasdiqlanadi va unda quyidagilar aks ettirilishi 
kerak: 
1) agar soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, soliq 
toʻlovchi yoki soliq agenti tomonidan mustaqil ravishda ishlab chiqilgan soliq registrlarining 
shakli va ularni tuzish tartibi; 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi band) 
2) unga rioya etilishi ustidan masʼul mansabdor shaxslar
3) soliq solish maqsadlarida alohida-alohida hisob yuritish tartibi, agar bunday hisob yuritish 
majburiyati ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boʻlsa; 
4) soliq toʻlovchi tomonidan foyda soligʻini hisoblab chiqarish maqsadida sarflarni xarajatlar 
sirasiga kiritish, shuningdek qoʻshilgan qiymat soligʻini hisobga olishning tanlangan usullari
5) xedjirlanadigan tavakkalchiliklarni, xedjirlanadigan moddalarni va ularga nisbatan 
qoʻllaniladigan xedjirlash vositalarini aniqlash siyosati, xedjirlash operatsiyalari, shuningdek 
boshqa moliyaviy tavakkalchiliklar amalga oshirilgan taqdirda xedjirlash samaradorligi darajasini 
baholash uslubiyati
6) aktivlarning har bir guruhi va kichik guruhi boʻyicha amortizatsiya normalari (hisoblash 
usullari). 


(2-q.)
Soliq solish maqsadlarida hisob siyosatini oʻzgartirish va (yoki) unga qoʻshimchalar 
kiritish soliq toʻlovchi tomonidan quyidagi usullardan biri yordamida amalga oshiriladi: 
1) buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq ishlab chiqilgan yangi hisob 
siyosatini yoki uning yangi boʻlimini tasdiqlash
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni 
tahriridagi band) 
2) buxgalteriya hisobi toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq ishlab chiqilgan amaldagi hisob 
siyosatiga yoki amaldagi hisob siyosatining boʻlimiga oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimchalar 
kiritish. 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi band) 
(3-q.)
Hisob siyosatini shakllantirishda soliq toʻlovchi tomonidan soliq solish maqsadlarida 
tanlangan hisob yuritish usullari tegishli hisob siyosati tasdiqlangan yildan keyingi yilning 1-
yanvaridan eʼtiboran qoʻllaniladi. 
(4-q.)
Yangi tashkil etilgan yuridik shaxs yoki chet el yuridik shaxsining doimiy muassasasi 
soliq solish maqsadlarida hisob yuritish usullari toʻgʻrisidagi qarorni oʻzi tashkil etilgandan 
keyingi birinchi hisobot davri davomida qabul qiladi. 
(5-q.)
Soliq solish maqsadlaridagi hisob siyosati kalendar yil davomida oʻzgartirilmaydi. 
Soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikka yoxud soliq solish shartlariga oʻzgartirish kiritilganda va faqat 
ushbu oʻzgartirishlar taalluqli boʻlgan qismida soliq toʻlovchining hisob siyosatida oʻzgartirishlar 
qilishga yoʻl qoʻyiladi. 
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) 

Download 4.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   352




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling