Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining
Download 4.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51
73-modda. Soliq davri
(1-q.) Soliq davri deganda tugagandan keyin soliq bazasi aniqlanadigan hamda toʻlanishi lozim boʻlgan soliq summasi hisoblab chiqariladigan kalendar yil yoki boshqa davr tushuniladi. (2-q.) Soliq davri bir necha hisobot davrlaridan iborat boʻlishi mumkin. (3-q.) Kalendar yil soliq davri hisoblanadigan soliqlarga nisbatan ushbu qismning qoidalari mazkur moddaning toʻrtinchi - oʻninchi qismlarida nazarda tutilgan xususiyatlarni hisobga olgan holda qoʻllaniladi. (4-q.) Agar yuridik shaxs kalendar yil boshlanganidan keyin, lekin shu yilning 1-dekabriga qadar tashkil etilgan boʻlsa, uning uchun u tashkil etilgan kundan eʼtiboran shu yilning oxiriga qadar boʻlgan davr birinchi soliq davri deb eʼtirof etiladi. (5-q.) Agar yuridik shaxs 1-dekabrdan 31-dekabrga qadar boʻlgan davrda tashkil etilgan boʻlsa, tashkil etilgan kundan eʼtiboran tashkil etilgan yildan keyingi kalendar yilning oxirigacha boʻlgan davr uning uchun birinchi soliq davri deb eʼtirof etiladi. Bunda yuridik shaxs davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kun u tashkil etilgan kun deb eʼtirof etiladi. (6-q.) Ushbu moddaning toʻrtinchi va beshinchi qismlarida nazarda tutilgan qoidalar ushbu Kodeksda belgilangan tartibda oʻzini mustaqil ravishda Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidentlari deb eʼtirof etgan hamda faoliyati bunday eʼtirof etish sanasida Oʻzbekiston Respublikasida doimiy muassasa tuzishga olib kelmagan chet el yuridik shaxslari uchun foyda soligʻi boʻyicha birinchi soliq davrini aniqlashga nisbatan qoʻllanilmaydi. (7-q.) Agar yuridik shaxs kalendar yil oxirigacha tugatilgan (qayta tashkil etilgan) boʻlsa, uning uchun shu yil boshidan to tugatish (qayta tashkil etish) tamomlangan kungacha boʻlgan davr oxirgi soliq davri deb eʼtirof etiladi. (8-q.) Agar kalendar yil boshlanganidan keyin tashkil etilgan yuridik shaxs shu yil oxiriga qadar tugatilgan (qayta tashkil etilgan) boʻlsa, uning uchun u tuzilgan kundan eʼtiboran tugatilgan (qayta tashkil etilgan) kungacha boʻlgan davr soliq davri deb eʼtirof etiladi. (9-q.) Agar yuridik shaxs joriy kalendar yilning 1-dekabridan 31-dekabriga qadar boʻlgan davrda tashkil etilgan boʻlsa va tashkil etilgan yildan keyingi kalendar yil oxirigacha tugatilgan (qayta tashkil etilgan) boʻlsa, uning uchun u tuzilgan kundan eʼtiboran tugatilgan (qayta tashkil etilgan) kungacha boʻlgan davr soliq davri deb eʼtirof etiladi. (10-q.) Ushbu moddaning toʻqqizinchi qismida nazarda tutilgan qoidalar tarkibidan bir yoxud bir nechta yuridik shaxslar ajralib chiqadigan yoki unga bir yoki bir nechta yuridik shaxslar qoʻshib olinadigan yuridik shaxslarga nisbatan qoʻllanilmaydi. (11-q.) Agar faoliyati Oʻzbekiston Respublikasida doimiy muassasa tuzishga olib kelmagan chet el yuridik shaxsi oʻzini mustaqil ravishda Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidenti deb eʼtirof etsa, uning uchun foyda soligʻi boʻyicha birinchi soliq davrini aniqlash quyidagi tartibda amalga oshiriladi: 1) agar ushbu chet el yuridik shaxsi oʻzini Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidenti deb eʼtirof etish toʻgʻrisidagi arizani taqdim etgan kalendar yilning 1-yanvaridan eʼtiboran oʻzini Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidenti deb eʼtirof etsa, mazkur ariza taqdim etilgan kalendar yil uning uchun birinchi soliq davri hisoblanadi; 2) agar ushbu chet el yuridik shaxsi tegishli ariza taqdim etilgan sanadan eʼtiboran oʻzini Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidenti deb eʼtirof etsa, koʻrsatilgan ariza soliq organiga taqdim etilgan sanadan eʼtiboran ushbu ariza taqdim etilgan kalendar yilning oxirigacha boʻlgan davr uning uchun birinchi soliq davri hisoblanadi. Bunda, agar chet el yuridik shaxsining oʻzini Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidenti deb eʼtirof etish toʻgʻrisidagi arizasi 1-dekabrdan 31- dekabrga qadar boʻlgan davrda taqdim etilgan boʻlsa, uning uchun ushbu ariza soliq organiga taqdim etilgan sanadan eʼtiboran u soliq organiga taqdim etilgan kundan keyingi kalendar yilning oxirigacha boʻlgan davr birinchi soliq davri hisoblanadi. Download 4.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling