16 Ma’ruza. Kimyoviy adsorbtsiya. Maruza rejasi
Download 489.86 Kb. Pdf ko'rish
|
КНГСЙТТ маруза-16 (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 16.2.Kimyoviy adsorbtsiya.
16 Ma’ruza. Kimyoviy adsorbtsiya. Maruza rejasi. 16.1.Gazlar tarkibidan nordon gazlarni tozalash (“SHurtanneftgaz” MChJ misolida). 16.2. Kimyoviy adsorbtsiya va absorbtsiya. 16.3. Gazni oltingugurtdan tozalash. 16.1.Gazlar tarkibidan nordon gazlarni seolit yordamida tozalash Adsorbtsiya deganda – biz gazlar tarkibidan bir yoki bir necha qo`shimcha komponentlarni qattiq yutuvchi ya‘ni, adsorbentlar yordamida tozalash jarayonini tushinamiz. Yutuvchi modda adsorbent yutiluvchi moddani adsorbat yoki adsorbtiv deb ataymiz. Adsorbtsiya jarayonini mexanizmi absorbtsiya mexanizmidan farqli ularoq, undan suyuq yutuvchi yordamida emas, balki qattiq yutuvchilar yordamida amalga oshiriladi. Bu usullarning o`zini qo`llash me‘yorlari mavjud bo`lib, qo`llangan yuqori texnik, iqtisodiy samara berishi hisobga olinadi. Adsorbtsiya usuli asosan yutiluvchi suyuqliklar kontsentratsiyasi yuqori bo`lmagan holda qo`llaniladi. Agar yutiluvchi suyuqlik kontsentratsiyasi yuqori bo`lsa, absorbtsiya usulidan foydalanish yaxshi samara beradi. Adsorbtsiyaning fizik va kimyoviy turlari mavjud bo`lib, fizik adsorbtsiya jarayonida adsorbent va adsorbat molekulalari Van – Der – Vaals kuchi ta‘sirida o`zaro tortishish kuchi ta‘sirida amalga oshadi 16.2.Kimyoviy adsorbtsiya. Kimyoviy adsorbtsiya jarayonida yutuvchi va yutiluvchilar molekulasi kimyoviy birikishlar natijasida amalga oshadi. Adsorbent sifatida g’ovak, qattiq moddalardan foydalaniladi. Adsorbent har xil diametrli kapilyar kanalcha – g`ovaklari mavjud. Ular shartli ravishda quyidagicha bo`ladi: Makro g`ovak (2*10 -4 mm dan katta), g`ovak (6*10 -6 dan 2*10 -4 mm), mikro g`ovak (2*10 - 6 - 6*10 -6 mm). 2 Sanoatda yutuvchi sifatida aktiv ko`mir va mineral adsorbentlar (silikogel, seolit va boshqalar), shu bilan birgalikda sintetik smolalardan foydalaniladi. “SHurtanneftgaz” USHKsida gazlarni tozalashda seolitlardan foydalanilmoqda. Gazlarni mexanik qo`shimchalardan tozalash chang ushlagichlarda amalga oshiriladi. Bu ajratgichlar asosan gazni, kompressor stantsiyasigacha va gazni taqsimlash stantsiyasigacha kirish oldidan o`rnatiladi. Ular tuzilishi bilan farq qilib, xo`l yoki quruq filtrlash printsipi bilan ishlaydilar (tsiklon yoki chang ushlagichlar). Yuqorida ko`rsatilgan barcha qo`shimchalardan tozalangan gaz hidlantiriladi. Hidlantiruvchi modda sifatida etilmerkaptan C 2 H 5 SH ishlatiladi. Hidlantirish jarayoni «barbotash» apparatida amalga oshiriladi va 1000 m 3 gazga 16 gr. etilmerkaptan qo`shiladi. Tozalangan tabiiy gaz bosh inshootda joylashgan bosh kompressor stansiyasi yordamida magistral gaz quvurga haydaladi. Download 489.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling