Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining
-modda. Soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhi
Download 4.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51
66-modda. Soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhi
ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari (1-q.) Soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining ishtirokchilari quyidagilarga haqli: 1) konsolidatsiyalashgan guruhning masʼul ishtirokchisidan ushbu konsolidatsiyalashgan guruhning faoliyati munosabati bilan soliq organi tomonidan masʼul ishtirokchiga taqdim etilgan hujjatlar, qarorlar, talabnomalar, solishtirma dalolatnomalar va boshqa hujjatlarning koʻchirma nusxalarini olish; 2) ushbu Kodeksda nazarda tutilgan oʻziga xos xususiyatlarni hisobga olgan holda soliq organlarining hujjatlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan yuqori turuvchi soliq organiga yoki sudga shikoyat qilish; 3) soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhi masʼul ishtirokchisining soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi boʻyicha foyda soligʻini toʻlash majburiyatini ixtiyoriy ravishda bajarish; 4) masʼul ishtirokchida soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi boʻyicha foyda soligʻi hisoblab chiqarilishi va toʻlanishi munosabati bilan oʻtkaziladigan soliq tekshiruvlarini oʻtkazishda, shuningdek bunday soliq tekshiruvlarining materiallarini koʻrib chiqishda ishtirok etish. (2-q.) Ushbu Kodeksning 62-moddasida soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirokchilari uchun nazarda tutilgan shartlarga muvofiq boʻlgan bunday guruh ishtirokchisi soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish toʻgʻrisidagi shartnomaning amal qilish muddati mobaynida oʻzining ushbu guruhdagi ishtirokini ixtiyoriy ravishda tugatishga haqli emas. (3-q.) Soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining ishtirokchilari: 1) soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tuzish toʻgʻrisidagi shartnomani va unga oʻzgartishlarni roʻyxatdan oʻtkazish uchun zarur boʻlgan barcha harakatlarni amalga oshirishi hamda barcha hujjatlarni taqdim etishi; 2) soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining masʼul ishtirokchisiga soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi boʻyicha foyda soligʻini toʻlovchining majburiyatlarini bajarish va huquqlarini amalga oshirish uchun unga zarur boʻlgan maʼlumotlarni taqdim etishi (shu jumladan elektron shaklda taqdim etishi). Bunday maʼlumotlar jumlasiga olingan daromadlar va qilingan xarajatlarga nisbatan foyda soligʻi boʻyicha soliq bazasining hisob- kitoblari, hisobga olish registrlarining maʼlumotlari va boshqa hujjatlar kiradi; 3) soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining faoliyati munosabati bilan soliq organi tomonidan soliq nazorati tadbirlari amalga oshirilganda talab qilinadigan hujjatlar va boshqa axborotni ushbu Kodeksda belgilangan tartibda soliq organlariga taqdim etishi; 4) soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi boʻyicha foyda soligʻini (boʻnak va joriy toʻlovlarni), tegishli penyalar va jarimalarni toʻlash boʻyicha majburiyat ushbu Kodeksning III boʻlimida belgilangan tartibda ushbu guruhning masʼul ishtirokchisi tomonidan bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmagan taqdirda, bunday majburiyatni bajarishi; 5) ushbu Kodeksning 62-moddasida nazarda tutilgan shartlarga rioya etilmagan taqdirda, soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining masʼul ishtirokchisini va mazkur guruhni tuzish toʻgʻrisidagi shartnoma roʻyxatga olingan soliq organini darhol xabardor qilishi; 6) ushbu Kodeksning II boʻlimida nazarda tutilgan tartibda soliq solish maqsadida hisob yuritishi shart. (4-q.) Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi boʻyicha foyda soligʻiga nisbatan soliq majburiyati masʼul ishtirokchi tomonidan bajarilmaganda yoki lozim darajada bajarilmaganda, ushbu guruhning koʻrsatilgan soliq majburiyatini bajargan ishtirokchisi fuqarolik qonunchiligida va mazkur guruhni tuzish toʻgʻrisidagi shartnomada nazarda tutilgan miqdorlarda hamda tartibda regress talabi qoʻyish huquqiga ega boʻladi. Ushbu qoida soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining masʼul ishtirokchisi oʻrniga uning soliq majburiyati (shu jumladan boʻnak va joriy toʻlovlarni toʻlash) shu konsolidatsiyalashgan guruhning bir nechta ishtirokchisi tomonidan bajarilgan hollarga nisbatan ham tatbiq etiladi. (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) (5-q.) Yuridik shaxs soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi tarkibidan chiqqanda: 1) yuridik shaxs foyda soligʻi boʻyicha konsolidatsiyalashgan guruh tarkibidan chiqqan soliq davridan boshlab soliq hisobiga soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirokchisi boʻlmagan soliq toʻlovchining soliq hisobi boʻyicha ushbu Kodeksning II boʻlimi talablariga rioya etishga qaratilgan oʻzgartishlar kiritishi; 2) ushbu yuridik shaxs soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining tarkibidan chiqib ketgan soliq davridan boshlab oʻzi tomonidan haqiqatda olingan foydadan kelib chiqqan holda foyda soligʻini hisoblab chiqishi va toʻlashi. Soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining masʼul ishtirokchisi tomonidan ushbu guruh boʻyicha haqiqatda toʻlangan foyda soligʻi summalarini hisobga olgan holda, koʻrsatilgan talab tegishli hisobot va soliq davrlariga nisbatan tatbiq etiladi hamda foyda soligʻi boʻyicha boʻnak va joriy toʻlovlarni ushbu Kodeksning XII boʻlimida belgilangan muddatlarda toʻlash majburiyatini oʻz ichiga oladi; 3) ushbu Kodeksning XII boʻlimida nazarda tutilgan muddatlarda foyda soligʻi boʻyicha soliq hisobotini oʻzi hisobda turgan yerdagi soliq organiga taqdim etishi shart. (6-q.) Yuridik shaxsning soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi tarkibidan chiqib ketishi uni ushbu yuridik shaxs shunday konsolidatsiyalashgan guruhning ishtirokchisi boʻlgan davrda yuzaga kelgan soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi boʻyicha foyda soligʻiga nisbatan soliq majburiyatlarini bajarishdan ozod etmaydi. (7-q.) Mazkur qoida, ushbu yuridik shaxsga uning soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi tarkibidan chiqib ketguniga qadar mazkur soliq majburiyati bajarilmaganligi yoki soliq toʻgʻrisidagi qonunchilik buzilganligi toʻgʻrisida maʼlum boʻlganidan yoki maʼlum boʻlmaganidan qatʼi nazar, qoʻllaniladi. (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) Download 4.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling