Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining
-modda. Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan
Download 4.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51
63-modda. Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan
guruhini tashkil etish toʻgʻrisidagi shartnoma (1-q.) Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish toʻgʻrisidagi shartnomaga muvofiq, ushbu Kodeksning 62-moddasida belgilangan shartlarni qanoatlantiruvchi yuridik shaxslar soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi boʻyicha foyda soligʻini ushbu Kodeksda belgilangan tartibda va shartlarda hisoblab chiqarish hamda toʻlash maqsadida ixtiyoriy ravishda birlashadi. (2-q.) Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish yuridik shaxsni tashkil etmagan holda amalga oshiriladi. (3-q.) Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish toʻgʻrisidagi shartnomada quyidagi qoidalar boʻlishi kerak: 1) soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish toʻgʻrisidagi shartnomaning predmeti; 2) soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirokchilari boʻlgan yuridik shaxslarning roʻyxati va rekvizitlari; 3) soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining masʼul ishtirokchisi boʻlgan yuridik shaxsning nomi; 4) soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirokchilari ushbu guruhning masʼul ishtirokchisiga ushbu bobga muvofiq oʻtkazadigan vakolatlar roʻyxati; 5) soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining masʼul ishtirokchisi va boshqa ishtirokchilari tomonidan ushbu Kodeksda nazarda tutilmagan majburiyatlarni bajarish hamda huquqlarni amalga oshirish tartibi va muddatlari, belgilangan majburiyatlarni bajarmaganlik uchun javobgarlik; 6) agar soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi muayyan muddatga tuzilayotgan boʻlsa, kalendar yillarda hisoblanadigan muddat yoxud bu guruh qancha muddatga tashkil etilayotganligining muayyan muddati mavjud emasligini koʻrsatish; 7) soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining har bir ishtirokchisi boʻyicha ushbu Kodeksning Maxsus qismida nazarda tutilgan oʻziga xos xususiyatlar inobatga olingan holda soliq bazasini aniqlash va foyda soligʻini toʻlash uchun zarur boʻlgan koʻrsatkichlar. Bunda tanlangan koʻrsatkichlar soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish toʻgʻrisidagi shartnomaning butun amal qilish muddati mobaynida oʻzgartirilmaydi. (4-q.) Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish toʻgʻrisidagi shartnomaga asoslangan huquqiy munosabatlarga nisbatan soliq toʻgʻrisidagi qonunchilik, soliq toʻgʻrisidagi qonunchilik bilan tartibga solinmagan qismiga nisbatan esa, fuqarolik qonunchiligi qoʻllaniladi. (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga qarang) (5-q.) Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish toʻgʻrisidagi shartnoma va uning qoidalari qonunchilikka muvofiq boʻlmagan taqdirda, sud tomonidan haqiqiy emas deb topilishi mumkin. (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga qarang) (6-q.) Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish toʻgʻrisidagi shartnoma quyidagi sanalardan eng avvalgisi yuzaga kelguniga qadar amal qiladi: 1) shartnoma amal qilishining tugash sanasi; 2) shartnomani bekor qilish sanasi. (7-q.) Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish toʻgʻrisidagi shartnoma soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining masʼul ishtirokchisi boʻlgan yuridik shaxs turgan joydagi soliq organida roʻyxatdan oʻtkaziladi. (8-q.) Agar soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining masʼul ishtirokchisi yirik soliq toʻlovchilar toifasiga kiritilgan boʻlsa, soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish toʻgʻrisidagi shartnoma konsolidatsiyalashgan guruhning koʻrsatilgan masʼul ishtirokchisi yirik soliq toʻlovchi sifatida hisobga olingan joydagi soliq organida roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim. Download 4.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling