Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining
-modda. Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan
Download 4.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51
62-modda. Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan
guruhini tashkil etish shartlari (1-q.) Oʻzbekiston Respublikasining ushbu moddada nazarda tutilgan barcha shartlarni qanoatlantiruvchi yuridik shaxslari soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etishga haqli. (2-q.) Soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhining ishtirokchilari tomonidan qanoatlantirilishi lozim boʻlgan ushbu moddada nazarda tutilgan shartlar, agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, mazkur guruhni tashkil etish toʻgʻrisidagi shartnomaning butun amal qilish muddati mobaynida bajarilishi kerak. (3-q.) Basharti bir yuridik shaxs boshqa yuridik shaxslarning ustav fondida (ustav kapitalida) bevosita va (yoki) bilvosita ishtirok etsa hamda har bir shunday yuridik shaxsdagi bunday ishtirok etish ulushi kamida 90 foizni tashkil etsa, yuridik shaxslar tomonidan soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi tashkil etilishi mumkin. Koʻrsatilgan shartga soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish toʻgʻrisidagi shartnomaning butun amal qilish muddati mobaynida rioya etilishi kerak. (4-q.) Bir yuridik shaxsning boshqa yuridik shaxsda ishtirok etish ulushi ushbu Kodeksning 38-moddasida belgilangan tartibda aniqlanadi. (5-q.) Yuridik shaxs soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish toʻgʻrisidagi shartnomaning tarafi sifatida quyidagi barcha shartlarni qanoatlantirishi kerak: agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, u qayta tashkil etilish yoki tugatilish jarayonida boʻlmasligi kerak; unga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq bankrotlik (iqtisodiy nochorlik) toʻgʻrisidagi ish boʻyicha ish qoʻzgʻatilgan boʻlmasligi kerak; (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi xatboshi) soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish (oʻzgartirish) toʻgʻrisidagi shartnomani roʻyxatdan oʻtkazish uchun hujjatlarni soliq organiga taqdim etish sanasidan oldingi oxirgi hisobot sanasidagi moliyaviy hisobot asosida hisob-kitob qilingan shaxs sof aktivlarining miqdori uning ustav fondi (ustav kapitali) miqdoridan oshishi kerak. (6-q.) Soliq toʻlovchilarning mavjud konsolidatsiyalashgan guruhiga yangi yuridik shaxsni qoʻshib olish, agar qoʻshib olinayotgan yuridik shaxs oʻzining qoʻshib olinishi sanasida ushbu moddaning beshinchi qismida nazarda tutilgan shartlarni qanoatlantirsa, mumkin boʻladi. (7-q.) Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirokchilari boʻlgan jami yuridik shaxslar quyidagi shartlarni qanoatlantirishi kerak: 1) ular tomonidan kalendar yil mobaynida toʻlangan qoʻshilgan qiymat soligʻi, aksiz soligʻi, foyda soligʻi va yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqning jami summasi kamida yuz milliard soʻmni tashkil etadi; 2) kalendar yil uchun moliyaviy hisobot maʼlumotlariga koʻra tovarlar va xizmatlarni realizatsiya qilishdan tushumning, shuningdek boshqa daromadlarning jami hajmi kamida besh yuz milliard soʻmni tashkil etadi; 3) aktivlarning jami qiymati kalendar yil oxirida moliyaviy hisobot maʼlumotlariga koʻra kamida bir trillion soʻmni tashkil etadi; 4) foyda soligʻi boʻyicha bir xil soliq stavkasini qoʻllaydi. (8-q.) Ushbu moddaning yettinchi qismida nazarda tutilgan barcha koʻrsatkichlar soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhini tashkil etish toʻgʻrisidagi shartnomani roʻyxatdan oʻtkazish uchun hujjatlar soliq organiga taqdim etiladigan yildan oldingi yil yakunlariga koʻra hisob-kitob qilinadi. (9-q.) Quyidagilar soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirokchilari boʻlishi mumkin emas: 1) maxsus iqtisodiy zonalarning ishtirokchilari boʻlgan yuridik shaxslar; 2) maxsus soliq rejimlarini qoʻllovchi yuridik shaxslar; 3) banklar, bundan ushbu konsolidatsiyalashgan guruhga kiruvchi boshqa barcha yuridik shaxslar banklar boʻlgan hol mustasno; 4) sugʻurta tashkilotlari, bundan ushbu konsolidatsiyalashgan guruhga kiruvchi boshqa barcha yuridik shaxslar sugʻurta tashkilotlari boʻlgan hol mustasno; 5) qimmatli qogʻozlar bozorining banklar boʻlmagan professional ishtirokchilari, bundan ushbu konsolidatsiyalashgan guruhga kiruvchi boshqa barcha yuridik shaxslar qimmatli qogʻozlar bozorining banklar deb hisoblanmaydigan professional ishtirokchilari boʻlgan hol mustasno; 6) foyda soligʻini toʻlovchilar deb eʼtirof etilmaydigan yuridik shaxslar; 7) kliring tashkilotlari; 8) mikrokredit tashkilotlari. (10-q.) Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi, faqat basharti ushbu moddada nazarda tutilgan talablarni qanoatlantiradigan barcha yuridik shaxslar ushbu konsolidatsiyalashgan guruhning ishtirokchilari boʻlsa, tashkil etilishi mumkin. (11-q.) Soliq toʻlovchilar konsolidatsiyalashgan guruhi ishtirokchilarining tarkibi unga faqat bunday talablarni qanoatlantiradigan ishtirokchilarning qoʻshib olinishi yoxud undan bunday talablarni qanoatlantirmay qoʻygan ishtirokchilarning chiqarilishi hisobiga oʻzgarishi mumkin. Mazkur talabni buzgan holda tashkil etilgan yoxud bu talabga muvofiq boʻlmay qolgan soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi gʻayriqonuniy ravishda tashkil etilgan yoxud ushbu talab buzilgan sanadan eʼtiboran amal qilishi tugatilgan deb eʼtirof etiladi. (12-q.) Soliq toʻlovchilarning konsolidatsiyalashgan guruhi kamida ikki kalendar yil muddatga tashkil etiladi. Download 4.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling