Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining
-modda. Soliqlar va yigʻimlarni hisoblab
Download 4.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51
- Bu sahifa navigatsiya:
- 75-modda. Soliq imtiyozlari
74-modda. Soliqlar va yigʻimlarni hisoblab
chiqarish va toʻlash tartibi (1-q.) Soliqni hisoblab chiqarish tartibi soliq bazasidan, soliq stavkasidan, shuningdek mavjud boʻlgan taqdirda, soliq imtiyozlaridan kelib chiqqan holda soliq davri uchun soliq summasini hisob-kitob qilish qoidalarini belgilaydi. (2-q.) Soliqni hisoblab chiqarish soliq toʻlovchi tomonidan mustaqil ravishda amalga oshiriladi. (3-q.) Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda bu majburiyat soliq organiga yoki soliq agentiga yuklatilishi mumkin. (4-q.) Agar mazkur Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, soliq toʻlovchilar va soliq agentlari soliqlar hamda yigʻimlarni mustaqil ravishda toʻlaydi. (5-q.) Soliqni toʻlash soliqning toʻliq summasi boʻyicha yoki ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqacha tartibda amalga oshiriladi. (6-q.) Agar soliq boʻyicha soliq davri bir necha hisobot davrini tashkil etsa, ulardan har birining natijalari boʻyicha joriy toʻlovlar toʻlanadi. Joriy toʻlovlarni toʻlash majburiyati soliqni toʻlash boʻyicha majburiyatga tenglashtiriladi. (7-q.) Alohida soliq turlari uchun boʻnak toʻlovlari nazarda tutilishi mumkin. Boʻnak toʻlovlarini toʻlash majburiyati soliqni toʻlash boʻyicha majburiyatga tenglashtiriladi. (8-q.) Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar soliqlarni banklar orqali naqd pulsiz shaklda toʻlaydi. (9-q.) Soliqlar va yigʻimlarni turlari boʻyicha hisoblab chiqarish tartibi hamda toʻlash muddatlari ushbu Kodeksning Maxsus qismida belgilanadi. 75-modda. Soliq imtiyozlari (1-q.) Soliq toʻlovchilarning ayrim toifalariga boshqa soliq toʻlovchilarga nisbatan soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikda nazarda tutilgan afzalliklar, shu jumladan soliqni toʻlamaslik yoki ularni kamroq miqdorda toʻlash imkoniyati soliq imtiyozlari deb eʼtirof etiladi. (OʻzR 21.04.2021- y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) (2-q.) Soliq toʻlovchiga soliqlarni toʻlash boʻyicha muddatni kechiktirish (boʻlib-boʻlib toʻlash) imkoniyati berilishi soliq imtiyozlari hisoblanmaydi. (3-q.) Agar ushbu moddaning beshinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, soliq imtiyozlari ushbu Kodeks bilan taqdim etiladi. (4-q.) Soliq imtiyozlari individual xususiyatga ega boʻlishi mumkin emas. (5-q.) Ayrim soliqlar boʻyicha soliq imtiyozlari, qoʻshilgan qiymat soligʻi, aksiz soligʻi solinadigan mahsulotlar ishlab chiqarilganda va (yoki) realizatsiya qilinganda aksiz soligʻi yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliqdan va foydali qazilmalarni qazib olganlik uchun maxsus renta soligʻidan tashqari, ushbu moddaning oltinchi qismi qoidalarini hisobga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari bilan faqat belgilangan soliq stavkasini kamaytirish, lekin koʻpi bilan 50 foizga kamaytirish tarzida va koʻpi bilan uch yil muddatga berilishi mumkin. (OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuni tahriridagi qism) (6-q.) Ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, soliq toʻlovchilar soliqlar boʻyicha imtiyozlardan tegishli huquqiy asoslar yuzaga kelgan paytdan eʼtiboran ularning butun amal qilish davri mobaynida foydalanishga yoki soliq imtiyozidan foydalanishdan voz kechishga yoxud undan foydalanishni bir yoki bir necha soliq davrlarida toʻxtatib turishga haqli, bundan qoʻshilgan qiymat soligʻidan ozod etiladigan tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish mustasno. (7-q.) Soliqlar boʻyicha imtiyozlar soliq solishdan boʻshagan mablagʻlarni aniq maqsadlarga yoʻnaltirishi sharti bilan berilishi mumkin. Bunday mablagʻlar maqsadli ishlatilmagan taqdirda maqsadsiz ishlatilgan mablagʻlar summasi belgilangan tartibda penya hisoblangan holda budjetga undirilishi lozim. Soliqlar boʻyicha imtiyozlar berilishi munosabati bilan boʻshagan va mazkur imtiyozlarning amal qilish davrida foydalanilmagan mablagʻlar summasi berilgan imtiyozlarning amal qilish muddati tugaganidan soʻng bir yil davomida ularni taqdim etishda belgilangan maqsadlar uchun yoʻnaltirilishi mumkin. Bunda belgilangan muddatda foydalanilmagan mablagʻlar budjetga oʻtkazilishi lozim. (8-q.) Qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha imtiyozlar, shu jumladan tovarlar Oʻzbekiston Respublikasining hududiga olib kirilishida (importida) soliq solishdan boʻshagan mablagʻlarni aniq maqsadlarga yoʻnaltirish sharti bilan, berilishi mumkin emas. (9-q.) Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki, uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi bosh boshqarmalari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining muassasalari ushbu Kodeksda nazarda tutilgan soliqlarni toʻlashdan ozod etiladi, bundan ijtimoiy soliq va Oʻzbekiston Respublikasining hududiga olib kirishda (importida) toʻlanadigan qoʻshilgan qiymat soligʻi mustasno. (10-q.) Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va viloyatlar xalq deputatlari Kengashlari turistik zonalarda joylashgan alohida sanatoriy-kurort obyektlari egallagan yer uchastkalariga nisbatan mol-mulk soligʻi va yer soligʻining kamaytirilgan soliq stavkalarini belgilash yoki soliq toʻlashdan ozod qilish huquqiga ega. (OʻzR 30.12.2020-y. OʻRQ-659-son Qonuniga muvofiq kiritilgan qism) (11-q.) Ushbu Kodeksning 483-moddasida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarida yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliqni hamda yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʻini toʻlashdan toʻliq ozod qilish tarzida berilgan soliq imtiyozlariga ega boʻlgan soliq toʻlovchilar mazkur soliqlarni ushbu soliqlardan hisoblangan summaning bir foizi miqdorida toʻlaydi. (OʻzR 05.05.2022-y. OʻRQ-767-son Qonuniga muvofiq kiritilgan qism) OʻzR 05.05.2022-y. OʻRQ-767-son Qonuniga muvofiq oʻn birinchi qismi oʻn ikkinchi qism deb hisoblansin (12-q.) Soliq imtiyozlarini hisobga olish soliq organlari tomonidan axborot tizimlaridan foydalangan va soliq imtiyozlarining har bir turiga maxsus identifikatsiya kodini bergan holda amalga oshiriladi. (OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuniga muvofiq kiritilgan qism) Download 4.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling