Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining
Download 4.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51
- Bu sahifa navigatsiya:
- 69-modda. Soliqlarning elementlari
- 70-modda. Soliq solish obyekti
- 71-modda. Soliq bazasi
- 72-modda. Soliq stavkasi
6-BOB. SOLIQLARNING ELEMENTLARI
69-modda. Soliqlarning elementlari 70-modda. Soliq solish obyekti 71-modda. Soliq bazasi 72-modda. Soliq stavkasi 73-modda. Soliq davri 74-modda. Soliqlar va yigʻimlarni hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi 75-modda. Soliq imtiyozlari 69-modda. Soliqlarning elementlari (1-q.) Soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikda soliqning barcha elementlari aniqlab qoʻyilgan taqdirdagina ushbu soliq belgilangan deb hisoblanadi. (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) (2-q.) Bunday soliq elementlariga quyidagilar kiradi: 1) soliq solish obyekti; 2) soliq bazasi; 3) soliq stavkasi; 4) soliq davri; 5) soliqni hisoblab chiqarish tartibi; 6) soliq hisobotini taqdim etish tartibi; 7) soliqni toʻlash tartibi. (3-q.) Soliqni belgilashda soliq imtiyozlari va ularning qoʻllanilishi uchun asoslar nazarda tutilishi mumkin. 70-modda. Soliq solish obyekti (1-q.) Soliq solish obyekti mol-mulk, harakat, harakat natijasi yoki qiymat, miqdoriy yoki fizik xususiyatga ega boʻlgan boshqa holat boʻlib, u mavjud boʻlganda soliq toʻgʻrisidagi qonunchilik soliq toʻlovchida soliq majburiyatini vujudga keltiradi. (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ- 683-son Qonuni tahriridagi qism) (2-q.) Har bir soliq ushbu Kodeksning Maxsus qismiga muvofiq belgilanadigan mustaqil soliq solish obyektiga ega boʻladi. 71-modda. Soliq bazasi (1-q.) Soliq bazasi soliq solish obyektining qiymat, fizik yoki boshqa xususiyatini ifodalaydi. (2-q.) Har bir soliq uchun soliq bazasi va uni aniqlash tartibi ushbu Kodeks bilan belgilanadi. 72-modda. Soliq stavkasi (1-q.) Soliq stavkasi soliq bazasining oʻlchov birligiga nisbatan hisoblanadigan soliqning foizlardagi yoki mutlaq summadagi miqdorini ifodalaydi. (2-q.) Soliq stavkalari ushbu Kodeks bilan belgilanadi. Aksiz soligʻining stavkalari, mahsulot narxi dinamikasidan va uni realizatsiya qilish, shu jumladan import qilish hajmidan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari bilan yil davomida qayta koʻrib chiqilishi mumkin. (OʻzR 30.12.2020-y. OʻRQ-659-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga qarang) OʻzR 30.12.2020-y. OʻRQ-659-son Qonuniga muvofiq uchinchi qism chiqarib tashlangan (3-q.) Aksiz soligʻi, yer soligʻi, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq va qatʼiy belgilangan summada jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi stavkalari Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisidagi Qonuni bilan belgilanadi. Aksiz soligʻining stavkalari, mahsulot narxi dinamikasidan va realizatsiya qilish hajmidan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari bilan yil davomida qayta koʻrib chiqilishi mumkin. Download 4.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling