Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining
-modda. Yuridik shaxs tugatilganda
Download 4.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51
91-modda. Yuridik shaxs tugatilganda
soliq majburiyatini bajarish (1-q.) Tugatilayotgan yuridik shaxsning soliq majburiyati mazkur yuridik shaxsning pul mablagʻlari, shu jumladan uning mol-mulkini realizatsiya qilishdan olingan pul mablagʻlari hisobidan tugatuvchi tomonidan bajariladi. (2-q.) Agar tugatilayotgan yuridik shaxsning pul mablagʻlari, shu jumladan uning mol- mulkini realizatsiya qilishdan olingan pul mablagʻlari uning soliq qarzini toʻliq hajmda uzish uchun yetarli boʻlmasa, toʻlanmay qolgan qarz mazkur yuridik shaxsning ishtirokchilari tomonidan qonunchilikda belgilangan miqdorda va tartibda uzilishi mumkin. (OʻzR 21.04.2021- y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) (3-q.) Yuridik shaxs tugatilayotganda soliq majburiyatini mazkur yuridik shaxsning boshqa kreditorlari bilan hisob-kitoblari oʻrtasida bajarish navbati fuqarolik qonunchiligi bilan belgilanadi. (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) (4-q.) Tugatilayotgan yuridik shaxs tomonidan ortiqcha toʻlangan yoki undan ortiqcha undirilgan soliqlar (penyalar, jarimalar) summalari soliq organi tomonidan ushbu Kodeksda belgilangan tartibda boshqa soliqlar boʻyicha soliq qarzini uzish hisobiga hisobga olinishi lozim. (5-q.) Ortiqcha toʻlangan yoki ortiqcha undirilgan soliqlarning (penyalarning, jarimalarning) hisobga olinishi lozim boʻlgan summasi boshqa soliqlar boʻyicha soliq qarziga mutanosib ravishda yoki tugatuvchining qaroriga binoan taqsimlanadi. (6-q.) Tugatilayotgan yuridik shaxsning soliqlar boʻyicha qarzi boʻlmagan taqdirda, ortiqcha toʻlangan yoki undan ortiqcha undirilgan soliqlar (penyalar, jarimalar) summasi shu yuridik shaxsga ushbu Kodeksda belgilangan tartibda u ariza bergan kundan eʼtiboran oʻn besh kundan kechiktirmay qaytarilishi lozim. Soliq toʻlovchi tomonidan ariza taqdim etilmagan taqdirda, ortiqcha toʻlangan yoki ortiqcha undirilgan soliqlar (penyalar, jarimalar) summasi Oʻzbekiston Respublikasi soliq toʻlovchilarining yagona reestridan chiqarilgan soliq toʻlovchining shaxsiy hisobvaragʻidan hisobdan chiqariladi. (OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuni tahriridagi qism) (7-q.) Ushbu moddada nazarda tutilgan qoidalar Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib oʻtish munosabati bilan soliqlar toʻlashda ham qoʻllaniladi. Download 4.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling