Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining
-modda. Soliq toʻlovchilarni hisobga qoʻyish
Download 4.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51
- Bu sahifa navigatsiya:
- 129-modda. Soliq toʻlovchilarni hisobga qoʻyish tartibi
128-modda. Soliq toʻlovchilarni hisobga qoʻyish
(1-q.) Yuridik shaxslar oʻzlari joylashgan yerdagi va ularning alohida boʻlinmalari joylashgan yerdagi soliq organlarida hisobga qoʻyiladi. (2-q.) Tarkibiga Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan alohida boʻlinmalar kiradigan yuridik shaxslar har bir alohida boʻlinma joylashgan yerdagi soliq organlarida hisobga qoʻyilishi lozim. (3-q.) Oʻzbekiston Respublikasida tovar-xomashyo birjalarida va (yoki) tashkillashtirilgan savdolarda aksiyadorlik jamiyatlarining aksiyalarini sotib oladigan norezident boʻlgan yuridik shaxslar birja savdolari amalga oshiriladigan joydagi soliq organida hisobga qoʻyiladi. (4-q.) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Moliya vazirligi soliq organlarida yirik soliq toʻlovchilarni hisobga olishning oʻziga xos xususiyatlarini belgilashga haqli. (5-q.) Oʻzbekiston Respublikasida faoliyatni vakolatxona yoki doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan chet el yuridik shaxslari faoliyatni amalga oshirish joyidagi soliq organlarida hisobga qoʻyilishi lozim. (6-q.) Jismoniy shaxslar oʻz yashash joyidagi soliq organlarida hisobga qoʻyiladi. (7-q.) Bundan tashqari, yuridik va jismoniy shaxslar oʻziga tegishli boʻlgan koʻchmas mulk joylashgan yerdagi soliq organlarida, shuningdek ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa asoslarga koʻra hisobga qoʻyilishi lozim. (8-q.) Ushbu moddada nazarda tutilgan asoslarga koʻra soliq organlarida hisobga qoʻyish tartibi ushbu Kodeksning 129 va 130-moddalarida belgilanadi. 129-modda. Soliq toʻlovchilarni hisobga qoʻyish tartibi (1-q.) Yuridik va jismoniy shaxslarni ushbu Kodeksning 128-moddasida nazarda tutilgan tartibda olinadigan maʼlumotlar asosida soliq organlarida hisobga olish, agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, soliq organlari tomonidan mustaqil ravishda amalga oshiriladi. (2-q.) Soliq organlari oʻzlaridagi mavjud maʼlumotlar asosida soliq toʻlovchilar hisobga olinishini (hisobdan chiqarilishini) va soliq toʻlovchilar toʻgʻrisida maʼlumotlar hisobi yuritilishini taʼminlashi shart. (3-q.) Oʻzbekiston Respublikasi soliq toʻlovchilarining yagona reestrida mavjud boʻlgan maʼlumotlar asosida soliq organlarida hisobga qoʻyish quyidagilarga nisbatan amalga oshiriladi: 1) yuridik shaxs oʻzi joylashgan yerida, filiali va (yoki) vakolatxonasi joylashgan yerida; 2) chet el notijorat nohukumat tashkilotining oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi hududida boʻlinmasi orqali amalga oshirish joyida; 3) yakka tartibdagi tadbirkor Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan roʻyxatga muvofiq tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish joyida yoki oʻz yashash joyida. (OʻzR 11.03.2022-y. OʻRQ-758-son Qonuni tahriridagi band) (Oldingi tahririga qarang) (4-q.) Chet el yuridik shaxsini akkreditatsiya qilingan filial va (yoki) vakolatxona orqali oʻz faoliyatini amalga oshirish joyidagi soliq organlarida hisobga qoʻyish Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi tomonidan taqdim etiladigan maʼlumotlar asosida amalga oshiriladi. (5-q.) Faoliyatini boshqa alohida boʻlinmalar orqali amalga oshirish chogʻida chet el yuridik shaxsini hisobga qoʻyish, agar ushbu moddaning uchinchi qismida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, hisobga qoʻyish toʻgʻrisidagi ariza asosida amalga oshiriladi. Chet el yuridik shaxsini soliq organlarida hisobdan chiqarish xuddi shunday tartibda amalga oshiriladi. (6-q.) Hisobga qoʻyish toʻgʻrisidagi ariza chet el yuridik shaxsi tomonidan u Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻz faoliyatini boshlagan kundan eʼtiboran oʻttiz kalendar kundan kechiktirmay soliq organiga beriladi. Hisobdan chiqarish toʻgʻrisidagi ariza bunday shaxs tomonidan u Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻz faoliyatini tugallagan kundan eʼtiboran oʻn besh kalendar kundan kechiktirmay beriladi. (7-q.) Hisobga qoʻyish (hisobdan chiqarish) toʻgʻrisidagi ariza berilayotganda chet el yuridik shaxsi mazkur ariza bilan bir vaqtning oʻzida soliq organiga hisobga qoʻyish (hisobdan chiqarish) uchun zarur boʻlgan hujjatlarni taqdim etadi. Bunday hujjatlarning roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadi. (8-q.) Chet el yuridik shaxsni Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidenti sifatida soliq organida hisobga qoʻyish (hisobdan chiqarish) soliq organi tomonidan bunday chet el yuridik shaxsining oʻzini Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidenti deb eʼtirof etishi toʻgʻrisidagi (Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidenti maqomidan voz kechishi haqidagi) arizasi asosida amalga oshiriladi. (9-q.) Oʻzbekiston Respublikasida tovar-xomashyo birjalarida va (yoki) tashkillashtirilgan savdolarda aksiyadorlik jamiyatlarining aksiyalarini sotib oladigan norezident boʻlgan yuridik shaxslarni hisobga qoʻyish tartibini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi belgilaydi. Download 4.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling