Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining
IV BOʻLIM. SOLIQ TOʻLOVCHILARNI VA SOLIQ SOLISH
Download 4.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51
- Bu sahifa navigatsiya:
- 126-modda. Soliq toʻlovchilarni hisobga olish toʻgʻrisida umumiy qoidalar
IV BOʻLIM.
SOLIQ TOʻLOVCHILARNI VA SOLIQ SOLISH OBYEKTLARINI HISOBGA OLISH 16-bob. Soliq toʻlovchilarni hisobga olish tartibi (126 - 134-moddalar) 16-BOB. SOLIQ TOʻLOVCHILARNI HISOBGA OLISH TARTIBI 126-modda. Soliq toʻlovchilarni hisobga olish toʻgʻrisida umumiy qoidalar 127-modda. Soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami 128-modda. Soliq toʻlovchilarni hisobga qoʻyish 129-modda. Soliq toʻlovchilarni hisobga qoʻyish tartibi 130-modda. Oʻzbekiston Respublikasining norezidenti boʻlgan chet ellik shaxslarni hisobga qoʻyishning oʻziga xos xususiyatlari 131-modda. Soliq toʻlovchilarni soliq solish obyekti boʻyicha hisobga qoʻyish 132-modda. Soliq toʻlovchi toʻgʻrisidagi hisob maʼlumotlari 133-modda. Organlar, muassasalar va tashkilotlarning soliq organlariga maʼlumotlar taqdim etish majburiyatlari 134-modda. Banklarning soliq nazoratini amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan majburiyatlari 126-modda. Soliq toʻlovchilarni hisobga olish toʻgʻrisida umumiy qoidalar (1-q.) Soliq nazoratini amalga oshirish maqsadida yuridik va jismoniy shaxslar soliq organlarida hisobga qoʻyilishi lozim. (2-q.) Oʻzbekiston Respublikasining soliq rezidentlarini hisobga qoʻyish ushbu Kodeks u yoki bu soliqni toʻlash majburiyatining paydo boʻlishini bogʻlaydigan holatlar mavjudligidan qatʼi nazar amalga oshiriladi. (3-q.) Soliq organlarida hisobga qoʻyish va hisobdan chiqarish bepul amalga oshiriladi. OʻzR 14.03.2022-y. OʻRQ-759-son Qonuniga muvofiq toʻrtinchi qism chiqarib tashlangan (4-q.) Soliq toʻlovchiga identifikatsiya raqami berilganligi toʻgʻrisida soliq organi tomonidan berilgan guvohnoma yoki soliq toʻlovchini davlat roʻyxatidan oʻtkazish chogʻida u bir vaqtning oʻzida soliq organlarida va davlat statistika organlarida hisobga qoʻyilgan taqdirda - davlat roʻyxatidan oʻtkazilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma soliq toʻlovchining hisobga qoʻyilganligini tasdiqlovchi hujjat hisoblanadi. OʻzR 14.03.2022-y. OʻRQ-759-son Qonuniga muvofiq beshinchi, oltinchi va yettinchi qismlari tegishincha toʻrtinchi, beshinchi va oltinchi qismlar deb hisoblansin (4-q.) Jismoniy shaxslarni soliq organlarida soliq toʻlovchi sifatida hisobga qoʻyish ularga vakolatli organ tomonidan identifikatsiyalovchi ID-kartalarni yoki jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini berish bilan bir vaqtda amalga oshiriladi. Bunda soliq toʻlovchi hisobga qoʻyilganligini tasdiqlovchi alohida hujjat berilmaydi. (OʻzR 14.03.2022-y. OʻRQ-759-son Qonuniga muvofiq kiritilgan qism) (5-q.) Oʻzbekiston Respublikasining yuridik shaxsini davlat roʻyxatidan oʻtkazish chogʻida u bir vaqtning oʻzida soliq organlarida va davlat statistika organlarida hisobga qoʻyilgan holda berilgan davlat roʻyxatidan oʻtkazilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma soliq toʻlovchining hisobga qoʻyilganligini tasdiqlovchi hujjatdir. (OʻzR 14.03.2022-y. OʻRQ-759-son Qonuniga muvofiq kiritilgan qism) (6-q.) Chet davlatlarning qonunchiligiga muvofiq tashkil etilgan chet el yuridik shaxslariga (shu jumladan kompaniyalar va boshqa korporativ tuzilmalarga) berilgan soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami toʻgʻrisidagi guvohnoma soliq toʻlovchining roʻyxatdan oʻtkazilganligini tasdiqlovchi hujjatdir. (OʻzR 14.03.2022-y. OʻRQ-759-son Qonuniga muvofiq kiritilgan qism) OʻzR 14.03.2022-y. OʻRQ-759-son Qonuniga muvofiq toʻrtinchi, beshinchi va oltinchi qismlari yettinchi, sakkizinchi va toʻqqizinchi qismlar deb hisoblansin (7-q.) Soliq toʻlovchilarni hisobga olish maʼlumotlari asosida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi soliq toʻlovchilarining yagona reestrini yuritadi. (8-q.) Oʻzbekiston Respublikasi soliq toʻlovchilarining yagona reestrida mavjud boʻlgan maʼlumotlarning tarkibi hamda reestrni yuritish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan belgilanadi. (9-q.) Soliq toʻlovchi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, agar ushbu Kodeksning 29-moddasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, soliq organida hisobga qoʻyilgan paytdan boshlab soliq siridir. Download 4.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling