127-modda. Soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami
(1-q.)
Hisobga olishda har bir soliq toʻlovchiga Oʻzbekiston Respublikasining butun
hududida yagona boʻlgan soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami beriladi va uning hisob
maʼlumotlari Oʻzbekiston Respublikasi soliq toʻlovchilarining yagona reestriga kiritiladi.
(2-q.)
Ushbu Kodeks 126-moddasining toʻrtinchi qismida koʻrsatilgan jismoniy shaxsning
shaxsiy identifikatsiya raqami soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami hisoblanadi.
(OʻzR
14.03.2022-y. OʻRQ-759-son Qonuniga muvofiq kiritilgan qism)
OʻzR 14.03.2022-y. OʻRQ-759-son Qonuniga muvofiq ikkinchi-beshinchi qismlari
uchinchi-oltinchi qismlar deb hisoblansin
(3-q.)
Soliq toʻlovchiga identifikatsiya raqamini berish, qoʻllash hamda uni oʻzgartirish
tartibi va shartlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(4-q.)
Soliq organi soliq toʻlovchining identifikatsiya raqamini unga yuboriladigan barcha
hujjatlarda koʻrsatadi.
(5-q.)
Har bir soliq toʻlovchi oʻzining soliq toʻlovchining identifikatsiya raqamini soliq
hisobotlarida, soliq organiga taqdim etiladigan arizalar va boshqa hujjatlarda, shuningdek, agar
ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, qonunchilikda nazarda tutilgan
boshqa hollarda koʻrsatadi.
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism)
(6-q.)
Soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami quyidagi hujjatlarda majburiy koʻrsatiladi:
faoliyatning ayrim turlari bilan shugʻullanish uchun litsenziyalarda;
yuridik va (yoki) jismoniy shaxslar tomonidan tuziladigan xoʻjalik, fuqarolik-huquqiy va
mehnat shartnomalarida;
yuridik shaxslar va (yoki) yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan bitimlar tuzilganligini
belgilovchi yoki tasdiqlovchi hujjatlarda, shu jumladan hisobvaraq-fakturalarda va tovar-kuzatuv
hujjatlarida;
pul, hisob-kitob va toʻlov hujjatlarida;
qonunchilikda belgilangan hollarda boshqa hujjatlarda.
(OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son
Qonuni tahriridagi xatboshi)
Do'stlaringiz bilan baham: |