Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining
-modda. Soliq nazoratining shakllari
Download 4.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51
- Bu sahifa navigatsiya:
- 137-modda. Soliq tekshiruvlarining turlari
- 138-modda. Kameral soliq tekshiruvi
136-modda. Soliq nazoratining shakllari
(1-q.) Soliq organlari soliq nazoratini: 1) soliq tekshiruvlari; 2) soliq monitoringi shaklida amalga oshiradi. (2-q.) Bojxona organlari tovarlarning Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali olib oʻtilishi munosabati bilan toʻlanishi lozim boʻlgan soliqlarga nisbatan oʻz vakolatlari doirasida ushbu Kodeksga va bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq soliq nazoratini amalga oshiradi. (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) 137-modda. Soliq tekshiruvlarining turlari (1-q.) Soliq tekshiruvlari soliq toʻlovchilar, yigʻimlarni toʻlovchilar va soliq agentlari tomonidan soliq toʻgʻrisidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazorat qilish maqsadida oʻtkaziladi. (OʻzR 21.04.2021-y. OʻRQ-683-son Qonuni tahriridagi qism) (2-q.) Soliq tekshiruvi soliq toʻlovchi toʻgʻrisida soliq organlarida mavjud boʻlgan maʼlumotlarni oʻrganish va tahlil qilish asosida amalga oshiriladi. (3-q.) Soliq organlari soliq tekshiruvlarining quyidagi turlarini oʻtkazadi: 1) kameral soliq tekshiruvi; 2) sayyor soliq tekshiruvi; 3) soliq auditi. 138-modda. Kameral soliq tekshiruvi (1-q.) Kameral soliq tekshiruvi soliq toʻlovchi (soliq agenti) tomonidan taqdim etilgan soliq hisobotini, moliyaviy hisobotni, shuningdek soliq toʻlovchining faoliyati toʻgʻrisida soliq organida mavjud boʻlgan boshqa hujjatlar hamda maʼlumotlarni tahlil qilish asosida soliq organi tomonidan oʻtkaziladi. (2-q.) Soliq organlari kameral soliq tekshiruvi oʻtkazilishi boshlanguniga qadar tekshiruvdan oldingi tahlilni oʻtkazishi mumkin. (OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuniga muvofiq kiritilgan qism) (3-q.) Tekshiruvdan oldingi tahlil - taqdim etilgan soliq hisobotini va soliq toʻlovchining faoliyati toʻgʻrisidagi boshqa axborotni soliq organlari tomonidan axborot tizimlaridan foydalangan holda, soliq toʻlovchining ishtirokisiz oʻtkaziladigan avtomatlashtirilgan tahlildir. (OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuniga muvofiq kiritilgan qism) (4-q.) Tekshiruvdan oldingi tahlil soliq organi rahbarining (rahbar oʻrinbosarining) buyrugʻisiz amalga oshiriladi. (OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuniga muvofiq kiritilgan qism) (5-q.) Agar tekshiruvdan oldingi tahlil chogʻida soliq organi tomonidan taqdim etilgan soliq hisobotida soliq organida mavjud boʻlgan maʼlumotlar bilan tafovutlar va (yoki) xatolar aniqlansa, soliq toʻlovchiga soliq toʻlovchining shaxsiy kabineti orqali soliq hisobotiga tegishli tuzatishlar kiritish toʻgʻrisidagi xabarnoma yuboriladi. (OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuniga muvofiq kiritilgan qism) (6-q.) Soliq toʻlovchi tegishli tuzatishlar kiritish toʻgʻrisidagi xabarnoma olingan kundan eʼtiboran oʻn kunlik muddatda aniqlashtirilgan soliq hisobotini yoki aniqlangan tafovutlarning asosnomasini taqdim etishi shart. Bunday majburiyatning bajarilmaganligi soliq organi tomonidan soliq toʻlovchida kameral soliq tekshiruvini tayinlash uchun asos boʻladi. (OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuniga muvofiq kiritilgan qism) (7-q.) Tekshiruvdan oldingi tahlil aniqlashtirilgan soliq hisoboti yoki aniqlangan tafovutlar asosnomasi soliq toʻlovchi tomonidan taqdim etilgan yoxud kameral soliq tekshiruvi tayinlagan sanadan eʼtiboran yakunlangan hisoblanadi. (OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuniga muvofiq kiritilgan qism) OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuniga muvofiq ikkinchi-oʻn sakkizinchi qismlari sakkizinchi-yigirma toʻrtinchi qismlar deb hisoblansin (8-q.) Kameral soliq tekshiruvi soliq organi rahbarining (rahbari oʻrinbosarining) buyrugʻi asosida oʻtkaziladi. Buyruqda soliq toʻlovchining nomi va identifikatsiya raqami, tekshiruvchi shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi va lavozimi, tekshiruvni oʻtkazish muddatlari, tekshirilayotgan davr, tekshirilayotgan soliqlar va yigʻimlarning turlari koʻrsatiladi. (9-q.) Kameral soliq tekshiruvi ushbu Kodeksning 88-moddasida belgilangan daʼvo muddati oʻtmagan soliq davrlariga nisbatan oʻtkazilishi mumkin. (10-q.) Kameral soliq tekshiruvi jarayonida soliq organi soliq toʻlovchidan (soliq agentidan, uchinchi shaxsdan) hisobga olish hujjatlarini, taqdim etilgan soliq hisobotiga va hisobga olish hujjatlariga doir tushuntirishlarni, shuningdek soliq hamda yigʻimlarni hisoblab chiqarish va toʻlash bilan bogʻliq boshqa axborotni ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibda soʻrab olishi mumkin. (11-q.) Soʻralgan hujjatlar va tushuntirishlar soliq organiga tegishli soʻrov olingan kundan eʼtiboran besh kun ichida taqdim etilishi kerak. Soʻralgan hujjatlarni taqdim etish muddati soliq toʻlovchining hujjatlar taqdim etish uchun sabablari va zarur boʻlgan muddatlari koʻrsatilgan arizasiga koʻra soliq organi tomonidan uzaytirilishi mumkin. (12-q.) Agar soliq toʻlovchi kameral soliq tekshiruvi tugaguniga qadar ushbu Kodeksning 83-moddasida nazarda tutilgan tartibda hisoblab chiqarilgan soliq summasi oʻzgartirilgan aniqlashtirilgan soliq hisobotini taqdim etsa, kameral soliq tekshiruvi taqdim etilgan aniqlashtirilgan soliq hisobotini hisobga olgan holda oʻtkaziladi. (13-q.) Agar oʻtkazilgan kameral soliq tekshiruvi yakuni bilan taqdim etilgan soliq hisobotida tafovutlar va (yoki) xatolar aniqlangan boʻlsa, soliq organi soliq toʻlovchiga ushbu Kodeksda belgilangan tartibda soliq hisobotlariga tuzatishlar kiritish talabnomasini yuboradi. (14-q.) Soliq hisobotiga tuzatishlar kiritish haqida talabnoma yuborilgan sana kameral soliq tekshiruvi tugatilgan sana hisoblanadi. Agar oʻrganish va tahlil qilish yakunlariga koʻra tafovutlar va (yoki) xatolar aniqlanmagan boʻlsa ham kameral soliq tekshiruvi yakunlangan hisoblanadi. (15-q.) Soliq toʻlovchi tuzatishlar kiritish toʻgʻrisidagi talabnoma olingan kundan eʼtiboran besh kun ichida tegishli soliqlar va yigʻimlar boʻyicha aniqlashtirilgan soliq hisobotini yoxud tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etgan holda aniqlangan tafovutlarning asosnomasini ushbu Kodeksda belgilangan tartibda taqdim etishi shart. (OʻzR 29.12.2021-y. OʻRQ-741-son Qonuni tahriridagi qism) (16-q.) Soliq toʻlovchi soliq organining tegishli talabnomasida koʻrsatilgan, aniqlangan tafovutlarning asosnomasi sifatida soliq maslahatchilari tashkilotining xulosasini taqdim etishga haqli. Soliq toʻlovchining nomidan bunday asosnomani soliq maslahatchilari tashkiloti soliq toʻlovchi bilan tuzilgan shartnoma asosida mustaqil ravishda taqdim etishi mumkin. (17-q.) Soliq toʻlovchining taqdim etgan asosnomasi tegishli hujjatlar (asosnomalar) olingan kundan eʼtiboran oʻn besh kun ichida soliq organining rahbari (rahbari oʻrinbosari) tomonidan koʻrib chiqiladi. (18-q.) Aniqlangan tafovutlar boʻyicha taqdim etilgan asosnomalariga toʻliq yoki qisman rozilik berilgan taqdirda, soliq organi ilgari yuborilgan talabnoma bekor qilinganligi toʻgʻrisidagi bildirish xatini yoxud soliq hisobotiga tuzatishlar kiritish toʻgʻrisidagi aniqlashtirilgan talabnomani soliq toʻlovchiga yuboradi. (19-q.) Agar soliq toʻlovchi aniqlashtirilgan soliq hisobotini taqdim etmasa (shu jumladan aniqlashtirilgan talabnomadan keyin), yoxud aniqlangan tafovutlar boʻyicha asosnomalarni taqdim etmasa, yoki u taqdim etgan asosnomalar yetarli emas deb topilsa, soliq organi soliq toʻlovchiga soliq auditini tayinlashga haqli. (20-q.) Agar soliq (hisobot) davri uchun soliq monitoringi oʻtkazilayotgan boʻlsa, bunday davr uchun kameral soliq tekshiruvi oʻtkazilmaydi. Mazkur qoida soliq monitoringi muddatidan oldin tugatilganda qoʻllanilmaydi. (21-q.) Ushbu moddada nazarda tutilgan qoidalar, agar ushbu Kodeksda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, zimmasiga soliq hisobotini taqdim etish boʻyicha majburiyat yuklatilgan soliq agentlarining va boshqa shaxslarning kameral soliq tekshiruvlariga nisbatan ham tatbiq etiladi. (22-q.) Qoʻshilgan qiymat soligʻi summasi oʻrnini qoplashga nisbatan kameral soliq tekshiruvi soliq toʻlovchi tomonidan soliq davri uchun soliq hisoboti taqdim etish chogʻida soliq organlari qoʻshilgan qiymat soligʻining salbiy summasi oʻrnini qoplash (qaytarish) toʻgʻrisida xabardor qilingan kundan eʼtiboran oʻttiz kun ichida soliq organining buyrugʻisiz, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Qoʻshilgan qiymat soligʻi summasi oʻrnini qoplashga nisbatan kameral soliq tekshiruvi natijalariga koʻra soliq hisobotiga oʻzgartishlar kiritish haqidagi talabnoma yozib berilmaydi. (OʻzR 30.12.2022-y. OʻRQ-812-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga qarang) (23-q.) Qoʻshilgan qiymat soligʻi summasini qoplashga nisbatan kameral soliq tekshiruvi natijalariga koʻra soliq organlari ushbu summani qoplash toʻgʻrisidagi qaror yoxud ularni qoplashni rad etish (toʻliq yoki qisman) toʻgʻrisidagi asoslantirilgan qaror qabul qiladi. (24-q.) Kameral soliq tekshiruvi oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. (OʻzR 11.03.2022-y. OʻRQ-758-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga qarang) Download 4.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling