Oʻzbekiston respublikasining soliq kodeksi (Yangi tahriri) Oʻzbekiston Respublikasining
Download 4.81 Mb. Pdf ko'rish
|
Снимок экрана 2023—11—28 в 12.18.51
140-modda. Soliq auditi
(1-q.) Muayyan davr uchun soliqlar va yigʻimlarni hisoblab chiqarish hamda toʻlashning toʻgʻriligini tekshirish soliq auditidir. (2-q.) Soliq auditi soliq toʻlovchilarning (soliq agentlarining) yuqori darajadagi tavakkalchilik toifasiga mansub soliq toʻlovchiga (soliq agentiga) nisbatan oʻtkaziladi. (3-q.) Soliq organlari soliq auditi oʻtkazilishi boshlanishidan kamida oʻttiz kalendar kun oldin soliq toʻlovchiga soliq auditi oʻtkazilishi toʻgʻrisida xabarnoma yuboradi. (4-q.) Xabarnomada soliq auditining boshlanish sanasi, tekshirilishi lozim boʻlgan masalalarning roʻyxati, zarur hujjatlarning dastlabki roʻyxati, shuningdek soliq auditini oʻtkazish uchun zarur boʻlgan boshqa maʼlumotlar koʻrsatiladi. (5-q.) Agar soliqlarni toʻlashdan boʻyin tovlash belgilari mavjud boʻlsa, soliq organi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi bilan kelishgan holda soliq toʻlovchini oldindan xabardor etmasdan soliq auditini boshlashga haqlidir. (6-q.) Yirik soliq toʻlovchilar toifasiga mansub boʻlgan soliq toʻlovchilarning soliq auditi Yirik soliq toʻlovchilar boʻyicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasi tomonidan inspeksiya boshligʻining (inspeksiya boshligʻi oʻrinbosarining) buyrugʻi asosida amalga oshiriladi. (7-q.) Soliq auditida ishtirok etish uchun boshqa soliq organlarining mansabdor shaxslari jalb etilishi mumkin. (8-q.) Soliq organi rahbarining (rahbari oʻrinbosarining) soliq auditini oʻtkazish toʻgʻrisidagi buyrugʻida tekshiriladigan soliq toʻlovchining nomi va identifikatsiya raqami, tekshiruvchi shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi hamda lavozimi, soliq auditini oʻtkazish muddatlari va maqsadi koʻrsatiladi. (9-q.) Soliq organi rahbarining (rahbari oʻrinbosarining) soliq auditini oʻtkazish toʻgʻrisidagi buyrugʻi bilan uni oʻtkazish dasturi ham tasdiqlanadi. (10-q.) Ushbu Kodeksning 143-moddasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, soliq auditi faqat ushbu Kodeksning 88-moddasida belgilangan daʼvo qilish muddati oʻtmagan oxirgi soliq auditidan keyingi davrni qamrab olishi mumkin. (11-q.) Soliq toʻlovchi ixtiyoriy ravishda tugatilayotganda soliq auditi, soliq toʻlovchining bevosita soliq auditi oʻtkazilayotgan yildan oldingi uch yildan koʻp boʻlmagan faoliyatini qamrab olishi mumkin. (12-q.) Soliq auditi oʻtkazilayotgan davrda tekshirilayotgan davrning soliq hisobotiga soliq toʻlovchi tomonidan oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. (13-q.) Soliq auditi oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. (OʻzR 11.03.2022-y. OʻRQ-758-son Qonuni tahriridagi qism) (Oldingi tahririga qarang) Qarang: VMning 2021 yil 7-yanvardagi 1-son Qarori bilan tasdiqlangan "Soliq tekshiruvlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida"gi Nizomning 6-bobi Download 4.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling