O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi (yangi tahriri) toshkent-2020


Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.17.00.00 Soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilish. Soliq sohasidagi huquqbuzarliklar uchun j


Download 454.38 Kb.
bet124/395
Sana09.01.2022
Hajmi454.38 Kb.
#261488
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   395
Bog'liq
O'ZR SOLIQ KODEKSI

1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.17.00.00 Soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilish. Soliq sohasidagi huquqbuzarliklar uchun javobgarlik]

V BO‘LIM.
SOLIQ NAZORATI

17-bob. Soliq nazorati to‘g‘risidagi umumiy qoidalar. Soliq tekshiruvlari


135-modda. Soliq nazorati to‘g‘risidagi umumiy qoidalar

Vakolatli organlarning soliq to‘lovchilar va soliq agentlari tomonidan soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazorat qilishga doir faoliyati soliq nazoratidir.

Soliq nazorati maqsadida ushbu Kodeksning 133-moddasida ko‘rsatilgan davlat organlari, muassasalari, tashkilotlar va mansabdor shaxslar soliq to‘lovchilarni soliq bo‘yicha hisobga olish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotlarni ushbu Kodeksda belgilangan tartibda soliq organlariga taqdim etishi shart.

Soliq nazorati maqsadida banklar ushbu Kodeksning 134-moddasida o‘z zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajaradi.

Soliq, bojxona organlari va boshqa vakolatli organlar, prokuratura organlari hamda tergov organlari soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilishlari, o‘zlari olib borayotgan soliq tekshiruvlari haqidagi o‘zida mavjud materiallar to‘g‘risida bir-birini xabardor qiladi. Shuningdek mazkur organlar o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish maqsadida boshqa zarur axborot bilan almashishni amalga oshiradi. Bunday xabardor qilish tartibi mazkur organlar o‘rtasidagi kelishuvlar bilan belgilanadi.

Soliq to‘lovchi (soliq agenti) to‘g‘risida qonun hujjatlari talablarini buzgan holda olingan hujjatlar yoki boshqa axborot ushbu shaxsni soliqqa oid huquqbuzarlikni sodir etganlik uchun javobgarlikka tortishga asos bo‘lib xizmat qilishi mumkin emas.

Soliq nazorati materiallari O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan belgilangan tartibda soliq to‘lovchi hisobda turgan joydagi soliq organida tekshiruv tugagan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmay ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak.


Download 454.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   395




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling