O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi (yangi tahriri) toshkent-2020


-modda. Banklarning soliq nazoratini amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan majburiyatlari


Download 454.38 Kb.
bet123/395
Sana09.01.2022
Hajmi454.38 Kb.
#261488
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   395
Bog'liq
O'ZR SOLIQ KODEKSI

134-modda. Banklarning soliq nazoratini amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan majburiyatlari

Bank har qanday yuridik yoki jismoniy shaxsning (bundan buyon ushbu moddada mijoz deb yuritiladi) hisobvarag‘i yoki omonati (depoziti) ochilganligi (yopilganligi), hisobvarag‘i yoki omonati (depoziti) rekvizitlarining o‘zgartirilganligi to‘g‘risidagi axborotni tegishli hodisa ro‘y bergan kundan e’tiboran uch kun ichida elektron shaklda, o‘zi joylashgan yerdagi soliq organiga ma’lum qilishi shart.

Bank tomonidan ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan axborotni ma’lum qilish tartibi va shakllari O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi bilan kelishilgan holda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadi.

Soliq organining bank mijoziga nisbatan axborot taqdim etish to‘g‘risidagi so‘roviga binoan bank yozma so‘rov olingan kundan e’tiboran uch kun ichida soliq organlariga quyidagilarni berishi shart:

1) mijozning bankda hisobvaraqlari va omonatlari (depozitlari) mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni;

2) mijozning hisobvaraqlari va omonatlaridagi (depozitlaridagi) pul mablag‘larining qoldiqlari haqidagi ma’lumotlarni;

3) mijozning hisobvaraqlaridagi operatsiyalarga hamda omonatlariga (depozitlariga) doir ko‘chirmalarni;

4) soliq to‘lovchining soliq majburiyatlarini bajarishi bilan bog‘liq boshqa ma’lumotlarni.

Ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan axborot, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan hollarda chet davlat vakolatli organining so‘rovi asosida ham soliq organlari tomonidan bankdan so‘rab olinishi mumkin.

Soliq organi tomonidan bankka so‘rov yuborish va banklar tomonidan soliq organlarining so‘rovlariga binoan axborot taqdim etish shakli hamda tartibi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadi.



Download 454.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   395




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling