301-modda. Ilgari chegirib tashlangan xarajatlarning yoki zararlarning o‘rnini qoplash tarzidagi daromad
Ilgari chegirib tashlangan xarajatlarning yoki zararlarning o‘rnini qoplash tarzidagi daromadlar jumlasiga quyidagilar kiradi:
1) joriy soliq davrida o‘rni qoplangan, shu jumladan bunday talablarga bo‘lgan huquqlardan o‘zganing foydasiga qayta voz kechish yo‘li bilan o‘rni qoplangan, oldin xarajatlar jumlasiga kiritilgan, umidsiz (tavakkal qilingan) deb e’tirof etilgan talablarning summalari;
2) chiqimlarning (xarajatlarning) o‘rnini qoplash uchun O‘zbekiston Respublikasi davlat budjetidan olingan mablag‘larning summalari;
3) sug‘urta tashkiloti yoki zarar yetkazgan shaxs tomonidan to‘langan zararni kompensatsiya qilish summalari, bundan ushbu Kodeksning 304-moddasida ko‘rsatilgan sug‘urta to‘lovlari mustasno;
4) ilgari chegirmalar jumlasiga kiritilgan chiqimlarning o‘rnini qoplashdan olingan boshqa kompensatsiyalar.
Olingan kompensatsiya u qaysi hisobot (soliq) davrida olingan bo‘lsa, o‘sha hisobot (soliq) davrining daromadi bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |