O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi (yangi tahriri) toshkent-2020


-modda. Korxonani mol-mulk majmui sifatida sotib olishda daromadlarni va xarajatlarni e’tirof etishning o‘ziga xos xususiyatlari


Download 454.38 Kb.
bet284/395
Sana09.01.2022
Hajmi454.38 Kb.
#261488
1   ...   280   281   282   283   284   285   286   287   ...   395
Bog'liq
O'ZR SOLIQ KODEKSI

323-modda. Korxonani mol-mulk majmui sifatida sotib olishda daromadlarni va xarajatlarni e’tirof etishning o‘ziga xos xususiyatlari

Ushbu bo‘lim maqsadida korxonani mol-mulk majmui sifatida sotib olish narxi va korxonaning mol-mulk kompleksi sifatidagi sof aktivlarining qiymati (majburiyatlar chegirib tashlangan holdagi aktivlar) o‘rtasidagi farq ushbu moddada belgilangan tartibda soliq to‘lovchining xarajati (daromadi) deb e’tirof etiladi. Mazkur farq topshirish dalolatnomasi asosida narxga ustama (ijobiy farq bo‘lganda) yoki narxdan siylov berish (salbiy farq bo‘lganda) tarzida aniqlanadi.

Korxona kim oshdi savdolarida xususiylashtirish tartibida yoki tanlov bo‘yicha mol-mulk majmui sifatida sotib olingan taqdirda, xaridor tomonidan to‘lanadigan ustama (olinadigan chegirma) miqdori xarid narxi va korxonaning mol-mulk majmui sifatidagi baholash (boshlang‘ich) qiymati o‘rtasidagi farq sifatida aniqlanadi.

Xaridor tomonidan to‘lanadigan ustamaning (olinayotgan chegirmaning) summasi soliq solish maqsadida quyidagi tartibda hisobga olinadi:

1) mol-mulk majmui sifatidagi korxona xaridori tomonidan to‘lanadigan ustama xaridorning mol-mulk majmui sifatidagi korxonaga bo‘lgan mulk huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan oydan keyingi oydan e’tiboran besh yil mobaynida bir me’yorda uning xarajatlari deb e’tirof etiladi;

2) mol-mulk majmui sifatidagi korxonaning xaridori tomonidan olinadigan siylov xaridorning mol-mulk majmui sifatidagi korxonaga bo‘lgan mulk huquqining o‘tishini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish amalga oshirilgan oydagi daromadi deb e’tirof etiladi.

Sotuvchining korxonani mol-mulk majmui sifatida realizatsiya qilishdan ko‘rgan zarari ushbu Kodeksning 46-bobida belgilangan tartibda soliq solish maqsadlarida sotuvchi tomonidan hisobga olinadi.


Download 454.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   280   281   282   283   284   285   286   287   ...   395




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling