320-modda. Kursdagi farqlarga soliq solishning o‘ziga xos xususiyatlari
Balansning valyuta moddalarini qayta baholashda, shuningdek chet el valyutasida operatsiyalarni amalga oshirish chog‘ida yuzaga keladigan kursdagi ijobiy (salbiy) farq buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq jami daromadlar (xarajatlar) tarkibiga kiritiladi.
321-modda. Zaxiralarni baholash usullarini o‘zgartirish natijasiga soliq solishning o‘ziga xos xususiyatlari
Zaxiralarni baholashning soliq to‘lovchi tomonidan oldingi soliq davrida qo‘llanilgan usulidan boshqa usuliga o‘tilgan taqdirda, soliq to‘lovchining jami daromadi (xarajati) baholashning yangi usulini qo‘llash natijasida yuzaga kelgan ijobiy farq summasiga ko‘paytirilishi va salbiy farq summasiga kamaytirilishi lozim.
Zaxiralarni hisoblashning boshqa usuliga o‘tish soliq to‘lovchi tomonidan soliq davri boshidan e’tiboran amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |