O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi (yangi tahriri) toshkent-2020


Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.14.00.00 Soliq to‘lovchilarning hisobi. Soliq hisoboti]


Download 454.38 Kb.
bet67/395
Sana09.01.2022
Hajmi454.38 Kb.
#261488
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   395
Bog'liq
O'ZR SOLIQ KODEKSI

1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.14.00.00 Soliq to‘lovchilarning hisobi. Soliq hisoboti]

II BO‘LIM.
SOLIQ HISOBI VA SOLIQ HISOBOTLARI

7-bob. Soliq hisobi


76-modda. Soliq solish maqsadlarida hisobga olish va hisob hujjatlari

Soliq solish obyektlari va (yoki) soliq solish bilan bog‘liq obyektlar to‘g‘risidagi axborotni umumlashtirish hamda tizimlashtirish, shuningdek soliqlarni, yig‘imlarni hisoblab chiqarish va soliq hisobotini tuzish maqsadida ushbu Kodeks talablariga muvofiq soliq to‘lovchi yoki soliq agenti tomonidan hisob hujjatlarini yuritish soliq solish maqsadlarida hisobga olish deb e’tirof etiladi.

Hisob hujjatlari soliq solish obyektlarini va soliq solish bilan bog‘liq obyektlarni aniqlash, shuningdek soliqlar va yig‘imlarni hisoblab chiqarish uchun asos bo‘lgan boshlang‘ich hujjatlar, buxgalteriya hisobi registrlari hamda boshqa hujjatlardan iboratdir.

Agar ushbu moddaning to‘rtinchi qismida boshqacha qoida belgilanmagan bo‘lsa, soliq solish maqsadlarida hisobga olish buxgalteriya hisobi ma’lumotlariga asoslanadi. Buxgalteriya hisobi va hisob hujjatlarini yuritish tartibi buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari bilan belgilanadi.

Buxgalteriya hisobi to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq zimmasiga buxgalteriya hisobini yuritish majburiyati yuklatilmagan shaxslar soliq solish maqsadlarida hisobga olishni ushbu bobga muvofiq tashkil etadi va yuritadi.


Download 454.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   395




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling