O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi (yangi tahriri) toshkent-2020


III BO‘LIM. SOLIQ MAJBURIYATINI BAJARISh


Download 454.38 Kb.
bet75/395
Sana09.01.2022
Hajmi454.38 Kb.
#261488
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   395
Bog'liq
O'ZR SOLIQ KODEKSI

III BO‘LIM.
SOLIQ MAJBURIYATINI BAJARISh

9-bob. Soliq majburiyatini bajarishning umumiy qoidalari


85-modda. Soliq majburiyati

Soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlari bilan soliq to‘lovchilar zimmasiga yuklatilgan soliqlarni va yig‘imlarni to‘g‘ri hisoblab chiqarish hamda o‘z vaqtida to‘lash majburiyati ularning soliq majburiyatidir.

Soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlari bilan soliq agentlarining zimmasiga yuklatilgan, o‘ziga nisbatan ushbu shaxslar soliq agentlari deb e’tirof etiladigan munosabatlar doirasida soliqlarni to‘g‘ri hisoblab chiqarish, ushlab qolish va o‘z vaqtida o‘tkazish majburiyati soliq majburiyatiga tenglashtiriladi.

Soliq majburiyati ushbu Kodeks yoki boshqa soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilangan asoslar mavjud bo‘lganda yuzaga keladi, o‘zgartiriladi va tugatiladi.

Har bir soliqqa nisbatan soliq majburiyati soliq to‘lovchiga coliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilangan ushbu soliqni to‘lashni nazarda tutuvchi holatlar yuzaga kelgan paytdan e’tiboran yuklatiladi.


Download 454.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   395




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling