O‘zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy aloqalari shakllari Reja: I. Kirish II. Asosiy qism


O`zbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasi


Download 0.72 Mb.
bet4/12
Sana18.06.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1584714
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
kurs ishi O‘zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy aloqalari shakllari

O`zbekiston Respublikasining tashqi savdo aylanmasi.
O`zbekistonning tashqi iqtisodiy faoliyati keng qamrovli bo`lib bormoqda. Mamlakatimizda chet el firmalari mablag`i ishtirokida tuzilgan qo`shma korxonalar soni 6 mingdan oshib ketdi. Ular orasida dunyoga tanilgan "Samsung", "DEU", "Nyumont-Mayning", "Filips" va boshqalar samarali faoliyat ko`rsatmoqda. Hozirgi vaqtda O`zbekistonni dunyoning 170 ga yaqin mamlakati tan olgan, shundan 140 dan ortig`i bilan diplomatik munosabatlar o`rnatilgan. Poytaxt - Toshkentda 50 ga yaqin mamlakatning elchixonalari faoliyat ko`rsatmoqda. O`zbekistonning chet mamlakatlarda elchixonalari, konsulliklari va 30 dan ortiq vakolatxonalari ishlab turibdi.
O`zbekistonning xorijiy kompaniya va firmalar bilan hamkorligi, ularning hududimizda to`la faoliyat ko`rsatib ishlashiga kafolat berilganligi tashqi savdoga ijobiy ta`sir ko`rsatmoqda. Shunday qilib, mamlakatimiz tashqi aloqasi, savdo geografiyasi juda kengayib bormoqda. O`zbekiston barcha qit`alarda joylashgan davlatlar bilan keng qamrovli savdo-sotiq aloqalarini olib bormoqda. Tashqi savdoda Yevropa-66,3, Osiyo-28,0, Amerika qit`asi-5,4, Afrika-0,1, Avstraliya va Okeaniya-0,2 foizni egallaydi. Keyingi yillarda O`zbekiston tashqi savdo aylanmasida MDH va xorijiy mamlakatlar hissasida birmuncha o`zgarishlar sodir bo`ldi.
Agar 1994 yilda tashqi savdo aylanmasining 58 foizi MDH davlatlari hissasiga to`g`ri kelgan bo`lsa, 2004 yilga kelib bu ko`rsatkich 34,6 foizga teng bo`ldi. Uzoq xorij mamlakatlarining salmog`i esa 1994-2004 yillarda mos ravishda 42 foizdan 65,4 foizga o`sdi (7-chizma).
7-chizma.
O `zbekistonning mamlakatlar guruhi bo`yicha tashqi savdo aylanmasi, (foizda).
Shuni alohida ta`kidlash lozimki, MDH mamlakatlari orasida O`zbekistonning asosiy savdo hamkorlari Rossiya, Qozog`iston va Ukraina hisoblanadi. 2004 yilda jami eksportning 14,9 foizi Rossiya, 3,8 foizi Qozog`iston, 2,3 foizi Ukraina hissasiga to`g`ri kelgan bo`lsa, jami importda mazkur mamlakatlarning ulushi muvofiq ravishda 24,0; 6,3 va 4,5 foizni tashkil etdi.
Uzoq xorij mamlakatlari orasida Buyuk Britaniya (7,9 %), Eron (6,9 %), Turkiya (4,1 %), va AQSH (3,1 %) mamlakatimiz eksportida sezilarli o`ringa ega bo`lsa, import tarkibida AQSH (10,3 %), Janubiy Koreya (9,2 %), Germaniya (7,1 %), Xitoy (7,0 %) yuqori salmoqqa ega.
So`nggi yillarda mamlakatimiz eksport tarkibida bir qator o`zgarishlar yuz berdi. Paxta tolasi mamlakat eksportida muhim o`rin tutsada, uning ulushi mustaqillik yillarida 2,6 martadan ziyodroqqa pasaydi (1992 yilda 47,9 foizdan 2004 yilda 18,1 foizgacha). Istiqlol davrida eksport tarkibida yangi soha-xizmatlar paydo bo`ldi va uning jami eksportdagi ulushi 2004 yilda 11,8 foizni tashkil etdi. Umuman, O`zbekistonning eksporti to`g`risida 8-chizmadan to`liq ma`lumot olish mumkin.
Kelajakda O`zbekiston eksportining tovar tarkibini oziq-ovqatlar, mashina va asbob-uskunalar, shuningdek, boshqa tayyor mahsulotlar eksportini oshirish orqali mamlakat eksport salohiyatini sezilarli darajada oshirish mumkin.

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling