O‘zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy aloqalari shakllari Reja: I. Kirish II. Asosiy qism
O`zbekistonning asosiy eksport-import mahsulotlari
Download 0.72 Mb.
|
kurs ishi O‘zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy aloqalari shakllari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jami: 100 100 100 100
O`zbekistonning asosiy eksport-import mahsulotlari.
Bular kompaniyalarni bevosita sarmoyasidir. Shuningdek uzoq muddatli va imtiyozli kreditlar ham olmoqda. Mamlakatimizda qisqa vaqtda xalqaro valyuta fondi, jaxon banki, xalqaro mehnat tashkil oti, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, xalqaro moliya korporatsiyasi, bojxona hamdo`stligi kengashi kabi iqtisodiy hamkorlik bo`yicha obro`li xalqaro tashkilotlar a`zoligiga qabul qilindi. O`zbekiston paxtachilik mashinalari, to`qimachilik jixozlari, paxta tolasi, qorako`l terisi eksport qilishda MDX davlatlari orasida 1-o`rinda turadi (paxta tolasi eksport qilishda jaxonda AQSH dan keyingi 2-o`rinda). Respublikamiz hozirda chet elga 220 dan ortiq yirik korxonada tayyorlangan 130 ga yaqin hildagi mahsulotlarni chiqarmoqda. Eksport uchun mahsulot tayyorlaydigan ayrim korxonalar jumlasiga Toshkent to`qimachilik mashinasozlik, Toshkent qishloq xo`jalik mashinasozligi, O`zbekiston kimyo mashinasozligi, Toshkent ekskavator, Andijon mashinasozligi, Chirchiq transformator, Toshkent kompressor, Gidrometpribor, Podyomnik, kabel zavodlari, Chirchiq elektro-kimyo kombinati, Asakadagi “Uzavto DEU” zavodi, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, Toshkentdagi samaletsozlik birlashmasi va boshqalar kiradi. Xulosa Dunyoda hech bir mamlakat tashqi iqtisodiy aloqalarni rivojlantirmay yuksala olmaydi. Chunki har qanday iqtisodiy yuksak rivojlangan mamlakat ham o`zi ko`plab ishlab chiqarayotgan sanoat mahsulotlarini chetga sotishga, yetishmaydigan ayrim mahsulotlarni esa chetdan sotib olishga majbur bo`ladi. Dunyo mamlakatlari bir-birlari bilan juda xilma-xil tashqi iqtisodiy aloqalar olib boradilar. O`zbekiston ham tashqi iqtisodiy aloqalar qilishda quyidagi xilma-xil shakllardan foydalanmoqda: Tashqi savdo. Respublikamiz rivojlangan 14 ta, rivojlanayotgan 12 ta, o`tish davri iqtisodiyotiga ega bo`lgan 9 mamlakat bilan savdo aloqalariga ega (2000 yil). Ular orasida AQSH, Yaponiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya rivojlanayotgan malakatlardan Turkiya, Pokiston, Xindiston, Indoneziya bor, shuningdek Xitoy, Bolgariya, Vengriya, Polsha, Ruminiya, Vetnam kabi mamlakatlar bilan an`anaviy savdo aloqalarini kengaytirib bormoqda. Isroil, Ispaniya, Lixtenshteyn, Gollandiya, Koreya, Singapur, Gonkong, BAA bilan ham savdo aloqalari yo`lga qo`yilgan. O`zbekistonga 30 dan ortiq mahsulot turi chetdan keltiriladi. Bug`doy, go`sht, sut mahsulotlari, saryog`, shakar, moyli o`simliklar urug`lari va meva, choy, kofe, shirinliklar, kartoshka, farmatsevtika, mahsulotlari, kiyim-kechak, mahsulotlar, teleradio apparatura, mashinalar, uskunalar va jixozlar importning asosiy bandlarini tashkil etadi. Mamlakat chetdan oladigan jami tovarning 18,2% dan ko`prog`ini oziq-ovqat mahsulotlari tashkil etadi (1993 yilda 60%). O`zbekiston xukumati ko`rgan chora tadbirlar natijasida respublikada 1994-99 yillarda g`alla yetishtirish keskin ko`paydi. Galla importi deyarli ikki marta, guruch importi 10 marta, umuman oziq-ovqat mahsulotlari importi 11,5 marta qisqardi. O`zbekistonning tashqi savdo balansi aktiv saldoga ega bo`lib bormoqda. Moliya - kredit munosabatlari tobora kengaymoqda. AQSH, Germaniya, Turkiya, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki katta xajmda eng yangi mashina va uskunalar hamda tehnologiyalar importini, qishloq xo`jalik mahsulotlarini markazlashtirgan holda xarid qilishni moliyalash, Ko`kdumalaq gaz-neft konini o`zlashtirish loyixalarini kreditlash bo`yicha bitmlarni imzoladi. Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan Muruntov oltin konlaridan oltin, kumush va boshqa nodir metallarni ajratib olishga ixtisoslashgan “Zarafshon-Nyumont” O`zbekiston-AQSH qo`shma korxonasini qurilishini moliyalash va boshqa moliya mablag`larini muvofiqlashtirish bo`yicha bitimlar imzolandi. Ilmiy - tehnikaviy hamkorlik ayrim ilmiy-tehnikaviy ishlarni birgalikda xal qilish, axborot tizimini chuqurlashtirish, ilmiy kadrlar tayyorlash borasidagi hamkorliklarni o`z ichiga oladi. Xo`jalik korxonalarini birgalikda qurish, qo`shma korxonalar tashkil etish. Tashqi iqtisodiy aloqalarni bu shakli ham O`zbekistonda juda yaxshi rivojlangan. Asaka shahridagi avtomobil zavodi Janubiy Koreyaning DEU firmasi bilan hamkorlikda qurildi. Buxoroda Hindiston bilan birgalikda shifobaxsh o`tlardan dorilar tayyorlaydigan korxona, neftni qayta ishlash korxonasi, Bukada Turkiya bilan hamkorlikda qurilgan akkumulyator zavodi va boshqalar shu aloqa turiga misol bo`ladi. Xalqaro turizm. Tashqi iqtisodiy aloqalarning bu shakliga ham e`tibor kuchaytirilgan. O`zbekiston o`zining tarixiy yodgorliklari, go`zal tabiati bilan ko`plab xorijlik sayyohlarni o`ziga tortmoqda. 2000 yilda 250 ming xorijlik sayyoh O`zbekistonga tashrif buyurdi. IV. Foydalanilgan adabiyotlar I.A.Karimov. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O`zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo`llari va choralari. T.: «O`zbekiston», 2009. I.A Karimov. O`zbekiston demokratik taraqqiyotning yangi bosqichida -T.: O`zbеkiston, 2005. Abirqulov K.N. Iqtisodiy gеografiya (Darslik) –T.: TDIU, 2004 Salimov X., Xatamov A., Mamajonov M. O`zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi. O`quv qo`llanma. – T.: “Yangi asr avlodi”, 2008. Soliyev A.S. va boshqalar. Mintaqaviy iqtisodiyot. o`quv qo`llanma/mas`ul muharrir Z.Ahmadjonova. -T.: Universitet, 2003 Тўхлиев Н. Ўзбекистон иқтисодиёти асослари. / Н. Тўхлиев, Қ.Ҳақбердиев, Ш. Эрматов, Н. Холматов. – T.: “O`zbekiston milliy ensiklopediyasi” Давлат илмий нашриёти, 2006. O`zbekiston Milliy ensiklopediyasi. 9-10-tom. -T.:2006. Download 0.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling