O‘zbekiston respublikasining xalqaro iqtisodiy tashkilotlar bilan hamkorligining hozirgi darajasi va istiqbollari kirish Asosiy qism


Download 33.32 Kb.
bet6/7
Sana23.04.2023
Hajmi33.32 Kb.
#1387778
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING XALQARO IQTISODIY TASHKILOTLAR BILAN HAMKORLIGINING HOZIRGI DARAJASI VA ISTIQBOLLARI

Xalqaro iqtisodiy integratsiya – bu turli mamlakatlar iqtisodiy aloqalarining barqarorlashib, chuqurlashib rivojlanishi, ular xo‘jaliklarining chambarchas birlashish jarayonlaridir. Mikrodarajada bu jarayon hudud jihatdan yaqin joylashgan mamlakatlar alohida firmalarining o‘zaro ta’siri orqali, ular o‘rtasidagi turli tuman iqtisodiy munosabatlarning shakllanishi, shu jumladan chet ellardagi filiallarini tashkil etish asosida boradi. Davlatlararo darajada integratsiya davlatlar iqtisodiy birlashmalarining shakllanishi hamda iqtisodiy siyosatlarning kelishuvi asosida amalga oshadi.
Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning asosiy shakllari quyidagilar:
erkin savdo hududlari. Bu iqtisodiy integratsiyaning eng oddiy shakli bo‘lib, uning doirasida qatnashuvchi mamlakatlar o‘rtasidagi savdo cheklashlari bekor qilinadi. Erkin savdo hududlarining tashkil etilishi ichki bozorda milliy va xorijiy tovar ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi raqobatni kuchaytirib, bu bir tomondan, milliy ishlab chiqaruvchilarning bankrot bo‘lishi xavfini kuchaytirsa, boshqa tomondan ishlab chiqarishni takomillashtirish va yangiliklarni joriy etish uchun rag‘bat yaratadi. Bunga Yevropa erkin savdo uyushmasi va MDH mamlakatlari o‘rtasidagi o‘zaro bitim misol bo‘la oladi;
bojxona ittifoqi. Iqtisodiy integratsiyaning bu shakli erkin savdo hududlarining faoliyat qilishi bilan birga yagona tashqi savdo tariflari o‘rnatishni va uchinchi mamlakatga nisbatan yagona tashqi savdo siyosati yuritishni taqozo qiladi. Yevropa Ittifoqi (EI) bojxona ittifoqiga yorqin misoldir;
to‘lov ittifoqi. Bu milliy valyutalarning o‘zaro erkin almashuvini va hisob-kitobda yagona pul birligining amal qilishini ta’minlaydi. Yevropa hamjamiyati, Janubi-sharqiy Osiyo va MDH mamlakatlari uchun to‘lov ittifoqi pirovard maqsaddir;
umumiy bozor. Bu iqtisodiy integratsiyaning ancha murakkab shakli bo‘lib, uning qatnashchilariga erkin o‘zaro savdo va yagona tashqi savdo tarifi bilan birga kapital va ishchi kuchining erkin harakati hamda o‘zaro kelishilgan iqtisodiy siyosat ta’minlanadi. Bunga Yevropa iqtisodiy ittifoqi yoki Yevropa umumiy bozorini misol qilib keltirish mumkin. Uning doirasida barcha boj to‘lovlari va import me’yor (kvota)lari bekor qilinadi, boshqa mamlakatlardan Yevropa bozoriga tovarlar kirishi bir xil tartibga solinadi, pul mablag‘lari va ishchi kuchining chegaradan erkin o‘tishi ta’minlanadi hamda umumiy muammolarni hal etishda yagona siyosat o‘tkaziladi;
iqtisodiy va valyuta ittifoqi. Bu davlatlararo iqtisodiy integratsiyaning eng oliy shakli hisoblanadi. Bunda iqtisodiy integratsiyaning barcha qarab chiqilgan shakllari umumiy iqtisodiy va valyuta-moliyaviy siyosat o‘tkazish bilan birga uyg‘unlashadi.
Hozirgi bosqichda xalqaro tartibga solishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
-global iqtisodiyotning rivojlanishida va pul-moliya sohasida barqarorlikni ta'minlash;
-turli shakllarda mamlakatlar o'rtasida iqtisodiy hamkorlikni shakllantirish; davlatlar va guruhlar o'rtasidagi savdo-iqtisodiy munosabatlarda kamsitishga barham berish;
-xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga ko'maklashish;
-muayyan mamlakatda yoki jahon bozorida inqirozni bartaraf etish bo'yicha aniq chora-tadbirlarni tasdiqlash;
-davlatlarning makroiqtisodiy siyosatini muvofiqlashtirish ,bu alohida hududlarning iqtisodiy integratsiyasining xolis tendentsiyasi bilan bog'liq
Xalqaro iqtisodiy tashkilotlar davlatlararo iqtisodiy munosabatlarning barcha tomonlarida hal qiluvchi ta'sir ko'rsatadi.
BMT tizimidagi hukumatlararo tashkilotlar xalqaro huquqiy tartibga solishni rivojlantirishda alohida ahamiyatga ega. O'z faoliyati davomida ular milliy huquqiy tizimlar va davlat qonunchiligiga muhim ta'sir ko'rsatadigan shunday mexanizm va normalarni ishlab chiqmoqdalar.
Xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning maqsad va vazifalari quyidagilardan iborat:
-xalqaro iqtisodiy munosabatlarning eng muhim muammolari bo'yicha tadqiqotlar va choralar ko'rish;
-valyutani barqarorlashtirish ta'minoti;
-savdo to'siqlarini bartaraf etishga va davlatlar o'rtasidagi keng tovar ayirboshlashini ta'minlashga ko'maklashish;
-texnologik va iqtisodiy taraqqiyotga yordam berish uchun xususiy kapitalga qo'shimcha mablag'lar ajratish;
-mehnat munosabatlari va mehnat sharoitlarini yaxshilashni rag'batlantirish;
-jahon iqtisodiy munosabatlarini tartibga solish doirasidagi qarorlar va tavsiyalarni tasdiqlash.
Ta'kidlash joizki, xalqaro hukumatlararo tashkilotlar ob'ektiv ehtiyojga asoslangan davlatlar o'rtasidagi ko'p qirrali hamkorlikning tashkiliy shakli sifatida shakllangan. Ushbu tashkilotlar birinchi navbatda xalqaro iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish ehtiyojlari bilan belgilanadi.

Xalqaro iqtisodiy hamkorlik sohalari:


sanoat va iqtisodiy hamkorlik;
transport sohasidagi hamkorlik;
pul tizimidagi hamkorlik;
jahon savdo doirasidagi hamkorlik;
intellektual mulk tizimidagi hamkorlik;
mahsulotlarni standartlashtirish va sertifikatlashtirish sohasida hamkorlik qilish;
investitsiya sohasidagi hamkorlik;
ilmiy-texnik hamkorlik;
xalqaro tijorat amaliyoti sohasidagi hamkorlik.
Ushbu turdagi hamkorliklarni amalga oshirish tegishli profil va vakolatlarga ega bo'lgan xalqaro iqtisodiy tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi. BMT tashkilotlari, shuningdek mintaqaviy tashkilotlar xalqaro iqtisodiy hamkorlikni ixtisoslashgan muassasalar va avtonom tashkilotlar, EKOSOS organlari orqali amalga oshiradilar.
Iqtisodiy hamkorlik va iqtisodiy integratsiyani har qanday shaklda amalga oshiradigan mintaqaviy tashkilotlar muhim ahamiyatga ega. Mintaqaviy fondlar va banklar ularga ma'lum darajada yordam beradi. Mintaqaviy iqtisodiy hamkorlikning maqsadi rivojlanayotgan mamlakatlarga barqaror iqtisodiy o'sishni ta'minlashda, iqtisodiyotning eng muhim tarmoqlarini shakllantirishda, ijtimoiy rivojlanish darajasini oshirishda va odamlarning hayotini yaxshilashda yordam berishdir.
Toshkentdagi Xalqaro hamkorlik markazida 20-iyul kuni Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston – Fransiya hukumatlararo komissiyasining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda ikki mamlakatning iqtisodiyot, savdo, sarmoya, eksport, neft-gaz, bank-moliya, qishloq va suv xo‘jaligi, aviatashuv, farmatsevtika, yuqori texnologiyalar, sayyohlik, transport va transport kommunikatsiyalari, kimyo, oziq-ovqat sanoati, qurilish materiallari ishlab chiqarish kabi sohalar uchun mas’ul vazirlik va idoralari, firma va kompaniyalari vakillari ishtirok etdi.
O‘zbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri, komissiya hamraisi Elyor G‘aniyev mamlakatlarimiz o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik izchil rivojlanib borayotganini, bunda ikki davlat rahbarlarining uchrashuvlarida erishilgan kelishuvlar muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qilayotganini alohida ta’kidladi.
Fransiya O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqidagi faol hamkorlaridan. Mamlakatlarimiz o‘rtasida imzolangan daromadlarning ikki tomonlama soliqqa tortilishiga yo‘l qo‘ymaslik hamda daromad va kapital soliqlarini to‘lashdan bosh tortishni bartaraf etishga, investitsiyalarni o‘zaro rag‘batlantirish va himoya qilishga, iqtisodiyot, fan-texnika, madaniyat va havo transporti sohalarida hamkorlikka oid bitimlar o‘zaro aloqalar rivojiga xizmat qilmoqda. Mamlakatlarimiz makroiqtisodiyot, moliya, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni boshqarish uchun kadrlar tayyorlash yo‘nalishida ham samarali hamkorlik qilmoqda. Yurtimiz olimlari fransiyalik mutaxassislar bilan birgalikda quyosh energiyasini o‘rganish, yuqumli kasalliklarning oldini olish va ularga qarshi kurashish, seleksiya kabi sohalarda tadqiqotlar olib bormoqda.
Savdo sohasida O‘zbekiston bilan Fransiya o‘rtasida eng ko‘p qulaylik yaratish tartibi joriy qilingan. 2015-yili o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi 300 million dollardan oshdi. Joriy yilning yanvar-iyun oylarida ushbu ko‘rsatkich 150 million dollardan ziyodni tashkil qildi. Mamlakatimizda fransiyalik sarmoyadorlar ishtirokida 15 korxona tuzilgan. Fransiyaning 11 kompaniyasi yurtimizda o‘z vakolatxonasini ochgan.
Fransiya O‘zbekiston bilan hamkorlikni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor bilan qaraydi, – dedi Fransiya Respublikasi Tashqi ishlar va xalqaro rivojlanish vazirligining tashqi savdo, sayyohlikni rivojlantirish va xorijdagi fransuz fuqarolari masalalari bo‘yicha davlat kotibi, komissiya hamraisi Matias Fekl. – Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi o‘zaro tovar ayirboshlash hajmi muttasil oshib bormoqda. So‘nggi besh yil ichida O‘zbekistondan Fransiyaga import qilingan mahsulotlar hajmi 60 foizga oshgani bu boradagi hamkorligimiz izchil taraqqiy etayotganidan dalolatdir. Fransiyalik ishbilarmonlarning o‘zbekistonlik sheriklar bilan hamkorlik o‘rnatishga, mavjud aloqalarni yanada mustahkamlashga bo‘lgan qiziqishi yil sayin ortib bormoqda. O‘zbekiston ko‘plab sohalarda, jumladan, ilm-fan, madaniyat va sayyohlik kabi jabhalarda ulkan salohiyatga ega mamlakat. Savdo, iqtisodiyot, sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi, chorvachilik, texnika va texnologiyalar yo‘nalishlarida uzoq muddatli sheriklik aloqalarini yo‘lga qo‘yish va kengaytirishdan manfaatdormiz.
Majlisda Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimiz iqtisodiyotining barcha tarmoqlarini isloh qilish, modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash, iqtisodiyotda davlat ishtirokini bosqichma-bosqich kamaytirish, xususiy mulkning ulushini oshirish, aksiyadorlik jamiyatlariga xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar yuksak samaralar berayotgani qayd etildi.
Anjuman ishtirokchilari O‘zbekiston bilan Fransiya o‘rtasidagi o‘zaro savdo aylanmasi hajmini yanada oshirish, savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni mustahkamlashdan ikki tomon ham manfaatdor ekanini ta’kidladi. Mamlakatlarimiz sarmoyaviy, moliyaviy-texnikaviy, qishloq xo‘jaligi, sayyohlik, transport va logistika, farmatsevtika, sog‘liqni saqlash kabi sohalarda hamkorlikni rivojlantirish borasida katta salohiyatga ega ekani qayd etildi.
Fransiya delegatsiyasi O‘zbekistonda olib borilayotgan iqtisodiy siyosat samaralari, mamlakatimizning eksport salohiyati, xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning hamda xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning puxta ishlab chiqilgan mexanizmi, industrial zonalardagi keng imkoniyatlar va imtiyozlar bilan tanishtirildi. O‘zaro hamkorlikni yanada faollashtirish uchun mavjud salohiyatdan to‘liq foydalanish zarurligi ta’kidlandi.
Shu kuni O‘zbekiston va Fransiya ishbilarmon doiralarining davra suhbati bo‘lib o‘tdi. O‘zaro tovar ayirboshlash hajmini yanada oshirish, qo‘shma korxonalar sonini va o‘zaro savdodagi mahsulotlar turini ko‘paytirish masalalariga e’tibor qaratildi. O‘zbekiston va Fransiyaning iqtisodiy salohiyati, imkoniyatlari yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
Davra suhbati yakunida O‘zbekistonning qator kompaniya va korxonalari hamda Fransiya ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida kooperatsion birja va biznes maslahatlashuvlari o‘tkazildi. O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan tovarlarni Fransiyaga eksport qilish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Hukumatlararo komissiya majlisi doirasida O‘zbekistonda asinxron tortishli elektr dvigatellari ishlab chiqarish, aviatashuv va farmatsevtika sohalardagi hamkorlikka oid qator hujjatlar imzolandi.
Fransiya delegatsiyasi a’zolari mamlakatimizning turli vazirlik va idoralarida ham muzokaralar o‘tkazdi.
Banki - ko'p tomonli moliya instituti hisoblanib, 1 -Islom Konferensiyasi
Tashkiloti (hozirda Islom Hamkorlik tashkiloti) tomonidan arab mamlakatlari
Moliya vazirlari tomonidan ta'sis etilgan.
Islom taraqqiyot banki 1973-yil Jiddada Islom konferensiyasi
tashkilotining a’zo-davlatlari deklaratsiyasi imzolanganidan keyin 1974-yilda
tashkil qilindi, o’z faoliyatini rasmiy ravishda 1975-yil 20-oktabrdan boshlagan.
Tashkilotga 56 ta mamlakat a'zo bo'lib, quyidagi davlatlar bankni asosiy
moliyalashtiradigan mamlakatlar hisoblanadi:
Bankning moliyaviy resurslari ustav kapitali va qo’shimcha moliyaviy
vositalaridan iborat. Moliyaviy faoliyatlarning kengayishi natijasida bank
qo’shimcha manbalar bilan ta’minlandi:
• 1980-yilda sarmoya-depozit rejasi ishga tushgan. Bu reja sarmoyadorlar
uchun bankka moliyaviy yordam berishda qatnashish orqali qisqa muddatli
sarmoyalarni amalga oshirish uchun islom muqobilini beradi. Ushbu tizim
asosida bank nafaqat yakkaholdagi omonatchidan, balki tashkilotlardan ham
„Importga moliyaviy yordam berish operatsiyalari“ dasturini amalga oshirish
uchun depozitlar qabul qiladi.
• 1987-yilda „Islom banklari portfeli“ tashkil qilingan. Ushbu tashkilot a’zo
bo’lgan davlatlararo savdo-sotiq moliyaviy qo’llab quvvatlash uchun
sarmoyadan foydalanish, hamda qimmatbaho qog’ozlar va lizing bilan bog’liq
bo’lgan operatsiyalarni amalga oshirish maqsadida ochilgan. Shariat normalariga
asosan bunga naqd pul va qarzlar kirmaydi.
• 1988-yildan savdo-sotiqqa uzoq muddatli moliyaviy yordam berish rejasi
amalga oshirila boshladi. Ushbu reja importga moliyaviy yordam berish
programmasini to’ldiradi va IKTga a’zo bo’lgan davlatlarning an’anaviy
bo’lmagan tovarlari eksportini kengaytirishda ko’mak beradi. Bu esa IRBga a’zo
bo’lgan davlatlardan eksport qilish uchun kerakli moliyaviy vositalar bilan 6
oydan 60 oygacha bo’lgan muddatga jalb qilish orqali amalga oshiriladi.
• 1989-yilda alohida investitsion fond tashkil qilingan. Uning maqsadi
qo’shimcha moliya resurslarini jalb qilish va ularni shariatga asoslangan holda
sarmoyalashtirish.
Tashkilotning asosiy maqsadi a’zo mamlakatlarning, shariatga asoslangan
musulmon jamoalarining, iqtisodiy rivojlantirish va ijtimoiy taraqqiyotiga ta’sir
o’tkazishdan iborat.
Islom taraqqiyot banki quyidagi vazifalarni o’z oldiga qo’yadi: 5
 aksionerlik kapitaliga vositalarni sarmoyalashtirish;
 ishlab chiqarish korxonalari va loyihalariga qarzlar berish;
 a’zo-davlatlarga iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishi maqsadida boshqa
shakllarda moliyaviy yordam berish;
 aniq maqsadlar uchun tuziladigan maxsus fondlarni boshqarish;
(nomusulmon davlatlardagi musulmon jamoalariga yordam fondi shular
jumlasidan)
 moliyaviylashtirish uslublari vositasida moliyaviy resurslar
yo’naltirish va depozitlarini qabul qilish;
 a’zo davlatlarga texnik yordam ko’rsatish;
 musulmon davlatlarning rivojlanishi bo’yicha tashkilot a’zolarini
o’qitishda xizmatlar ko’rsatish;
 bepul kreditlar berish.
Yuqorida ta’kidlangandek, Islom taraqqiyot banki tarkibiga 56 ta mamlakat
kiradi va ular ITB guruhini tashkil qiladi.
Xulosa
Xulosa o’rnida shuni aytish mumkinki, hozirgi globallashuv sharoitida
xalqaro tashkilotlarning, xususan, moliyaviy-iqtisodiy tashkilotlarning o’rni
tobora ortib bormoqda. Ular davlat, turli korxona tashkilotlarga qarzberib ularni
moliyalashtiradi. Hozirgi kund dunyoda 100 dan ortiq xalqaro tashkilotlar
mavjud bo’lib, ular turli yo’nalishlarda faoliyat olib boradi.
O’zbekiston ham bir nechta xalqaro tashkilotlar a’zosi hisoblanadi. U Islom
Taraqqiyot Bankiga 2003 yildan boshlab a’zolikka kirgan. Mamlakatimizning
bank ustav kapitaliga qo’shgan xissasi 2,5 mln islom dinari, ya’ni 3,475 mln
dollar bo’lib, bu har biri 10 mln dinarlik 250 bank aksiyasi bilan barobar edi.
Bugungi kunga qadar mamlakatimiz va ITB o’rtasida bir qancha loyihalar
amalga oshirilgan. Bank mamlakatimizda 2013-2014 yillarga bag’ishlangan
dasturda qishloq joylarida uy-joy qurish masalasi o’rtaga qo’yilib, ITB
tomonidan 100 mln Aqsh dollari shu sohaga ajratilgan.
Tashkilotning asosiy maqsadi a’zo mamlakatlarning, sha’riatga asoslangan
musulmon jamoalarining, iqtisodiy rivojlantirish va ijtimoiy taraqqiyotiga ta’sir
o’tkazishdan iborat bo’lib, uning vazifalari quyidagilardir:
 aksionerlik kapitaliga vositalarni sarmoyalashtirish;
 ishlab chiqarish korxonalari va loyihalariga qarzlar berish;
 a’zo-davlatlarga iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishi maqsadida boshqa
shakllarda moliyaviy yordam berish;
 aniq maqsadlar uchun tuziladigan maxsus fondlarni boshqarish;
(nomusulmon davlatlardagi musulmon jamoalariga yordam fondi shular
jumlasidan)
 moliyaviylashtirish uslublari vositasida moliyaviy resurslar yo’naltirish va
depozitlarini qabul qilish;
 a’zo davlatlarga texnik yordam ko’rsatish;
 musulmon davlatlarning rivojlanishi bo’yicha tashkilot a’zolarini
o’qitishda xizmatlar ko’rsatish.
O’zbekistonning dunyonining rivojlangan davlatlari bilan iqtisodiy hamkorligi hozirgi kunda keng ko’lamga chiqdi .Bunda asosan dunyoning rivojlangan davlarning yuksalib borayotgan O’zbekistonga bo’lgan e’tibori muhim ahamiyatga ega. O’zbekistonda iqtisodiy hamkorlikga keng yo’llar ochib qo’yilgan. Shu boisdan dunyoning rivojlangan davlatlari tomonidan yurtimizga ko’plab investitsiya kiritayotganidan sezishimiz mumkin.


Download 33.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling