Ozbekiston respublikasining xalqaro tashkilotlar bilan zamonavij iqtisodij-siyosij va madanij hamkorlik


I.2. O’ZBEKISTON VA BMT ALOQALARINING TAKOMILLASHIB


Download 0.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/90
Sana05.01.2022
Hajmi0.56 Mb.
#231690
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   90
Bog'liq
ozbekiston respublikasining xalqaro tashkilotlar bilan zamonavij iqtisodij-siyosij va madanij hamkorlikni rivozhlantirishdagi xizmatlari yuneso va yunisef misolida 1992-2013 jillar

I.2. O’ZBEKISTON VA BMT ALOQALARINING TAKOMILLASHIB 

BORISHI 

BMTning  bosh  shiori  tinchlikdir.  Tashkilot  mojarolarni  hal  qilishda 

murosasozlik,  vositachilik  vazifasini  o‘tab  kelmoqda,  kezi  kelganda  tinchlik 

o‘rnatish  operatsiyalarini  amalga  oshirmoqda.  Ko‘plab  mojarolar  keng  ko‘lamli 

urushga  aylanib ketmaganida ham  BMTning  xizmati  katta. Har  qancha  qimmatga 

tushmasin,  hech  bir  tinchlik  o‘rnatish  operatsiyasining  zarari,  hatto  eng  kichik 

ko‘lamli  urush  keltiradigan  zarar  bilan  tenglasha  olmaydi.  BMT  o‘z  tarixi 

davomida  77  tinchlik  o‘rnatish  operatsiyasini  amalga  oshirdi.  Tinchlikning  qadri 

mana shunda ham namoyon bo‘ladi. 

1996  yilda  Bosh  Assambleya  Yadro  quroli  sinovlarini  yalpi  ta’qiqlash 

to‘g‘risidagi shartnomani qabul qildi. Yadro qurolidan xoli hududlar ham bevosita 

BMT  shafe’ligida  barpo  etiladi.  Xususan,  O‘zbekiston  Prezidenti  Islom 

Karimovning  tashabbusi  bilan  Markaziy  Osiyoning  shunday  hududga  aylanishida 

BMT  bilan  hamkorlik  muhim  o‘rin  tutdi. Dunyoda  xavfsizlikka  faqat  harbiy 

mojarolar  tahdid  solmaydi.  Terrorizmga  qarshi  kurash  borasidagi  hamkorlikni 

rivojlantirish  maqsadida  BMT  shafe’ligida  13  xalqaro  konvensiya  ishlab  chiqildi. 

2006 yilda Bosh Assambleya Global kontrterroristik strategiyani qabul qildi. Unda 

milliy, mintaqaviy va xalqaro miqyosda terrorizmga qarshi kurash samaradorligini 

oshirishga qaratilgan harakat dasturi belgilangan. 

Shuningdek, xavfsizlik ekologiya va epidemiyalar tarqalishi muammolari bilan 

ham  chambarchas  bog‘liqdir.  BMT  o‘z  tarkibidagi  Jahon  sog‘liqni  saqlash 

tashkiloti, Atrof muhit dasturi, UNICEF, Jahon oziq-ovqat dasturi, Aholishunoslik 

jamg‘armasi  kabi  tuzilmalari  orqali  bu  yo‘nalishlarda  dunyo  mamlakatlari 

o‘rtasidagi keng ko‘lamli hamkorlikni muvofiqlashtirib bormoqda

1

.  


 2009    yilning  aprel  oyida  BMT  Bosh  kotibi  Pan  Gi  Mun  mamlakatimizga 

tashrif  buyurdi.  Ushbu  tashrif  asnosida  BMT  Bosh  kotibi  ilk  bor  Orolbo‘yida 

bo‘ldi  va  u  yerdagi  butun  dunyoga  ta’sir  ko‘rsatayotgan  ekologik  foje’a  bilan 

                                                

1

 Kоfi Аnnаn Kоntsеptsiya mеjdunаrоdnоgо sооbshеstvа. “Nаrоdnое slоvо”. 1999 g. 28 dеkаbrya. 



 


26 

 

bevosita  tanishdi.  Bu  Markaziy  Osiyodagi  global  ekologik  muammoga  jahon 



hamjamiyati  e’tiborini  yanada  kuchaytirishda  alohida  ahamiyat  kasb  etadigan 

voqea bo‘ldi

1



Bosh  kotib  Pan  Gi  Munning  tashrifi  asnosida  BMT  va  SHHT  kotibiyatlari 



o‘rtasida  hamkorlik  to‘g‘risidagi  deklaratsiya  imzolangani  Markaziy  Osiyoda 

integratsiya  jarayonlarini  faollashtirish,  mintaqaviy  xavfsizlikni  mustahkamlashda 

mazkur ikki tashkilotning ishtirokini kengaytirish uchun muhim omil bo‘lib xizmat 

qiladi. Ta’kidlanganidek,  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  tashabbusi 

bilan  Markaziy  Osiyoning  yadro  qurolidan  holi  hudud  maqomini  olishida  ham 

BMT  bilan  hamkorlik  alohida  ahamiyat  kasb  etdi.  Butun  dunyoda  tinchlik  va 

barqarorlikni mustahkamlash, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga ko‘maklashish, yadro 

quroli  tarqalishining  oldini  olish  yo‘lida  jahon  hamjamiyatini  birlashtirishga 

intilayotgan BMT bu xayrli g‘oyani keng qo‘llab-quvvatladi. 

BMT  O‘zbekiston  Respublikasining  terrorizm,  ekstremizm,  ayirmachilik  va 

narkotrafikka  qarshi  birgalikda  kurashish  hamda  Afg‘onistondagi  vaziyatni 

barqarorlashtirish  borasidagi  tashabbuslari  va  bu  yo‘nalishda  xalqaro hamkorlikni 

kengaytirish  yo‘lidagi  sa’y-harakatlarini  ham  yuksak  baholaydi  va  qo‘llab-

quvvatlaydi. BMT minbari Markaziy Osiyodagi jahonshumul muammolarga dunyo 

mamlakatlari  e’tiborini  qaratish  uchun  eng  muhim  vositadir.  BMT  Bosh 

Assambleyasining 2009 yil 21-22 sentabr kunlari Mingyillik rivojlanish maqsadlari 

bo‘yicha  bo‘lib  o‘tgan  oliy  darajadagi  yalpi  majlisida  O‘zbekiston  Respublikasi 

Prezidentiga 

birinchilar 

qatorida 

so‘z 

berilgani 



ushbu 

tashkilotning 

mamlakatimizga  yuksak  e’tibori,  davlatimiz  rahbarining  xalqaro  tashabbus  va 

takliflariga  nechog‘li  hurmat  bilan  yondashuvidan  yana  bir  dalolatdir. Islom 

Karimov  mazkur  sammitda  so‘zlagan  nutqida  Mingyillik  rivojlanish  maqsadlari 

doirasida O‘zbekiston Respublikasida amalga oshirilgan ishlar, mamlakatimizning 

BMT  bilan  hamkorligi,  Markaziy  Osiyoda  kechayotgan  jarayonlar,  mintaqaviy 

                                                

1

 BMTning Iqlim o’zgаrishlаri to’g’risidаgi hаdli kоnvеntsiyasi (1997 yil). O’zbеkistоn Kоnvеntsiyagа 1993 yil 30 



iyundа qo’shilgаn. 


27 

 

xavfsizlik  va  ekologiya  muammolari,  Afg‘oniston  mojarosini  bartaraf  etish 



yo‘llariga alohida to‘xtaldi

1



Mamlakatimiz rahbari bugungi kunning eng dolzarb xalqaro muammolarini hal 

etishda  urush  va  mojarolar  to‘siq  bo‘layotganini,  Afg‘oniston  misolida  buning 

yaqqol  tasdig‘ini  ko‘rish  mumkinligini  alohida  ta’kidladi.  “Mazkur  mamlakatda 

vaziyatni  barqarorlashtirish  uchun  unga  iqtisodiy  yordam  ko‘rsatish,  ijtimoiy-

gumanitar va infratuzilmaga oid loyihalarni amalga oshirish lozim. Shu bilan birga, 

Afg‘oniston  xalqining  ko‘p  asrlik  an’analari  va  qadriyatlariga  hurmat  bilan 

munosabatda bo‘lish zarur”

2



Mamlakatimiz  rahbari  o‘z  nutqida  BMT  shafe’ligida  «6+3»  muloqot  guruhini 

tuzish  taklifini  yana  bir  karra  bayon  etdi. Prezident  Islom  Karimov  Mingyillik 

rivojlanish maqsadlariga erishishda atrof-muhit muhofazasi muhim ahamiyat kasb 

etishini  ta’kidladi.  “So‘nggi  qirq  yilda  Orol  dengizining  akvatoriyasi  7  barobar, 

suvining  hajmi  13  marta  kamaydi.  Orolbo‘yi  mintaqasi  Amudaryo  va  Sirdaryo 

hisobiga  suv  bilan  ta’minlanishi  hisobga  olinsa,  ulardagi  oqimning  kamaytirilishi 

shusiz ham murakkab ahvoldagi ekologik barqarorlikka putur yetkazadi”

3



O‘zbekiston  rahbarining  nutqi  sammit  qatnashchilari  tomonidan  qizg‘in  qabul 

qilindi.  Jahon  matbuotida  yirik  siyosatchilar,  siyosatshunoslar  Islom  Karimov 

puxta  o‘ylangan,  amalda  yuksak  samaralar  beradigan  takliflarni  ilgari  surganini 

alohida  ta’kidladi.  Mamlakatimiz  rahbarining  nutqi  sammitni  yoritgan  ommaviy 

axborot  vositalari  xodimlarida  ham  katta  qiziqish  uyg‘otdi. Prezident  Islom 

Karimovning  BMT  sammitidagi  ishtiroki,  sammit  doirasida  Bosh  kotib  Pan  Gi 

Mun bilan uchrashuvi mamlakatimiz bilan ushbu tashkilot o‘rtasidagi hamkorlikni 

yanada  rivojlantirish  yo‘lida  muhim  qadam  bo‘ldi.  Shubha  yo‘qki,  tinchlik, 

hamkorlik  va  taraqqiyot  homiysi  bo‘lgan  BMT  bundan  buyon  O‘zbekiston  bilan 

munosabatlarga  yanada  keng  e’tibor  qaratadi.  Zero,  O‘zbekiston  rahbarining 

                                                

1

  Hаkimоv  R.  O’zbеkistоn  vа  Birlаshgаn  Millаtlаr  Tаshkilоti.  –  T.:  G’.G’ulоm  nоmidаgi  Аdаbiyot  vа  sаn’аt 



nаshriyoti, 2001 y. – B. 50.

 

2



 Kаrimоv I. А.  Хаvfsizlik vа tinchlik uchun kurаshmоq kеrаk.  10-jild, – T.: “O’zbеkistоn”, 2002 y. – B. 45.

 

3



 Kаrimоv I. А. O’zbеkistоn Rеspublikаsi Prеzidеntining BMT 48-sеssiyasidа so’zlаgаn nutqi.  – T.: “O’zbеkistоn”, 

1995 y. – B. 21. 

 



28 

 

barcha  taklif  va  tashabbuslari  BMTning  bosh  maqsadlariga,  shu  jumladan, 



Mingyillik rivojlanish maqsadlariga to‘la mos keladi. 


Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling