O’zbekiston respublikasining xorijiy mamlakatlar bilan o’zaro munosabatlari yer resurslarini boshqarish tushunchasi


Download 6.61 Kb.
Sana27.10.2023
Hajmi6.61 Kb.
#1726198
Bog'liq
YER

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASINING XORIJIY MAMLAKATLAR BILAN O’ZARO MUNOSABATLARI

Yer resurslarini boshqarish tushunchasi

  • Yer munosabatlarini boshqarish ijtimoiy-iqtisodiy, ekologik va boshqa jarayonlam i o‘z ichiga qamrab oladi. Yer munosabatlarini boshqarish mexanizmi stixiyali va ongli xarakterda bo'lishi mumkin. Stixiyali mexanizm avtomatik tarzda shakllanadi va bu jarayonda davlatning aralashuvi talab qilinmaydi. 20 Boshqarishning ongli mexanizmida esa davlat ijtimoiy institutlari boshqarish subyektlarining rivojlanish jarayonini va ilmiy asoslangan qonuniyatlami hisobga olish orqali yer munosabatlarini boshqaradi.
  • Yer resurslarini boshqarish - bu yer resurslariga jamiyat va davlatning yer resurslarini foydalanishda ularning samaradorligini oshirish uchun muntazam, ongli va aniq maqsadga qaratilgan ta’sir ko'rsatishidir. Yer munosabatlarining obyekti yer resurslaridir. Yer resurslarini boshqarish esa ulardan foydalanishni rejalashtirish, tashkillashtirish, tartibga solish va nazorat qilishdan iborat bo‘lishi kerak.
  • O‘zbekistonda yer resurslarini boshqarish, davlat yer fondidan oqilona foydalanishni ta’minlash va tashkillashtirish maxsus vakolatga ega bo'lgan davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.

Jamiyatda yerdan foydalanishning paydo bo‘lish shakllari

  • Planetamizda hayotni paydo bo'lgan kunidan boshlab yer insonning yashash o‘rni hamda hayot faoliyatining manbasi hisoblanadi, hech bir jamiyat yerdan foydalanmay turib mavjud bo‘la olmaydi. Ibtidoiy jamoa tuzimining boshida inson o ‘simliklar mevalaridan foydalangan, yashash uyini qurish uchun tog’ ichidagi g’orlarni, daraxtlami moslashtirgan. Jamiyat rivojining ushbu davrida yer inson hayotida va faoliyatida passiv rol o‘ynagan. Dehqonchilikni chorvachilikdan ajratilishi hamda dehqonchilik madaniyatini rivojlanishi bilan yer insonlar xo‘jalik faoliyatining faol jarayoniga qo'shildi. U har qanday ishlab chiqarishning zaruriy sharti, kenglik-operatsion asosga aylandi, qishloq xo'jaligida eng muhim rolni o'ynay boshladi.

Jamiyatda yerdan foydalanishning paydo bo‘lish shakllari

  • Jamiyat rivojlanishi bilan o 'z navbatida yerdan foydalanishning ko'p qirraligi kuchayadi, u ko'p funksional, ko'p maqsadli xaraktemi oladi. Yerdan foydalanish xarakteri takomillashadi. Bu hoi undan foydalanish jarayonining dialogik mohiyatini 46 ko‘zda tutadi, uni dinamik va doimiy rivojlanuvchi sifatida tavsiflaydi. Jamiyatning rivojlanishida yerning roli va undan foydalanish xarakteri etarli darajada to'la o'rganilgan hamda iqtisodiyot nazariyasining klassiklari tomonidan asosli tarzda yoritilgan.

Yerdan foydalanishning rivojlanish bosqichlari

Yerdan foydalanishning rivojlanish bosqichlari

  • 1998 yili O ’zbekiston Respublikasining yer kodeksi, O ’zbekiston Respublikasining “Dehqon xo'jaligi to‘g ’risida”, “Qishloq xo‘jalik kooperativi (shirkati) to'g’risida”, “Fermer xo‘jaligi to'g’risida”, “Davlat yer kadastri to ‘g’risida”gi qonunlarini o‘z ichiga olgan holda mamlakatda yer qonunchiligining bazasi yaratildi, Yerdan foydalanishga bozor tamoyillari qoilanila boshlandi, shu 53 jumladan: Yerdan foydalanishning pulliligi, xususiy yerdan foydalanish, bozor yer munosabatlari va boshq. yer resurslarini bozor munosabatlariga tortilishi hamda o'tish davrida ulardan foydalanish samaradorligiga talabni oshirilishi sababli 1998 yili hukumat tomonidan O ’zbekiston Respublikasi yer resurslari Davlat qo'mitasini tashkil etish to ‘g ’risida qaror qabul qilindi (Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 27 iyuldagi 114-sonli “O’zbekiston Respublikasi yer resurslari Davlat qo'mitasi Faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g ’risidan”gi Qarori).

Yer resurslarini boshqarishning qonuniyatlari

  • Yer munosabatlarining rivojlanishiga yer va boshqa ishlab chiqarish vositalarining konsentratsiyalashuvi to‘g‘risidagi qonuni bir birlik yer maydonida ishlab chiqarish vositalarini to‘plash samaradorligining iqtisodiy chegarasi mavjudligini taqozo qiladi. Bu qonunning talablari yer maydonlarini optimallashtirish masalalarining iqtisodiy maqbul sxema va mexanizmini ishlab chiqishda qo‘llash lozimligini uqtiradi. Masalan, mamlakatimizda paxtachilik-g‘allachilik fermer xo‘jaliklari yer maydoni hajmining faqat eng kam miqdori 30 ga qilib belgilangan, lekin uning eng yuqori chegarasi ham belgilanishini ushbu qonun talab qiladi, chunki yer maydonining eng kam hajmigacha va eng yuqori hajmidan keyin yer va boshqa ishlab chiqarish vositalarining konsentratsiyalashuvi samarali bo‘lmay qoladi.

Yer resurslarini boshqarishning qonuniyatlari

Jamiyat va iqtisodiyotda yer munosabatlari taraqqiyoti dialektikasining asosiy qonuniyatlari ana shunday xususiyatlarga ega. Ushbu qonuniyatlarning namoyon bo‘lish shakli yerning har qanday ishlab chiqarish uchun eng muhim asos, bozor munosabatlarining ob’ekti sifatidagi mohiyatidan kelib chiqadi.

  • Mazkur qonuniyatlarning namoyon bo‘lish shakllariga:
  • yerga mulkchilik va egalik shakli,
  • ijara munosabatlari,
  • xo‘jalikning tashkiliy-huquqiy shakllari,
  • huquq va servitut turlari,
  • makonda yerning cheklanganligi va uning ko‘chmas ob’ektligi,
  • yerdan foydalanishning ko‘p maqsadliligi va tarkibiy har xilliligi,
  • yerlar unumdorligining xilma-xilligi va uni takror ishlab chiqarish,
  • yerdan foydalanishning to‘lov asosida amalga oshirilishi,
  • yerning narx ko‘rinishidagi baholanishi kabi holatlar kiradi.
  • Yer munosabatlarida asosiy masala yerga mulkchilik va egalik shaklidir.

Download 6.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling