O‘zbekiston respublikasioliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Sotuvchi va xaridor javobgarligi


Download 0.57 Mb.
bet40/112
Sana14.12.2022
Hajmi0.57 Mb.
#1006969
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   112

Sotuvchi va xaridor javobgarligi


Sotuvchi tomonidan shartnoma buzilsa, uning huquqiy himoya vositalari, majburiyatlari bilan bog‘liq ravishda belgilanadi. Sotuvchining huquqi xaridorning majburiyatlari bilan bog‘liq ravishda o‘rnatilgan. Bu esa Konvensiyani qo‘llash va tushunishini yengillashtiradi.
Huquqiy himoya vositalarining umumiy strukturasi bu ikki holatda ham bir xil hisoblanadi. Agar shartnomaning barcha belgilangan shartlari to‘liq qondirilmasa, zarar ko‘rgan tomon boshqa tomondan zararni qoplab berishni yoki shartnomani bekor qilishni talab qilishi mumkin. Shuningdek, xaridor shartnoma shartlariga mos kelmaydigan tovar qabul qilganda, uning narxini tushurish huquqiga ham egadir.
Xalqaro shartnomalarni tuzish ichki shartnomalar tuzishdan farq qilib maxsus bilim, ko‘nikma va tashqi bozor munosabatlarining maxsus xususiyatlarini bilishni talab etadiki, bu esa oxir – oqibatida tasqi iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlarga xalqaro oldi – sotdi shartnomalarini imzolash chog‘ida tez – tez uchrab turadigan savollar yechimini topishga yordam beradi.
Quyidagi bazi xalqaro huquqiy hujjatlar, bilimlar va ko‘nikmalar xalqaro miqyosdagi bitimlarni tuzish chog‘ida tadbirkor va ishbilarmon kishilarga biznes olamida to‘g‘ri yo‘l topishiga ko‘mak berishi mumkin:

  • Xalqaro tovarlar oldi – sotdi munosabatlarida qollaniluvchi huquq bo‘yicha Konvensiya (Gaaga, 15- iyun 1955- yil);

  • Xalqaro tovarlar oldi – sotdi munosabatlarida bo‘yicha Konvensiya (Nyu – York, 1974- yil);

  • BMT ning xalqaro tovarlar oldi – sotdi shartnomalari bo‘yicha Konvensiyasi (Vena, 1980 yil);

  • BMT ning xalqaro tovarlar oldi – sotdi shartnomalari bo‘yicha Konvensiyasi (Nyu – York, 11 -12 aprel, 1988- yil);

  • Xalqaro tovarlar oldi – sotdi munosabatlarida bo‘yicha Konvensiyaga o‘zgartirishlar to‘g‘risidagi bayonnoma;

  • Kompensatsion xaridlar to‘g‘risidagi xalqaro shartnomalar;

  • MDH mamlakatlarlari o‘rtasidagi tovarlar yetkazib berishning umumiy qoidalari to‘g‘risidagi Bitim;

  • Xalqaro tijorat shartnomalari tamoyillari (UNIDURA tamoyillari);

  • INKOTERMS –2000 xalqaro qoidalari.




    1. Download 0.57 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling