O‘zbekiston respublikasioliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
Tovarlar xalqaro oldi-sotdi shartnomalari haqida 1980 Vena Konvensiyasi
Download 0.57 Mb.
|
Tovarlar xalqaro oldi-sotdi shartnomalari haqida 1980 Vena KonvensiyasiTashqi iqtisodiy bitimlarni tartibga solish xalqaro shartnomalar, xalqaro urf- odatlar hamda xalqaro tashkilotlarning aktlari bilan amalga oshiriladi. Ichki meyoriy aktlardan farqliroq, xalqaro shartnoma bu – davlatlarning shartnomaviy meyorlar mazmuni (yani, shartnoma matni) xususidagi kelishuvi va ushbu meyorlarning shartnoma ishtirokchilari bo‘lgan davlatlar uchun yuridik majburiy meyorlar sifatida tan olinishidir. Agar shartnoma mazmunidan, undan foydalanish uchun davlat ichki aktlarini tuzish talab etilmasa, bevosita xalqaro shartnoma meyorlaridan foydalaniladi. Bunda, O‘zbekiston Respublikasixalqaro shartnomalarining meyorlaridan bevosita foydalanishga imkon bermaydigan xususiyatlar qatoriga, jumladan shartnomada qayd etilgan, ishtirokchi davlatlar tomonidan o‘z ichki qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish haqidagi ko‘rsatmalar kiradi. O‘zbekiston Respublikasixalqaro shartnomalari yuridik kuchining nishbati bir qator omillarga boјliq: shartnoma qabul qilish darajasidan (davlatlararo, hukumatlararo, idoralararo); rozilik berish shaklidan (ratifikatsiya, qabul qilish, qo‘shilish va boshqalar); shartnomani tadbiq etish usulidan (fakultativ yoki majburiy). O‘zbekiston Respublikasihukumati tomonidan majburiyligiga rozilik berilgan O‘zbekiston Respublikasixalqaro shartnomalari, O‘zbekiston RespublikasiHukumati Qarorlari, O‘zbekiston RespublikasiPrezidenti farmonlari, shuningdek, ijro xokimiyatining idoralari aktlari oldida ustunlikka ega. O‘zbekiston Respublikasifuqarolik munosabatlarini tartibga soluvchi idoralararo xalqaro shartnomalari faqatgina mazkur idora aktlariga nisbatan ustunlikka ega. Masalan, MDHga azo davlatlarning tashkilotlari o‘rtasida mahsulotlarni yetkazib berish umumiy shartlariga oid Bitimining (MDH, YUS) hamda 1980 yildagi mahsulotlarni xalqaro savdo-sotig‘i to‘g‘risidagi Vena Konvensiyasiga mutanosibligi masalasini o‘rganib chiqamiz. Bu yerda M.G.Rozenbergning nuqtai nazarini asosli deb hisoblash mumkin, uning fikricha, 1980- yilda qabul qilingan Vena konvestiyasining 90-moddasiga ko‘ra, bu Konvensiya mazkur davlatlar qatnashgan boshqa xalqaro shartnomalar ijrosiga ta’sir etmaydi. Shuning uchun, agar shartnoma MDH, YUS amal qilish sohasiga tegishli bo‘lsa, unda aynan shu hujjatdan foydalaniladi. “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risida”gi FK ga tayanib, quyidagicha takidlanadi, 1980- yildagi Vena Konvensiyasining 90- moddasida “Xalqaro bitim” tushunchasi faqat ratifikatsiya qilingan shartnomalarni nazarda tutadi. Bu tasdiqlarga quyida keltirilgan sabablarga ko‘ra qo‘shilish qiyin: Birinchidan, 1980- yildagi Vena Konvensiyasining 90-moddasini inkor etish mumkin emas, chunki biror ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi yangi xalqaro shartnoma mavjud bo‘lsa, unda u bu vaziyatda o‘zi mazkur munosabatlarni tartibga solishdan voz kechadi. Ikkinchidan, Vena Konvesiyasining ratifikatsiya qilinganligiga hamda 1992- yildagi Bitim hukumatlararo akt ekanligiga ishora o‘z-o‘zidan yuridik mohiyat masalani hal etmaydi. 1969- yildagi xalqaro shartnomalarda huquq to‘g‘risidagi Vena Konvensiyasi hamda umumiy xalqaro huquq qoidalariga ko‘ra har bir xalqaro shartnoma majburiy shartda bajarilishi kerak. Adabiyotda haqqoniy takidlanganidek, davlatlararo, hukumatlararo va idoralararo shartnomalar o‘rtasidagi tafovutlarga qaramay, “ularning barchasi, umuman olganda, davlat shartnomalari hisoblanadi” va ularning darajasidan qatiy nazar, “ Xalqaro huquqga muvofiq bir xil yuridik kuchga egadir” Biroq, takidlash joizki, xalqaro shartnomalarning o‘zaro mutanosibligi haqidagi masala mutloq qo‘yilmaydi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi“Xalqaro shartnomalarining Arbitraj masalalariga qo‘llanishi haqida”gi Qarorida takidlanishicha: “Ikki tomonlama xalqaro shartnoma hududiy va umumiy xususiyatdagi ko‘p tomonlama shartnomalarga nisbatan maxsus meyoriy akt hisoblanishini sud inobatga oladi”. Shunday qilib, maxsus meyoriy akt umumiy akt oldida ustunlikka ega. Uchinchidan, “O‘zbekiston Respublikasixalqaro shartnomalari to‘g‘risida”gi FK asosida qurilgan, yuridik kuchiga oid xalqaro shartnomalarning mutanosiblik ierarxiyasi faqatgina xalqaro shartnomalarning O‘zbekiston meyoriy aktlariga nisbatan yuridik kuchining nishbatiga tegishlidir. Ratifikatsiya qilingan xalqaro shartnoma O‘zbekiston RespublikasiHukumatining qaroriga nisbatan ustunlikka egaligi haqidagi faktdan ratifikatsiya qilingan xalqaro shartnoma hukumatlararo xalqaro shartnomadan ustun ekanligi kelib chiqmaydi. Bunday yondashuv qonunga o‘ta keng mano berish deb, hisoblanishi mumkin. To‘rtinchidan, O‘zbekistonning xalqaro shartnomalari tizimida aynan ratifikatsiya qilinganlari eng yuqori yuridik kuchga ega. Biroq, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutstiyasi “O‘zbekiston Respublikasixalqaro shartnomalari to‘g‘risida”gi FKda bizga quyidagini xulosa qilishga imkon beradi. Xalqaro shartnomalar meyorlarining O‘zbekiston Respublikasiqonunlari meyorlariga nisbatan ustunlik qoidasi faqatgina ratifikatsiya qilingan va O‘zbekiston Respublikasida rasman e’lon qilingan xalqaro shartnomalarini nazarda tutadi, O‘zbekiston Respublikasixalqaro shartnomalari meyorlarini ichki davlat munosabatlariga qo‘llash qoidasini, faqatgina shu shartnomalarni bajarishga rozilik ratifikatsiyadan boshqa shaklda berilgani uchun ishlatmaslikka asos yo‘qdir. Bu yerda, rozilik aynan federal qonun shaklida berilgani katta ahamiyatga ega. Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling