O‘zbekiston respublikasioliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Muzokaralar olib borishdagi qoidalar


Download 0.57 Mb.
bet32/112
Sana14.12.2022
Hajmi0.57 Mb.
#1006969
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   112

Muzokaralar olib borishdagi qoidalar


Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, suhbatning muvaffaqiyatli bo‘lishini ta’minlovchi omillardan biri - vakolatxona ish olib borayotgan mamlakat bilan muhokama qilinayotgan masalalar va boshqa konkret ishlarni hisobga olish, muhokama qay darajada ekanligiga e’tibor berishdan iborat. Shu bilan birga ikki tomonlama va xalqaro munosabatlarning qator muammolarini atroflicha o‘rganish zarur. Bir qator masalalar bo‘yicha axborotga ega bo‘lgan, korxona vakili bo‘lajak tashrifga yaxshi tayyorlanishi lozim. Hamda suhbat jarayonida o‘ta nazokatlilik va bosiqlik bilan o‘z korxonasining manfa’tlarini himoya qilishi lozim.
Odamlarga muayyan va e’tiborli munosabat, bosiqlik, odamshavandalik va suhbat olib borish maxorati korxona vakili uchun eng zarur xislatlardan hisoblanadi.
Istalgan suhbatlarda korxona vakili o‘zi turgan mamlakat hukumatining ichki va tashqi siyosatini tanqid qilmasligi lozim. Shu bilan birga mamlakat urf-odatlari, an’analarini xurmat qilishi va aloxida shaxslar haqida nojo‘ya fikr bildirmasligi lozim. Bunday tanqid yoki munosabat o‘zi turgan mamlakatning ichki siyosatiga aralashuv sifatida baholanishi mumkin. Xalqaro amaliyotdan ma’lumki, yuqorida ta’kidlangan tarzda tanqidiy fikr bildirgan korxona vakili odatda «nomaqbul shaxs» («persona non grata») deb e’lon qilinadi. Korxona vakili faoliyat ko‘rsatayotgan mamlakatning hukumatini, uchinchi mamlakatlar hukumatlarini tanqid qilishi ham tavsiya qilinmaydi.
Ayrim hollarda korxona vakili bilan koalitsion kuchlar, hukumat tarkibiga kirmagan muholif partiyalar vakillari uchrashib, ular hukumatni tanqid qilishga moyil bo‘ladilar. Ba’zan ular korxona vakilining hukumat siyosati haqidagi fikrlarini so‘raydilar. Bunday savolga javob berishdan qochgan ma’qul. Jurnalistlar bilan suhbatlarda juda extiyot bo‘lish lozim. Chunki jurnalistlar, garchi korxona vakililari ularga hech qanday ma’lumot bermagan bo‘lsa ham, u bilan o‘tkazgan suhbat dalilidan foydalanishlari mumkin. Aynan ana shunday jurnalistlar o‘zlari o‘ylab topgan xabarlarni «Korxona vakillari vakolatxonaga yaqin doiralar» ga ishora qilib e’lon qiladilar.
Ba’zida suhbatdosh korxona vakiliga norasmiy tarzda suhbatlashishni taklif qiladi. Bunday usul korxona vakilining xushyorligini susaytirish uchun qo‘llaniladi. Natijada bunday holatlarda juda ham xushyor bo‘lish zarur.
Korxona vakillari suhbatida o‘zaro manfaatdorlik ruxi hukm suradi. Har bir suhbatdosh sherigidan o‘ziga noma’lum bo‘lgan ma’lumot yoki xabarni olishga intiladi. Shuning uchun suhbat ikki tamonlama bo‘lishi lozim. O‘z tomonidan korxona siriga daxldor bo‘lmagan barcha ma’lumotni bayon qilishi mumkin.
Korxona vakilining xorijiy korxona vakili bilan uyushtiradigan suhbati - tashqi siyosiy tadbir sifatida baholanishi mumkin. Bu suhbat asosida markazga telegraf axboroti jo‘natiladi, natijada markazga va o‘z korxonasiga zarur tezkor choralar ko‘riladi.

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling