Vaqtni «xis qilish»ga o‘rgatish juda muhim hisoblanadi. Suhbat davomida soatga qarash xurmatsizlik sifatida baholanishi mumkin. Bu harakat odatda suhbatni tugatishga ishora deb qabul qilinadi. Ayrim hollarda suhbat ishtirokchilarining qarama-qarshi siyosiy qarashlarga ega sharoitda boshlanishi mumkin. Biroq, maxorat bilan tashkil qilingan korxona vakillarining suhbati qanday natijalar bilan tugasa ham, u munosabatlarning yomonlashuviga sabab bo‘la olmaydi. Suhbatga tayyorlanish va suhbatdoshga ma’lumotlar berish jarayonida uchinchi shaxslardan olingan baholarga munosabat bildirishda juda extiyot bo‘lish lozim.
Suhbat yozuvi uning mazmunini aniq aks ettirishi lozim. Zarur hollarda korxona vakillari amaliyotida quyidagi usulni qo‘llashadi: suhbatdoshning ismi, sharifi, unvoni, suhbat o‘tkazilgan sana, davomiyligi, kimning tashabbusi bilan suhbat o‘tkazilganligi, tarjimonning qatnashuvi haqida ma’lumotlar aks ettiriladi.
Korxonalar o‘rtasidagi yozishmalar ham uzoq boy tarixga ega. Korxonalar o‘rtasidagi tashqi aloqaning bir shakli bo‘lgan mazkur yozishma muayyan tuzilishga, til va madaniyatiga ega. Korxonalar o‘rtasidagi yozishmaning hujjatlari rasmiy hujjat bo‘lib,yozishma turini tanlash aloxida ahamiyatga ega. Hujjatning turi muayyan bir marosimga muvofiq bo‘lishi lozim. Chunki bunda mazkur hujjatning mazmunidan kelib chiqish, xalqaro yozishmalar texnikasini egallash, o‘zi turgan mamlakatning an’analarini hisobga olish zarur. Korxonalar o‘rtasidagi yozishmaga javob berish lozim, chunki javob bermaslik esa muayyan munosabatni ifodalaydi.
“O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni (yangi tahriri 2017- yil 3- aprel)ning 5 moddasi xalqaro shartnomalar tuzishda shartnoma va muzokaralar tiliga bag‘ishlangan bo‘lib, quyida bu modda keltirilgan:
Do'stlaringiz bilan baham: |