Hayot mening tasavvurimda


Download 108.56 Kb.
Sana20.09.2023
Hajmi108.56 Kb.
#1682999
Bog'liq
Hayot mening tasavvurimda SLAYD

HAYOT MENING TASAVVURIMDA

Reja:

  • 1.Hayot haqida o’ylarim
  • 2.Hayotda mening o’rnim

“Hayot haqida o’ylarim”

  • HAYOT… Shu oddiygina so’z zamirida olam-olam ma’no mujassam. Insonlar taqdiri, o’tmishi, bugunu va kelajagi… Bularning hammasi inson umri, hayotidir…
  • Erta tong otadi, kimdir ishga, kimdir o’qishga, kimdir ro’zg’or tashvishi, yana kimdir… xullas, hamma hayot uchun jon kuydiradi, yuguradi-yeladi… Vaqt esa shamol singari zuv o’tadi-ketadi, tong otadi-kun botadi… hayot esa davom etaveradi. Kimdir bugungi kundan umidvor, kimdir esa kelajagidan… Qisqasi hamma hayot uchun kurashmoqda. …..

Dialogik matnning ma’no munosabatiga ko’ra turlari
    • Ikki kishi o‘rtasidagi dialogik nutq savol-javob, buyruq-javob, xabar-e’tiroz kabi maz-munlarni ifodalab, fikr xususidagi tasdiq yoki inkorni, ziddiyat yoki munozarani bildiradi. Ko‘p kishilik dialoglarda suhbat mavzusi savol-javobdan iborat bo‘lmay, o‘rtaga tash-langan savol, taklif, da’vat, biror xabar, dalil-lar bilan xulosalanadi.

Dialogik matn ikki va undan ortiq suhbatdoshning turlicha maz-mundagi fikr-axborot almashinuvidan iborat.
    • Dialogik matn tarkibida so‘roq olmoshlari, muomala odobiga oid so‘z va iboralar, yukla-malar, undovlar, kirish so‘zlar keng qo‘llanadi. Bunday matndagi gaplar, asosan, sodda gaplardan tashkil topadi, sodda gaplarning bir tarkibli turlari, to‘liqsiz gaplar, so‘z-gaplar faol ishlatiladi.

Dialogik matn so‘zlashuv uslubi va badiiy uslubga xosdir.

Mavzu yuzasidan mashqlar va topshiriqlar ustida ishlash.

1-mashq. Alisher Navoiyning «Farhod va Shirin» dostonidagi Xisrav bilan Farhod munozarasini shakllantirgan leksik vositalar va ohang turlarini aniqlab, ajratib ko‘rsating. Dialoglarning mazmunidagi farqlarni izohlang.

Dedi: nedur senga olamda pesha?

Dedi: ishq ichra majnunluq hamesha.

Dedikim: ishqig‘a ko‘nglung o‘rundur?

Dedi: ko‘nglumda jondek yoshurundur.

Dedi: ko‘nglung fido qilsa jafosi?

Dedi: jonimni ham aylay fidosi.

Dedi: u ishqdin inkor qilg‘il!

Dedi: bu so‘zdin istig‘for qilg‘il!..

Dedi: joningni olsa la’li yodi?

Dedikim: ushbudir jonim murodi.

Dedi: ko‘ksungni gar chok etsa bebok?

Dedi: ko‘nglum tutay ham ayla deb chok!

Dedikim: shohg‘a bo‘lma shirkat andesh!

Dedi: ishq ichra tengdur shoh-u darvesh!..


Topshiriq
1-topshiriq. Do‘stingiz bilan bugungi rejalari to‘g‘risida suhbatlashing va shu asosida dialogik matn yarating. Buning yozma yoki badiiy nutqqa xos matnda farqini tushuntirib bering 2-topshiriq. ”Hayotning har lahzasi go’zal, Umrning har dami g’animat” degan jumla yuzasidan dialogik suhbat quring.

Uyga topshiriq:


Download 108.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling