O‘zbekiston respublikasioliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Internet ma’lumotlari quyidagi saytlardan olinadi


Download 0.57 Mb.
bet27/112
Sana14.12.2022
Hajmi0.57 Mb.
#1006969
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   112

Internet ma’lumotlari quyidagi saytlardan olinadi:


www.gov.uz, www.cer.uz, www.tsue.uz, www.lex.uz, www.mf.uz, www.cbu.uz, www.mfа.uz, www.aci.uz, www.mf.uz, www.mineconomy.uz, www.stat.uz, www.imf.org, www.oecd.org, www.worldbank.org, www.wto.org, www.unctad.org

III bob. XALQARO SHARTNOMALAR TUZISHDA MUZOKARALAR


3.1.Muzokaralarga tayyorgarlik 3.2.Muzokara olib borish xulqi 3.3.Muzokaralardagi delegastiyalar


3.4.Vaqtni xis etish. Muzokaralar jarayonining ahamiyati 3.5.Shartnoma va muzokaralar tili
3.6.Muzokaralar olib borishdagi qoidalar


    1. Muzokaralarga tayyorgarlik


Korxona vakillari tomonidan uyushtiriladigan qabul xalqaro korxonalar o‘rtasida munosabatlar o‘rnatish, qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirishga xizmat qiladi. Bunday qabullarda xorijiy korxona vakililari o‘z davlatlari siyosatini tushuntiradilar, o‘zlari turgan mamlakat haqida axborot to‘playadilar va muhim muamolalar bo‘yicha fikr almashadilar. Shuning uchun har bir qabul uning uyushtiruvchilari va mehmonlar uchun muhim siyosiy ahamiyat kasb etadi.
Qabul vaqtida korxona vakili uning korxonasini qiziqtirayotgan axborotlarni olish, boshqa manbalardan olingan axborotlarning qay darajada to‘riligini qiyoslash imkoniyatiga ega bo‘ladi. O‘z korxonasining tegishli siyosatini ishlab chiqish uchun zarur bo‘lgan ro‘y berayotgan voqealarni ta’riflash korxona vakillari faoliyatining muhim sohasi bo‘lib, u hozirgi kunda yuqori baholanadi.
Bunda axborot to‘plash shakli va usullari, tahliliy obyektivlarga salbiy ta’sir qiluvchi subyektiv holatlarga katta ahamiyat beriladi. Shu bilan birga korxona vakililari tayyorlagan hisobotlardan korxona tashqi siyosati yo‘nalashini belgilashda foydalanish ham muhimdir. Korxona vakillari uchrashuvlari Potsdam (1945 ), shu bilan birga Dubarton-Oks shaharlarida o‘tkazildi. 1945- yildagi San-Franstisko konferensiyasida BMT Ustavi qabul qilindi.
Hozirgi paytda ko‘p tomonlama korxona vakillari uchrashuvlari asosan ikki shaklda: aniq maqsadli chaqiriluvchi xalqaro anjumanlar va xalqaro tashkilotlar sessiyalari shaklida amalga oshirilmoqda.
Xalqaro anjumanlar ayrim hollarda kengash deb ham ataladi (Yevropa xavfsizlik kengashi). Ko‘p tomonlama korxona vakillarining yana bir yig‘ini xalqaro tashkilotlarning yillik sessiyalaridir. Bular BMT Bosh Asshambleyasining yillik sessiyasi, shu bilan birga ko‘p sonli tashkilotlarning Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengashi, YUNESKO, YUNISEF va boshqalarning shu kabi tadbirlari va boshqalar.
Xalqaro kengash, anjuman va tashkilotlarning turli-tumanligiga qaramay, ularning muvaffaqiyatli ish olib borishi uchun muayyan tartibga, aniq me’yorlar va qoidalarga rioya qilishi lozimki, ular mazkur anjumanlarning faoliyatini tartibga solib turadi.
“O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni (yangi tahriri 2017- yil 3- aprel) ning 14, 15 va 16 moddalari xalqaro shartnomalar tuzishda muzokaralar olib borishga bag‘ishlangan bo‘lib, quyida bu moddalar o‘z aksini topgan:

  1. modda. Muzokaralar olib borish va O‘zbekiston Respublikasining xalqaro

shartnomalarini imzolash to‘g‘risida qarorlar.
Muzokaralar olib borish va O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini imzolash to‘g‘risida qarorlar O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlarida o‘zgacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa:

  1. O‘zbekiston Respublikasi nomidan tuziladigan shartnomalarga nisbatan – O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan;

  2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan tuziladigan shartnomalarga nisbatan – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan;

  3. O‘zbekiston Respublikasining idoralararo xalqaro shartnomalariga nisbatan – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda ushbu shartnomalar bilan tartibga solinadigan masalalar vakolatiga kiradigan O‘zbekiston Respublikasi davlat organlari rahbarlari tomonidan qabul qilinadi.

  1. modda. Muzokaralar olib borish va O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini imzolash uchun vakolat yorlig‘i.

Ushbu Qonunning 14-moddasiga muvofiq qabul qilingan qarorlar asosida muzokaralar o‘tkazish va xalqaro shartnomalarni imzolash uchun vakolatlar O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri tomonidan vakolat yorlig‘i rasmiylashtirish orqali tasdiqlanadi.
Vakolat yorlig‘ining shakli O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.

  1. modda. Vakolatlarni tasdiqlamasdan muzokaralar olib borish va O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini imzolash.

O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti xalqaro munosabatlarda davlat rahbari sifatida O‘zbekiston Respublikasi nomidan ish ko‘radi hamda xalqaro huquq va O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq vakolatlarini tasdiqlamasdan muzokaralar olib boradi va O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini imzolaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri vakolatlarini tasdiqlamasdan xalqaro munosabatlarda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi nomidan ish ko‘radi, muzokaralar olib boradi va O‘zbekiston Respublikasi Hukumati nomidan xalqaro shartnomalarni imzolaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri o‘z funksiyalari xususiyatiga ko‘ra va xalqaro huquqqa muvofiq vakolatlarini tasdiqlamasdan muzokaralar olib borish hamda O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarini imzolashga haqli.
Chet eldagi O‘zbekiston Respublikasi diplomatik vakolatxonasining boshlig‘i yoki O‘zbekiston Respublikasining xalqaro tashkilot yoki konferensiya qoshidagi vakolatxonasining boshlig‘i qabul qiluvchi davlat bilan O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasi matnini qabul qilish maqsadida yoki shu xalqaro tashkilot, konferensiya doirasida vakolatlarini tasdiqlamasdan muzokaralar olib borishga haqli.
O‘zbekiston Respublikasi davlat organining rahbari o‘z vakolati doirasida vakolatlarini tasdiqlamasdan muzokaralar olib borish va idoralararo xalqaro shartnomalarni imzolashga haqli8.


8 http://lex.uz, O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami

    1. Download 0.57 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling