O‘zbekiston respublikasioliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Shartnoma shartlari buzilishiga javobgarlik. Zararlar tushunchasi


Download 0.57 Mb.
bet24/112
Sana14.12.2022
Hajmi0.57 Mb.
#1006969
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   112

Shartnoma shartlari buzilishiga javobgarlik. Zararlar tushunchasi


Umumiy qoida bo‘yicha shartnoma taraflarning kelishuviga muvofiq o‘zlashtirilishi va bekor qilinishi mumkin.
Taraflardan birining talabi bilan shartnoma sud tomonidan faqat quyidagi hollardagina o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin:
Ikkinchi taraf shartnomani jiddiy ravishda buzsa;
Fuqarolik Kodeksi boshqa qonunlar va shartnomada nazarda tutilgan o‘zga holatlarda;
Taraflarning biri shartnomani buzish ikkinchi tarafga shartnoma tuzishga umid qilishga haqli bo‘lgan narsadan ko‘p darajada.
Taraflardan birining shartnomani buzishi ikkinchi tarafga ko‘p darajada zarar yetkazishi shartnomani jiddiy buzish hisoblanadi.
Bir taraf shartnomani bajarishdan bosh tortsa yoki qisman bosh tortib, qonun yoxud taraflarning kelishuviga mos kelmasa, shartnoma tegishlicha bekor qilingan va o‘zgartirilgan hisoblanadi.
Vaziyatni taraflar oldindan ko‘ra olganlarida shartnomani umuman tuzmasliklari yoki boshqa shartlar bilan tuzilishi mumkin bo‘lgan darajada o‘zgartirishi jiddiy o‘zgarish hisoblanadi.
Shartnoma qanday shaklda tuzilgan bo‘lsa, uni o‘zgartirish yoki bekor qilish to‘g‘risidagi kelishuv ham shunday shaklda tuziladi ( basharti qonun hujjatlaridan, shartnoma yoki ish muomalasi odatlaridan boshqa tartib kelib chiqmasa).
Bir taraf shartnomani o‘zgartirish yoki bekor qilish haqidagi taklifga ikkinchi tarafdan rad javobi olganidan keyingina sudga taqdim etishi mumkin. Yoxud qonunda shartnomada belgilangan muddatda, bunday muddat bo‘lmaganida esa – o‘ttiz kunlik muddatda javob olmaganidan keyin shartnomani o‘zgartirish yoki bekor qilish haqidagi talabni sudga taqdim etishi mumkin.
Jarima sanksiyalari va ko‘rilgan zararlarni qoplash. Jarima sanksiyalari shartnomadagi majburiyatlarni bajarmaganlik yoki unda belgilanmagan shartlarni bajarganlik uchun o‘rnatiladi. Ko‘p hollarda ular tovarni belgilangan muddatda yetkazib bermaganligi uchun, tovarning sifati va texnik darajasi shartnomaning shartiga zid kelsa, to‘lov majburiyatlarini bajarmaganlik yoki kechiktirilganligi uchun qo‘llaniladi. Kontragentlar tijorat munosabatlarining umumiy qoidasi bo‘lib,
«jarima sanktsiyalari o‘zlarining hajmi va hisoblanish tartibi bilan majburiyatlarni bajarish uchun majburiy bo‘lishi kerak. Importyorlar tomonidan o‘rnatilgan asoslanmagan jarima sanktsiyalari, eksportyorlar tomonidan tijorat takliflarida narxlarning yuqorilashishi kabi javobli harakatlarga olib kelmoqda.
Tovarlarni yetkazib berishni kechiktirilishi sharoitida jarima sanktsiyalari har bir kechiktirilayotgan muddat (soat, kun, oy) uchun o‘sib boradi va bunda majburiyatini bajarmayotgan tomonga zarur choralarni ko‘rishi uchun, holatni to‘g‘rilashga sharoit yaratib turadi. Odatda bu jarima sanktsiyalari yetkazilmagan tovarning umumiy summasidan 5 yoki 10 % atrofida chegaralanadii.
Zararlarni hisoblash uslubi, majburiyatlarni bajarishdagi kechiktirishlar yoki kafolatlangan tovar harakteristikasidagi farqlarga qarab shartnoma tuzayotganda tomonlar o‘zaro kelishadi.
Shuningdek shartnomada zarar ko‘rishning chegaralangan hajmi ko‘rsatiladi. Bunda agar zarar belgilangan chegaradan o‘tib ketsa, shartnomani bekor qilib, belgilangan kafolatlardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi, albatta agar bu shartnomada ko‘rsatilgan bo‘lsa. Kafolat mablag‘larini olgan importyor o‘zining qilgan harajatlari va ko‘rgan zararlariga ishlatadi. Tomonlar har doim o‘zlarining javobgarliklarini chegaralashga harakat qiladilar. Eksportyorlar o‘zlarini bilvosita zararlarni qoplashdan qochishga harakat qiladilar. Bunday muammolarni eng kafolatlangan yechimi bo‘lib, sug‘urta hisoblanadi.



Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling