O‘zbekiston respublikasioliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Download 0.57 Mb.
bet23/112
Sana14.12.2022
Hajmi0.57 Mb.
#1006969
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   112
Mulkchilik huquqini himoyalash bo‘nak sifatida, shartnomaning bir ishtirokchisi boshqa ishtirokchiga shartnoma bo‘yicha, to‘lashi kerak bo‘lgan to‘lovlar evaziga, shartnoma tuzilishini isbotlash va uni bajarilishini ta’minlash maqsadida beradigan pul miqdoriga aytiladi.
Bo‘nakning ta’minlovchi xususiyati ikki jihatida namayon bo‘ladi:

  1. bir tomon shartnoma bo‘yicha kontragentga ta’aluqli to‘lovlar qismini oldindan to‘laydi, bu bilan boshqa tomon uchun majburiyatlarning real bajarilishi ta’minlanadi;

  2. agar shartnomaning bajarilmaganligiga bo‘nak bergan tomon javobgar bo‘lsa, bo‘nak boshqa tomonda qoladi, agar shartnomaning bajarmaganligiga bo‘nak olgan tomon aybdor bo‘lsa, u qarshi tomonga bo‘nak miqdorini ikki barobar qilib qaytarib berishi kerak.

Bo‘nakning avans va oldindan to‘lash bilan umumiy jihatlari ko‘pdir. Biroq, avans ham, oldindan to‘lash ham ta’minlovchi funkstiyaga ega emas. Ular shartnoma asosida bajarilishi kerak bo‘lgan to‘lovlar evaziga amalga oshiriladi.
Xo‘jalik faoliyatida oldindan amalga ohsirilgan to‘lov avansmi yoki bo‘nakmi, qanday ajratib olish mumkin degan savol tug‘iladi. Bu yerda, shartnomada keltirilgan ko‘rsatma xal qiluvchi ahamiyatga ega.
Valyuta sharti. Tovar yetkazib berilgandan keyin to‘lov amalga oshirilganda, inflyatsiya vaqt o‘tishi bilan shartnomada nazarda tutilgan sotib olish narxini kamaytirib yuborishi mumkin. Bu holda shartnomada qayd etilgan narxni o‘zgartirish usulini qo‘llash mumkin, u tashqi savdo operatsiyalarida keng tarzda ishlatiladi va
«valyutaga oid qo‘shimcha» nomini olgan.
Mazkur usulni qo‘llashda narx haqidagi shartda ikkita valyuta ko‘rsatiladi: so‘m va kelishilgan mamlakat valyutasi.
So‘m shartnomada boshqa turg‘unroq valyutaga bog‘lab qo‘yiladi va, bunda, yakuniy hisob-kitolarning natijaviy narxi asos qilib olingan valyutaning (masalan, dollarning) kursi so‘mga o‘zgarishga muvofiq aniqlanadi.
Yuqorida qayd etilgan usulning turi sifatida shartnomada multivalyutaga oid qo‘shimchani ishlatish mumkin, unga ko‘ra so‘m kursi o‘zgarganda to‘lov miqdorini qayta hisoblash, bir necha oldindan belgilangan valyutalarga nisbatan o‘rta hisobda amalga oshiriladi.



    1. Download 0.57 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   112




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling