O‘zbekiston respublikasioliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
Download 0.57 Mb.
|
Kafillik. Kafillik (kafolat) shartnomasi qarz beruvchi va kafil bo‘lgan shaxs o‘rtasida tuziladi. Kafillik (kafolat) tufayli kafil bo‘layotgan shaxs boshqa shaxsning (qarzdorning) majburiyatlarni to‘la yoki qisman bajarishi uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi. Qarzdorning mablag‘i (faqatgina pul mablag‘i emas, balki boshqa mulki ham) yetmagan holda, agar qonun hujjatlarida yoki shartnomada kafil bo‘layotgan shaxsning va qarzdorning birgalikdagi javobgarligi (birgalikda kafil bo‘lish) nazarda tutilmagan bo‘lsa, kafil bo‘layotgan shaxs qarzdor majburiyatlari bo‘yicha qarz beruvchi oldida subsidiar (qo‘shimcha) javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi.
Kafil shaxs sifatida faqat tijorat tashkilotlari emas, balki notijorat tashkilotlar ham chiqishi mumkin, masalan, jamoat va diniy tashkilotlar, matlubot jamiyatlari, xayriya fondlari va h.k. Kafil shaxs sifatida mulkdor moliyalashtirayotgan muassasalar, jumladan byudjet tashkilotlar ham xizmat qilishi mumkin, biroq, bu holda, tezkor boshqaruv huquqida mulkka egalik qilayotgan muassasa o‘z majburiyatlari bo‘yicha faqat unda mavjud pul mablag‘lari bilan javob beradi, ular yetishmagan holda esa, muassasa majburiyatlari bo‘yicha javobgarlikni tegishli mulk egasi o‘z zimmasiga oladi. Kafil shaxslar bir nechta bo‘lishi ham mumkin, agar kafillik (kafolat) shartnomasida boshqa narsa nazarda tutilmagan bo‘lsa, ular qarz beruvchi oldida birgalikda javob beradilar. Kafil bo‘layotgan shaxs qarzdor o‘rniga barcha majburiyatlar bo‘yicha javob beradi, jumladan jarima va foizlar to‘lash, yetkazilgan zararni oplash va h.k., agar kafillik shartnomasida boshqa narsa nazarda tutilmagan bo‘lsa. Agar kafil shaxs qarzdor o‘rniga barcha majburiyatlarni bajargan bo‘lsa, unga qarz beruvchining barcha huquqlarii o‘tadi. Kafil shaxs qarzdordan uning o‘rniga to‘lagan pul miqdorinii qayta talab etish huquqiga ega. Kafil shaxs qarzdor o‘rniga qarz beruvchiga nisbatan majburiyatlarni bajarsa, qarz beruvchi, qarzdorga nsbatan talablarni tasdiqlovchi hujjatlarni kafil shaxsga topshirishi va mazkur talabni ta’minlovchi huquqlarini o‘tkazishi lozim. Agar qarzdor kafillik bilan ta’minlangan majburiyatni bajarsa, kafillik (kafolat) tugaydi. Kafillik (kafolat), shuningdek, agar majburiyat bajarilishi lozim bo‘lgan vaqtdan bir yil o‘tib qarz beruvchi kafil shaxsga davo bildirmasa tugagan hisoblanadi. Agar majburiyat bajarilishi lozim bo‘lgan muddat ko‘rsatilmagan bo‘lsa yoki talab etilish vaqti bilan aniqlangan bo‘lsa, kafillik (kafolat) kafillik (kafolat) shartnomasi tuzilgan kunidan ikki yil o‘tgandan keyin tugatqiladi. Kafillik bitta yagona «kafillik shartnomasi» deb nomlangan hujjat tuzish bilan rasmiylashtirilishi mumkin. Ammo, amalda ayniqsa, bank faoliyatida, kafolat ananaviy ravishda kafolat xati shaklida rasmiylashtiriladi. Kafolat xatlari bir shart bilan ishlatiladi va o‘zining yuridik ahamiyatiga ega bo‘ladi - kafil shaxsning qarz beruvchiga yuborilgan kafolat xati qarz beruvchi tomonidan qabul qilib olinadi va u yozma ravishda ( xat, telegramma, telefonogrhamma yordamida) kafil shaxsga kafolat xatini olganligi haqida xabar beradi. Agar, qarz beruvchi kafil shaxsga kafolat xatini olganligi haqida xabar bermasa, Arbitraj sudi kafillik (kafolat) berayotgan shartnoma matnidan foydalanadi. Agar qarz beruvchi va kafil shaxs o‘rtasidagi shartnomada mazkur kafolat xatiga ishora mavjud bo‘lsa, unda kafil shaxs va qarz beruvchi o‘rtasida kafillikka (kafolatga) nisbatan tegishli shartnomaviy munosabatlar o‘rnatqilgan hisoblanadi. Kafolat xatiga ishora mavjud bo‘lmasa, qarz beruvchi va kafil shaxs o‘rtasida shartnomaviy munosabatlar o‘rnatilganligini tasdiqlovchi asos mavjud bo‘lmaydi, tomonlar o‘rtasidagi kafillik (kafolat) shartnomasi tuzilmagan hisoblanadi. Kafillik (kafolat) kafil shaxs tomonidan qarz beruvchi va qarzdor o‘rtasida tuzilgan shartnomaga tegishli yozuv kiritish yo‘li bilan rasmiylashtirilishi mumkin, uning majburiyatlar kafil shaxs tomonidan ta’minlanadi. Kafillik (kafolat) shartnomasi quyidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi kerak: aniq qaysi shartnoma, qaysi muddatga majburiyatga ega va qanday pul miqdoriga kafolatlanadi. Aks holda, kafillik shartnomasi haqiqiy deb hisoblanmasligi mumkin. Garov. Garov tufayli, qarz beruvchi, garov bilan ta’minlangan majburiyat bajarilmasa, boshqa qarz beruvchilarga nisbatan garovga qo‘yilgan mulk bahosidan olinishi mumkin. Garov munosabatlari O‘zbekiston Respublikasi1998 yil 1 maydagi №14-1 sonli «garov to‘g‘rishida»gi qonun bilan tartibga solinadi. Agar boshqa narsa nazarda tutilmagan bo‘lsa, arbitraj yoki sud qarori bilan, qarz beruvchining talablari garovga qo‘yilgan mulk bahosidan undiriladi. garov predmeti sifatida buyumlar, korxonaning qimmatli qog‘ozlari, mulkiy huquqlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq, garovga qo‘yilishi mumkin bo‘lgan ixtiyoriy mulk qabul qilinadi. Shartnomada yoki qonun hujjatlarida garovga qo‘yilgan mulk, garovga mulk qo‘yyuvchi ixtiyorida qolishi yoxud garovga qo‘yilgan mulk garov oluvchiga topshirilishi nazarda tutilishi mumkin. Umumiy birgalikdagi mulk, faqat boshqa mulkdorlar roziligi bilan garovga qo‘yilishi mumkin. Garov haqidagi shartnoma yozma ravishda tuzilishi kerak. Garov haqidagi shartnomada garov turini, garov bilan ta’minlangan talab mazmunini, uning miqdorini, majburiyatlarni bajarish muddatini, garovga qo‘yilgan mulkning tarkibi va bahosini belgilovchi shartlar, shuningdek, boshqa shartlar bo‘lishi shart. Garov haqidagi shart garov bilan ta’minlangan majburiyat paydo bo‘layotgan shartnomaga kiritilishi yoki boshqa aloxida hujjat sifatida rasmiylashtirilishi mumkin. Garovga mulk qo‘yuvchilar – tadbirkorlik faoliyati subyektlari – quyidagilarga majburdirlar: garovlarni qayd etish kitobini to‘ldirishi; garov yuzaga kelganidan keyin 10 kun o‘tgunga qadar kitobga, o‘z ichiga, garov turi va predmetiga oid ma’lumotlar hamda garov ta’minlayotgan majburiyat miqdori haqida ma’lumotlarni olgan qaydni kiritish; ixtiyoriy manfa’tdor shaxsga kitobni taqdim etish. Garovga mulk qo‘yuvchi garovga qo‘yilgan mulkka egalik qilish huquqini saqlab qoladi, agar qonun va shartnomada aksi qayd etilmagan bo‘lsa. Bunda, faqatgina qarzdor garov bilan ta’minlangan majburiyatni bajara olmasagina, mulk garov ushlab turuvchiga o‘tadi. Agar garov predmeti bo‘lib avval garovga qo‘yilib bo‘lgan mulk xizmat ilsa, u boshqa bir majburiyatning bajarilishini ta’minlasha, avvalga garovga olib turuvchining huquqlariini to‘laligicha saqlanib qoladi. Keyingi garovga olib turuvchining talabalari avvalgi garovga olib turuvchining talablari qondirilgandan so‘ng garov predmetining qolgan bahosidan qondiriladi. Garovga olib turuvchi o‘z talablarini, majburiyatni o‘z vaqtida bajarmasligi bois yetkazilgan ziyon, foizlar, qonun va shartnomada nazarda tutilgan holda esa – jarima ham garovga qo‘yilgan mulk evaziga to‘la xajmda ondirish huquqiga ega. Garovga qo‘yilgan mulk hisobidan qarzni undirish sud, Arbitraj sudi yok tretey sudi Qarori bilan amalga oshiriladi, agar qonunda boshqa narsa nazarda tutilmagan bo‘lsa. Garovga qo‘yilgan mulkni jarima hisobiga to‘lash O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik protsessual qonunchiligi asosida amalga oshiriladi, agar shartnomada boshqa narsa nazarda tutilmagan bo‘lsa. Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling